Oʻqituvchilarning ilgʻor tajribasini ommalashtirish Tartıbı

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi

vazirining 2024-yil 7 -fevraldagi 32-sonli buyrugʻiga 1-ılova

Oʻqituvchilarning ilgʻor tajribasini ommalashtirish TARTIBI

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Tartib maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida oʻqituvchilarning ilgʻor tajribasi va faoliyati davomida qoʻllab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish (keyingi oʻrinlarda – ommalashtirish tartibi) hamda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi tajribali pedagog kadrlar, jumladan, fan oʻqituvchilarining ilgʻor ish tajribalarini oʻrganish va ommalashtirish tartibini belgilaydi.
  2. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi va Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi (keyingi oʻrinlarda – Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi) oʻqituvchilarning ilgʻor ish tajribalarini oʻrganish va ularni ommalashtirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi ishchi organ hisoblanadi.
  3. Mazkur ommalashtirish tartibi umumiy oʻrta taʼlim maktabi, Prezident, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari, maxsus maktab-internatlari, mehrli maktab oʻqituvchilariga tatbiq qilinadi va ixtiyoriy hisoblanadi.

2-bob. Ommalashtirish maqsadi

  • Umumiy oʻrta taʼlim tizimiga oʻquv jarayonini samarali   tashkil   etish va oʻquv jarayoniga taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan ilgʻor tajribalar, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi xodimlari oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish ishlarini yoʻlga qoʻyishdan iborat.

3-bob. Ommalashtirish bosqichlari

  • Ommalashtirish uchun tavsiya etilgan ilgʻor ish tajribalar (keyingi oʻrinlarda

– metodik ish) metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishda boʻlishi lozim.

Metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishida bo‘lmagan hamda oʻtgan yillar davomida ommalashtirilgan metodik ishlar oʻrganilmaydi.

  • Metodik ishlar quyidagi bosqichlarda ommalashtiriladi: maktab miqyosida;

tuman (shahar) miqyosida;

viloyat miqyosida; respublika miqyosida.

  • Maktab miqyosida ommalashtirish:

Umumtaʼlim muassasasining fan oʻqituvchisi (keyingi oʻrinlarda – talabgor) tomonidan ilgʻor tajribalar asosida ishlab chiqilgan metodik ish yoʻnalishlar boʻyicha maktabning Metodbirlashmasi tomonidan muhokama qilinadi hamda ilgʻor ish tajribaga ega deb topilgan taqdirda maktab miqyosida ommalashtirish uchun maktabning Pedagogik kengashiga tavsiya etiladi.

Metodbirlashma tavsiyasi asosida Pedagogik kengashda talabgorning metodik ishi mazkur buyruq bilan tasdiqlangan metodik ishga qo‘yilgan talablar hamda baholash mezoniga muvofiq ishlab chiqilganligi oʻrganib chiqiladi hamda maktab miqyosida ommalashtirish yoki ommalashtirmaslik boʻyicha Pedagogik kengash qaror qabul qiladi.

Agar talabgorning metodik ishiga ijobiy xulosa berilib, ommalashtirishga loyiq deb hisoblansa, Pedagogik kengash qarori bilan maktab miqyosida ommalashtiriladi va ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilib keyingi bosqichlarga yuboriladi.

Bunda, quyidagi hujjatlar talabgor tomonidan ommalashtirsh.uz platformasiga joylashtiriladi:

metodik ishiga ijobiy xulosa berilib, taʼlim muassasasi miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisida Pedagogik kengash qarorining elektron (pdf) nusxasi;

ommalashtirish uchun tavsiya etiladigan metodik ishi (metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya)ning elektron (pdf) nusxasi;

oʻzi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (obyektivka) va mutaxassisligi boʻyicha diplom nusxasi.

  • Tuman (shahar) va viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirish:

ommalashtirish.uz platformasi orqali yuborilgan metodik ish Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining tegishli fanlar bo‘yicha Oʻquv metodik kengashi tomonidan oʻrganib chiqiladi.

Talabgorning metodik ishi maksimal 80 ball bilan baholanadi. Talabgor tomonidan tayyorlangan metodik ish mazkur buyruq bilan tasdiqlangan metodik ishga qo‘yilgan talablar hamda baholash mezoniga muvofiq baholanadi.

Bunda, 50-65 ball bilan baholangan metodik ishlar tuman (shahar) miqyosida, 66-80 ball bilan baholangan metodik ishlar viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirilgan deb hisoblanadi va sertifikat olish uchun ommalashtirish.uz platformasi orqali Respublika taʼlim markaziga yuboriladi.

Shundan 75-80 ball bilan baholangan metodik ish respublika miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etiladi.

Qoraqalpoq tilidagi metodik ishlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi hamda Pedagoglarni

yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazining Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi bilan hamkorlikda oʻrganib chiqilib, Oʻquv metodik kengash qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markaziga ommalashtirish uchun tavsiya etiladi.

Bosqichlar uchun talab etiladigan ballarni toʻplay olmagan talabgorlarning metodik ishi asoslantirilib, ommalashtirish.uz platformasiga joylashtiriladi.

Tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirish toʻgʻrisida Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining Oʻquv metodik kengashi qarori har yili 15-mayga qadar ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilishi lozim.

Oʻquv metodik kengash qaroridan norozi boʻlgan talabgorlar uch ish kuni ichida Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin.

Qaror qabul qilishda quyidagi xulosalardan foydalanish mumkin: “Talabgorning metodik ishi maktab miqyosida ommalashtirilganligi

inobatga olinsin va qayta takomillashtirish uchun talabgorga yuborilsin”;

“Talabgorning metodik ishi tuman (shahar) miqyosida ommalashtirilsin”; “Talabgorning metodik ishi viloyat  (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston

Respublikasi) miqyosida ommalashtirilsin”;

“Talabgorning metodik ishi viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirilib, respublika miqyosida ommalashtirishga tavsiya etilsin”.

Ommalashtirish.uz platformasi orqali tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirish uchun yuborilgan ishlar Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining Oʻquv metodik kengash qaroriga muvofiq Respublika taʼlim markazi tomonidan sertifikat beriladi.

  • Respublika miqyosida ommalashtirish:

Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining tavsiyasi asosida respublika miqyosida ommalashtirish uchun yuborilgan metodik ishlar Respublika taʼlim markazining Ilmiy-metodik kengashida oʻrganiladi.

Bunda, talabgor tomonidan metodik ishi yuzasidan taqdimot qilinib,

maksimal 20 ball bilan baholanadi.

Taqdimot uchun baholash mezoni Respublika ta’lim markazi tomonidan ishlab chiqilib, respublika bosqichi boshlanishidan bir oy oldin ommalashtirish.uz platformasiga joylashtiriladi.

Respublika bosqichida umumiy 86-100 ball bilan baholangan metodik ish Ilmiy-metodik kengash tomonidan respublika miqyosida ommalashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.

Respublika miqyosida ommalashtirish toʻgʻrisida Respublika taʼlim markazining Ilmiy-metodik kengash qarori har yili 30-mayga qadar ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilishi lozim.

Ilmiy-metodik kengash qaroridan norozi boʻlgan talabgorlar uch ish kuni ichida

Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin.

4-bob. Ommalashtirish boʻyicha berilgan sertifikatlarning amal qilish

muddatlari

Tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) va respublika miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisidagi sertifikat berilgan kundan boshlab uch yilga qadar;

maktab miqyosida ommalashtirilgan metodik ish uchun sertifikat berilmaydi va maktab miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisida Pedagogik kengash qarori asos hisoblanib, uch yilga amal qiladi.

Sertifikatlar faqat Respublika taʼlim markazi tomonidan beriladi hamda

ommalashtirish.uz platformasi orqali talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

5-bob. Apellyatsiya komissiyasi

  1. Tuman (shahar), viloyat bosqichidagi apellyatsiya komissiyasi Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining Oʻquv metodik kengash tarkibiga kirmagan uch nafargacha tegishliligi boʻyicha yuqori malakali fan mutaxassislaridan iborat tarkibda tuziladi.

Respublika bosqichidagi apellyatsiya komissiyasi Respublika taʼlim markazining Ilmiy-metodik kengashi tarkibiga kirmagan uch nafargacha tegishliligi boʻyicha yuqori malakali fan mutaxassislaridan iborat tarkibda tuziladi.

Tuman (shahar), viloyat va respublika bosqichlaridagi apellyatsiya komissiya tarkibiga boshqa muassasa va tashkilotlardan mutaxassislar jalb etish mumkin.

  1. Apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

Oʻquv metodik kengash yoki Ilmiy-metodik kengash qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyati qondirilishini rad etish;

Oʻquv metodik kengash yoki Ilmiy-metodik kengash qarorini o‘zgartirish va apellyatsiya shikoyatini qondirish.

Bunda, Oʻquv metodik kengash yoki Ilmiy-metodik kengash qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilishini rad etish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:

apellyatsiya mazkur tartib talablari buzilgan holda taqdim etilgan bo‘lsa; metodik ishiga qo‘yilgan ballar baholash mezonlariga muvofiq to‘g‘ri qo‘yilgan

deb topilsa.

Oʻquv metodik kengash yoki Ilmiy-metodik kengash qarorini o‘zgartirish va apellyatsiya shikoyatini qondirish to‘g‘risidagi qaror metodik ishiga qo‘yilgan ballar baholash mezonlariga zid ravishda qo‘yilgan deb topilsa qabul qilinadi.

  1. Takroriy apellyatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi.
  1. Talabgor Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga yoki yuqori turuvchi tashkilotlarga shikoyat qilishi mumkin.

6-bob. Yakuniy qoidalar

  1. Ommalashtirishga tavsiya etilmagan metodik ishga Ilmiy-metodik kengashning yakuniy qarorida qayd etilgan izohdan boshqa qoʻshimcha xulosalar berilmaydi.
  2. Respublika miqyosida ommalashtirilgan barcha metodik ishlardan doimiy ravishda oʻqituvchilar foydalanishlari uchun metodik ishlar ommalashtirish.uz platformasiga joylashtiriladi.
  3. Mazkur Nizom vazirlik tomonidan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin hamda Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi

vazirining 2024-yil 7 -fevraldagi 32-sonli buyrugʻiga 2-ilova

Oʻqituvchilarning ilgʻor ish tajribasi va faoliyati davomida qoʻllab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish uchun tayyorlangan metodik ishga qoʻyilgan talablar va baholash mezoni

Metodik qoʻllanma yoki Metodik tavsiyaga qoʻyilgan talablar

  1. Metodik qoʻllanma yoki Metodik tavsiyaning tuzilishi
  1. Muqova (titul)
    1. Sarlavha
    1. Annotatsiya
    1. Tarkib
    1. Mundarija
    1. Kirish
    1. Asosiy qism
    1. Xulosa
    1. Ilovalar (qoʻshimcha materiallar, diagrammalar, jadvallar, chizmalar, testlar, xaritalar – agar bor boʻlsa.)

II.  Mazmunga qoʻyilgan talablar

  • Amaldagi fan dasturlariga mos ravishda yoki dasturlarni takomillashtirish uchun ishlab chiqilganligi;
    • Metodik qoʻllanma yoki Metodik tavsiyada “Qanday oʻqitish kerak?” degan savol ochib berilishi, shuningdek, topshiriq namunalari, shakllar, diagrammalar, sxemalar, jadvallar, xaritalar va shunga oʻxshash yordamchi elementlardan foydalanish boʻyicha tushuntirishlarning mavjudligi;
    • Taklif qilinayotgan metodikaning yangiligi;
    • Fan, kasb, mavzulararo integratsiyaning mavjudligi.
    • Muayyan pedagogik muammoni hal qilish, oʻquv dasturining ayrim boʻlim, bob va mavzularni oʻrganishga qaratilganligi;
    • Tanlangan mavzuning dolzarb boʻlishi, oʻqituvchilarga mavzu yuzasidan aniq maʼlumot berilishi, aniq metodik maqsadga yoʻnaltirilganligi;
    • Oʻquvchilarga bilim, koʻnikma, munosabat, qadriyatlar va xulq-atvorni oʻzlashtirishda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan vositalar va materiallar bilan bir qatorda strategiyalar, oʻqitish usullari va metodlari, oʻqituvchi tomonidan olib boriladigan dastlabki tayyorgarliklarning keltirilishi;
  • Oʻquv sohasi, mavzusi va oʻquvchilarni tadqiqotga, kundalik hayotda uchragan turli muammolarga yechim topishga yoʻnaltiradigan loyihalar va shunga oʻxshash amaliy tadqiqotlarning mavjudligi;
    • Oʻquvchilarga qaratilgan amaliy topshiriqlarni yaratish usullari, oʻyinlar, tanlovlar, viktorinalar uchun namunali savollar, ochiq tadbirlar, sayohat rejalarini tashkil etish usullarining mavjudligi;
    • Zarur tushunchalar lugʻati kiritilganligi;
    • Material tizimli va tushunarli bayon qilinganligi.

III.  Shakliy-texnik talablar:

3.1 Metodik qoʻllanmaning eng kam hajmi 24 bet, Metodik tavsiyaning eng kam hajmi 10 betdan iborat boʻlishi kerak:

  • annotatsiya 4-8 gapdan oshmasligi;
  • kalit soʻzlar (indeksatsiya uchun) 6-8 soʻzdan iborat boʻlishi;
  • “Times new roman” shrifti, “Microsoft word” redaktoridan foydalanish; betlarni avtomatik tarzda belgilash;
  • jadvallar “microcoft word”ning “tablitsa” funksiyasi orqali kiritish; matn shrifti 12-14, qatorlar oraligʻi 1 intervalda boʻlishi;
  • ilovalar hajmi cheklanmagan, lekin ular matnga mos kelishi (matnda ularga havolalar berilishi);
  • matnda foydalanilgan adabiyotlarga havolalar kvadrat qavs ichida berilishi, foydalanilgan manbalar roʻyxati kamida 5 nomdan iborat boʻlishi kerak. Agar qo‘llanma nazariy havolalarni talab qilmasa, faqat amaliy boʻlsa, unda foydalanilgan manbalar roʻyxatini taqdim qilmasa boʻladi.
  • boʻlimlar soni va hajmi cheklanmagan.

IV.  Til, uslub, maʼno va ifodaga qoʻyilgan talablar

  • oʻzbek tilidan toʻgʻri foydalanish; tilning ifoda boyligi, maʼno nozikliklariga eʼtibor berish;
  • tildan foydalanishda til va madaniy meros xususiyatlariga ega boʻlgan adabiy mahsulotlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni buzmaydigan noziklikka rioya qilish;
  • hali tilga kirib ulgurmagan, oʻzbekcha ekvivalenti boʻlmagan xorijiy soʻzlarga izoh berish;
  • jargon, haqorat, kamsitish va h.k. bayonotlar kiritilmasligi;
  • oʻquvchilarning sinf darajalariga mos til va ularning soʻz boyligini boyitish; tarkibda semantik yoki strukturaviy ifoda buzilishi boʻlmasligi;
  • tarkibda hech qanday imloviy, tinish va uslubiy xato boʻlmasligi; asosiy va amaldagi imlo qoidalariga muvofiq boʻlishi;
  • ifoda tamoyillari (ravonlik, soddalik, ravshanlik, oddiylik) keraksiz ritorika va iboralardan uzoqda va tushunarli boʻlishi;
  • ifoda keraksiz soʻzlardan, bir xil maʼnoli iboralardan va soʻz takrorlaridan xoli boʻlishi;
  • matnni tashkil etuvchi birliklar (gap, paragraf va boshqalar) oʻrtasidagi maʼno va ifodaning yaxlitligi taʼminlanishi kerak.

V.  Mualliflik huquqi va plagiat

Barcha yozma va vizual tarkibdagi iqtiboslar va havolalar mualliflik huquqi qonunchiligiga muvofiq qilinishi kerak. Plagiatni aniqlash dasturining originallik belgilangan standart meʼyorlarga toʻgʻri kelmagan ish nollashtiriladi.

VI. Titul sarlavha sahifasi tuzilishi

Yuqori qismida ushbu hujjat topshirilgan muassasaning nomi koʻrsatilgan boʻlishi;

sarlavhaning nomi varaqning oʻrtasida katta harflarda va boʻyoqdor shaklda yozilishi;

sarlavhadan biroz pastroqda, muallif haqida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak: ish joyi, lavozimi va familiyasi, ismi, otasining ismi.

Eng pastki qismida (markazda) shahar va yil koʻrsatilishi kerak, yaʼni ushbu qoʻllanma qayerda va qachon yaratilganligini anglatadi.

Metodik qoʻllanma yoki Metodik tavsiyani baholash mezoni

T/rMezonJami ball
Shakliy-texnik talablar uchun qoʻyiladigan ballar:
      1.Muqova, sarlavha, annotatsiya, tarkib, mundarija borligi uchun –1 ball (bunda, sanab oʻtilgan metodik tavsiya shakliy tuzilishining bitta elementi uchramasa – 0 ball); Kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati, ilovalar (qoʻshimcha materiallar, diagrammalar, jadvallar, chizmalar, testlar, xaritalar – agar bor boʻlsa) borligi uchun 3 ball (qisman mos kelsa – 1-2 ball, mos boʻlmasa – 0 ball)    4
  2.Metodik qoʻllanmaning eng kam hajmi 24 bet, Metodik tavsiyaning eng kam hajmi 10 bet, matn shrifti 12-14, qatorlar oraligʻi 1 (bir) intervalda berilgani uchun 2 ball (talab qilinganlarning bittasi uchramasa – 1 ball, barchasi uchramasa- 0 ball);  2
Qo‘llanmaning mazmuniga, savodxonligiga qoʻyiladigan ballar:
  3.Amaldagi dastur va oʻquv rejalarga mos ravishda ishlab chiqilganligi: toʻliq mos kelsa – 4 ball (qisman mos kelsa-2-3 ball, mos kelmasa — 0 ball);4
      4.Taklif qilinayotgan metodik ishda yangilikning borligi uchun 3 ball (yoʻqligi uchun – 0 ball); Yangilikning oʻziga xos afzalliklari  asoslanganligi  uchun 3  ball (qisman asoslanganligi uchun 1-2 ball qoʻyiladi; asoslanmasa —0 ball); Taʼlim va tarbiyaning yangi shakllari, usullari yoki vositalarini ishlab chiqqanligi uchun 6 ball ( qisman ishlab chiqilgan boʻlsa – 3 ball, ishlab chiqilmagan boʻlsa – 0 ball).    12
  5.Taklif     etilayotgan    metod,    texnologiya    oʻquvchi    yoshi    va psixologiyasiga mosligi uchun — 2 ball (qisman mos kelsa – 1 ball, mos boʻlmasa – 0 ball)2
  6.Taklif qilinayotgan usul va topshiriqlarning amaliyotda qoʻllashga qulayligi uchun — 2 ball (qisman mos kelsa – 1 ball, mos boʻlmasa – 0 ball)2
  7.Topshiriqlar, mashqlar ketma-ketligi mantiqiy tuzilgan, bir-birini toʻldirib, mustahkamlab borishi nazarda tutilganligi uchun – 2 ball (qisman mos kelsa – 1 ball, mos boʻlmasa – 0 ball)2
  8.Integratsiyaning mavjudligi uchun: fanlararo, mavzulararo – 2 ball;kasblararo – 2 ball.4
9.Muayyan pedagogik yoki metodik muammoni aniq tavsiflagani uchun– 2 ball;6
 Muayyan    pedagogik   yoki    metodik    muammoni hal              qilishga qaratilganligi uchun –4 ball (qisman mos kelsa – 2 ball, mos boʻlmasa – 0 ball). 
  10.Material tizimli va tushunarli bayon qilinganligi uchun- 2 ball (qisman mos kelsa – 1 ball, mos boʻlmasa – 0 ball)2
    11.Metodik qoʻllanma yoki Metodik tavsiyada “Qanday oʻqitish kerak?” degan savol ochib berilganligi uchun– 4 ball (qisman mos kelsa – 2 ball, mos boʻlmasa – 0 ball);Taklif qilinayotgan metodikani kimlarga, qachon, qaysi oʻrinlarda foydalanish boʻyicha tushuntirishlarning mavjudligi uchun – 2 ball (qisman mos kelsa – 1 ball, mos boʻlmasa – 0 ball).    6
  12.Taklif qilinayotgan metodika orqali erishish mumkin boʻlgan aniq natijalar koʻrsatilganligi uchun- 2 ball (qisman mos kelsa – 1 ball, mos boʻlmasa – 0 ball).  2
  13.Tavsiya etilayotgan metodik ishni amalda qoʻllash uchun oʻqituvchi tomonidan olib boriladigan dastlabki tayyorgarliklarning keltirilganligi uchun – 2 ball.  2
  14.Taklif etilayotgan usul va topshiriqlar asosida bajarilgan ishlarni qanday baholash kerakligi aniq tavsiflangani uchun – 4 ball (qisman mos kelsa – 2 ball, mos boʻlmasa – 0 ball).  4
            15.Tavsiya     qilinayotgan     metodik     ishda                 oʻquvchilarda  XXI          asr koʻnikmalarini rivojlantirishga oid yondashuvning mavjudligi uchun: 4 K (kollaboratsiya – jamoa boʻlib ishlash qobiliyatini shakllantirish; kommunikativlik – muloqot qilish koʻnikmasini rivojlantirish; kreativ fikrlash – oʻz maqsadiga erishish yoʻlida yangiliklarga qoʻl urish, yangi gʻoyalar ishlab chiqish va muammolarni hal qilish; tanqidiy fikrlash – oʻz mustaqil fikriga ega boʻlish va uni ifoda etish, masalaga tanqidiy yondashish) – 4 ball (bunda har bir 4K elementi mavjudligi uchun – 1 balldan hisoblanadi); AKT koʻnikmalari va mediasavodxonlik – 2 ball (qisman mos kelsa – 1 ball, mos boʻlmasa – 0 ball); Tadqiqotchilik koʻnikmalari – 2 ball (qisman boʻlsa – 1 ball, boʻlmasa – 0 ball).            8
  16.Hali oʻzbek tiliga kirib ulgurmagan soʻzlarga izoh berilganligi uchun– 2 ball; oʻzbekcha ekvivalenti boʻlmagan xorijiy soʻzlarga izoh berilganligi uchun – 2 ball.  4
17.Ifoda tamoyillariga (ravonlik, soddalik, oddiylik) asoslanganligi uchun –2
 2ball (qisman mos kelsa – 1 ball, mos boʻlmasa – 0 ball). 
  18.Matn ilmiy va rasmiy uslubda ekanligi uchun –2 ball (qisman mos kelsa – 1 ball, mos boʻlmasa – 0 ball).2
  19.Matn keraksiz soʻzlardan, bir xil maʼnoli iboralardan va soʻz takrorlaridan xoli ekanligi uchun –2 ball (qisman mos kelsa – 1 ball, mos boʻlmasa – 0 ball).  2
20.Matn asosiy va amaldagi imlo qoidalariga muvofiqligi uchun2
        21.Imloviy xatolik uchun: 1-3 tagacha xato — 2 ball;4 va undan ortiq xato – 0 ball. Tinish xato uchun:1-3 tagacha xato boʻlsa —2 ball;4 va undan ortiq xatolar uchun – 0 ball; Uslubiy xato uchun:1-2 tagacha xato boʻlsa —2 ball;3 va undan ortiq xatolar uchun – 0 ball;      6
Jami80 ball

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining

2024-yil 7 -fevraldagi 32-sonli buyrugʻiga 3-ilova

Oʻqituvchilarning ilgʻor tajribasini ommalashtirish boʻyicha fanlar ROʻYXATI

T/rFanlar roʻyxati
1Boshlangʻich taʼlim (1-4 sinf)
2Ona tili va adabiyoti (oʻzbek)
3Ona tili va adabiyoti (qozoq)
4Ona tili va adabiyoti (turkman)
5Ona tili va adabiyoti (tojik)
6Ona tili va adabiyoti (qirgʻiz)
7Ona tili va adabiyoti (qoraqalpoq)
8Ona tili va adabiyoti (rus)
9Rus tili (milliy sinf)
10Chet tili
11Tarix
12Davlat va huquq asoslari
13Tarbiya
14Matematika
15Informatika va axborot texnologiyalari
16Fizika va astronomiya
17Kimyo
18Biologiya
19Geografiya
20Tabiiy fan
21Iqtisodiy bilim asoslari (tadbirkorlik asoslari)
22Musiqa madaniyati
23Tasviriy sanʼat va chizmachilik
24Texnologiya
25Jismoniy tarbiya
26Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik
27Oʻzbek tili (davlat tili)
28Qoraqalpoq tili

                         

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7 -fevraldagi 32-sonli buyrugʻiga 5-ilova Oʻqituvchilarning ilgʻor ish tajribasini ommalashtirish.uz platformasi orqali qabul qilish, oʻrganib chiqish hamda bosqichlar boʻyicha ommalashtirilganligi toʻgʻrisida sertifikatlar berish muddatlari

SXEMASI

Bosqichlar Subyektlar Tadbirlar Muddat
   
    1-bosqich   Taʼlim tashkiloti (maktab) Metodik ishni Pedagogik kengashga tavsiya etadi. Pedagogik kengash qarori bilan maktab miqyosida ommalashtiradi va keyingi bosqichlarga tavsiya etadi. Har oʻquv yili boshidan 1-martga qadar Har yili 20-martga qadar
   
    2-bosqich Viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi)   Talabgorlarning metodik ishini oʻrganib chiqadi va keyingi bosqichga tavsiya etadi.   Har yili 20-mayga qadar
   
    3-bosqich     Respublika taʼlim markazi Tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida metodik ishi ommalashtirilgan talabgorlarga sertifikat beradi. Respublika miqyosida ommalashtirishga tavsiya etilgan Metodik ishni oʻrganib chiqadi va sertifikat beradi. Har yili 25-mayga qadar   Har yili 5-iyunga qadar