Hadya asosida olingan uyga ham soliq hisoblanadimi?

Soliq qonunchiligida jismoniy shaxslarning daromadlari tarkibi, undan soliq solinadigan hamda soliqqa tortilmaydigan daromadlari belgilanadi.

Xususan, Soliq kodeksining 376-moddasida jismoniy shaxsning moddiy naf tarzidagi daromadlari qayd etilgan bo‘lib, unga ko‘ra soliq to‘lovchining manfaatlarini ko‘zlab tekin, shu jumladan hadya shartnomasi bo‘yicha berilgan mol-mulkning va ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati soliq to‘lovchi tomonidan moddiy naf tarzida olingan daromadlar tarkibiga kiradi.

Mazkur daromad soliq to‘lovchining jami daromadlariga qo‘shilgan bois, umumiy qoida bo‘yicha hadya asosida olingan mol-mulklar soliq solish obyektiga aylanadi.

Lekin qonun chiqaruvchi Soliq kodeksining 378-moddasida jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari tarkibi belgilangan. Ushbu moddaning 11-bandiga ko‘ra jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekinga olingan pul va natura shaklidagi daromadlar daromad solig‘idan ozod qilinadi.  

Lekin bundan quyidagilar mustasno:

  • ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarining, adabiyot hamda san’at asarlari ijrochilarining, shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalari mualliflarining merosxo‘rlariga (huquqiy vorislariga) to‘lanadigan pul mukofotlari;
  • yaqin qarindosh bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi ko‘chmas mulk, avtotransport vositalari, qimmatli qog‘ozlar, yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) ulushlar.

Demak, ota o‘z farzandiga uy-joy yoki boshqa ko‘chmas mulk sovg‘a qilganda mazkur hadya asosida olingan mulk garchi soliq to‘lovchining jami daromadlari tarkibiga kirsa-da, yuqoridagi imtiyoz qo‘llanilgan holda hadya asosida olingan ko‘chmas mulk soliqdan ozod qilinadi?

Lekin shu o‘rinda savol tug‘iladi, yaqin qarindoshlar toifasiga kimlar kiradi? Agar qaynota yoki qaynana kuyov yoki kelinga mol-mulk sovg‘a qilsachi? Bunda soliq to‘lanadimi?  

Soliq kodeksining 60-moddasida jismoniy shaxsning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari va opa-singillari, eri (xotini), farzandlari, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobolari, buvilari, nevaralari, shuningdek erining (xotinining) ota-onasi – yaqin qarindoshlar ekani belgilangan.

Shunday ekan, misol uchun qaynota tomonidan kelinga sovg‘a qilingan uy-joy kelinning daromadlari bo‘lsa-da (SK 376-m), lekin bu daromad soliqdan ozod qilinadi.

Kameral va sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazish

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun foyda solig‘i 50 foizga kamaytirilgan

Qishloq xo’jaligida soliq to’g’risidagi qonunchilik talablari soddalashtirilmoqda

Ayrim tadirkorlik subyektlariga foyda va aylanmadan olnadigan soliqlar uchun imtiyozlar bor

Ekoturizm tashkil qilgan tadbirkorlarga soliq imtiyozi qo‘llaniladi

2024-yil 1-iyuldan qanday soliq imtiyozlari bekor bo’ldi?

Maxsus iqtisodiy zonalarga investisiya kiritgan investorlarga soliq imtiyozlari beriladi

Naslchilik subyektlari uchun soliq imtiyozi mavjud

Soliq tekshiruvlarida aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha qarorini bekor qilish tartibi qanday?

Qachon hadya qiluvchi daromad solig‘i to‘laydi?