Skip to main content

Allergik va immunologik kasalliklarga chalinganlarga bepul dori mahsulotlari bilan ta’minlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  23.11.2023-yildagi PQ-371-son Qaroriga asosan, mamlakatimizda allergik kasalliklarni profilaktika qilish, tashxislash va davolashning ilg‘or usullarini tatbiq qilish borasida yangi chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.

Ushbu Qarorga muvofiq:

1. 2024-yil 1-yanvardan boshlab allergik va immunologik kasalliklarga chalingan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»da bo‘lgan bemorlarni ingalasion glyukokortikosteroid dori vositalari bilan bepul ta’minlash tizimi joriy etiladi;

2. Allergik kasalliklar (shu jumladan mavsumiy allergiya) ko‘rsatkichlari yuqori hududlarda yiliga kamida bir marta ommaviy va selektiv skrining tekshiruvlarini o‘tkaziladi;

3. Aniqlangan allergik va ikkilamchi immunitet tanqisligi kasalliklari mavjud bemorlarni allergologlar tomonidan tizimli kuzatuvi va individual sog‘lomlashtirish ishlarini tashkillashtiriladi;

4. Hududlarda allergologiya va klinik immunologiya yo‘nalishida yuqori texnologik tashxislash va davolash amaliyotlari turlarini bosqichma-bosqich 10 turdan 20 turgacha oshiriladi.

Shuningdek, 2024-yil 1-yanvardan Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi 140 o‘rin fondidan iborat bo‘lgan Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi etib qayta tashkil qilindi.