Ayol eridan qolgan mol-mulkka birinchi darajali merosxo‘r!

Ko‘p holatlarda er vafot etgandan keyin uning aka-uka va opa singillari uning xotini va farzandlarini uydan chiqarib yuborib, merosni o‘zlari olishga harakat qiladilar.

Biroq aslida erning turmush o‘rtog‘i va farzandlari bo‘lsa, aka-uka va/yoki opa singillar qonun bo‘yicha meros ololmaydi.

Fuqarolik kodeksining 1135-moddasiga ko‘ra meros qoldiruvchining bolalari (shu jumladan farzandlikka olingan bolalari), eri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun bo‘yicha birinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega bo‘ladilar.

Mana shu qoidaga ko‘ra er vafot etsa, uning turmush o‘rtog‘i, farzandlari va agar hayot bo‘lsa, ota-onasi birinchi darajadiga merosxo‘r bo‘lib, ularning merosdagi ulushi tendir.

Bunday holatda meros Fuqarolik kodeksining 1134-moddasiga asosan birinchi darajadagi merosxo‘lar o‘rtasida to‘liq taqsimlanadi.

Birinchi darajadagi merosxo‘rlar bo‘lmagan taqdirda esa, meros ikkinchi darajadiga merosxo‘rlarga o‘tadi. Bunda ushbu kodeks 1136-moddasiga binoan meros qoldiruvchining tug‘ishgan hamda ona (ota) bir ota (ona) boshqa aka-ukalari va opa-singillari, shuningdek uning ham ota, ham ona tarafdan bobosi va buvisi teng ulushlarda qonun bo‘yicha ikkinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega bo‘ladilar.

Yuqoridagi qoidaga ko‘ra aka-uka va opa-singillar aka yoki ukasidan qolgan merosdan uning birinchi darajadagi merosxo‘rlari borligi sabab ulush ololmaydi.

Smart kontraktlar

Oʻzgartirish mulk huquqining vujudga kelishining asosi sifatida

Faktoring. U nima? Qanday ishlaydi?

Kontrfakt tovarlar boʻyicha huquqiy himoya nimalardan iborat

Fuqarolik huquqida estoppel

Turdosh huquqlar

Mualliflik huquqi

Sanoat mulki obyektlari

Kondiksion daʼvo nima?

Eskrou agentning huquqiy maqomi