Er-xotinning nikoh davridagi mulki qachon xususiy (shaxsiy) mulk bo‘ladi?

Ma’lumki, er-xotinning nikoh davomida orttirilgan mol-mulklar ularning umumiy mulki hisoblanadi. Bu Oila kodeksining 23-moddasida mustahkamlangan qoidadir.

Lekin yuqoridagi qoida mutloq hisoblanmay, qonunchilikda ayrim istesnolar ham mavjud.

Xususan, birinchi istesno Oila kodeksining 25-moddasiga qayd etilgan. Unga ko‘ra er va xotinning nikohga qadar o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulki, shuningdek ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan har birining o‘z mulki hisoblanadi.

Demak, er yoki xotinning nikohgacha (qonuniy nikoh) olgan har qanday mol-mulki u ko‘char yoki ko‘chmas mulk bo‘lishidan qat’iy nazar shaxsiy mulkdir.

Shuningdek, er yoki xotinga nikoh davrida meros tariqasida o‘tgan ko‘chmas mulklar (uy-joy, noturar joylar – binolar, inshootlar, mulkiy komplekslar – korxonalar) va boshqa ko‘char mulklar (misol uchun avtotransport) ularning xususiy mulki sanaladi.

Nikohdan ajralish qanchaga tushadi?

14 yoshga to‘lgan bola  otasidan ham onasidan ham aliment undirishni talab qila oladi

Koreyadagi shaxsdan aliment undirsa bo‘ladimi?

Bolaning asrab olinganligini aytsam javobgarlikka tortilamanmi?

Aliment to‘lovlari jamg‘armasi haqida eshitganmisiz?

Shariy nikohdagi xotin umumiy mol-mulkdan hech narsa ololmaydimi?

Aliment to‘lamagan qamaladimi?

Ko‘p bolali oila

Aliment pensiya va nafaqalardan ham undiriladi

Aliment necha yoshgacha to‘lanadi?