Nogironli bo‘lgan shaxslarga mol-mulk va yer solig‘idan imtiyoz bor

Amaldagi soliq qonunchiligi nogironligi bo‘lgan shaxslarga qator imtiyozlar mavjud. Ulardan biri mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha imtiyozdir.

Soliq kodeksining 421-moddasi I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi.

Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi. Ushbu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

Shuni aytish kerakki, bu imtiyoz yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organda ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga beriladi.

Demak, yakka tartibda qurilgan uy-joy joylashgan yer uchastkasi mulkdori nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lsa, yuqoridagi imtiyoz qo‘llaniladi.

E’tiborli jihati shuki, mazkur soliq imtiyozlari soliq to‘lovchining tanlovi bo‘yicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin.

Chet elda olingan daromaddan ham soliq to‘lanadimi?

Uyni talabalarga ijaraga berganlardan soliq undirilmaydi

Soliq deklaratsiyasi nima va qachon deklaratsiya topshiriladi?

Hadya asosida olingan uyga ham soliq hisoblanadimi?

Uyiga quyosh paneli o‘rnatgan shaxslarga soliq imtiyozi qo‘llaniladimi?