
Bank omonatlarini kim himoya qiladi?
Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar tomonidan banklarga qoʻyilgan omonatlar davlat tomonidan kafolatlanadi. Ushbu maqolada omonatlarni kim kafolatlashi, kafolatlash tizimi qanday ishlashi va qanchaga boʻlgan omonat kafolatlanishi haqida soʻz yuritamiz.
Omonatlarni kim kafolatlaydi?
Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq, jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar tomonidan banklarga qoʻyilgan omonatlar davlat tomonidan kafolatlanadi. Ushbu maqolada omonatlar kim tomonidan va qanday tartibda kafolatlanishi, kafolatlash tizimining ishlash mexanizmi hamda qaysi miqdorgacha boʻlgan omonatlar himoyalanishi haqida maʼlumot beramiz.
Omonatlarni kim kafolatlaydi?
Banklardagi omonatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan kafolatlanadi. Agentlik – davlat muassasasi boʻlib, banklardagi omonatlarni himoya qilish sohasida vakolatli va mustaqil tashkilot hisoblanadi.
Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- ➖Jamgʻarmani boshqarish;
- ➖Kafolatlangan omonatlar boʻyicha kompensatsiyalar toʻlash;
- ➖Banklarni sanatsiya qilishda Jamgʻarma va sanatsiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish;
- ➖Omonat egalarining manfaatlarini himoya qilish;
- ➖Bank tizimiga boʻlgan jamoatchilik ishonchini mustahkamlash va tizim barqarorligini taʼminlash.
Agentlik moliyaviy yordam koʻrsatishi, xayriya faoliyati bilan shugʻullanishi, yoki yuridik shaxslarning muassisi boʻlishi mumkin emas. Davlat organlariga, ularning mansabdor shaxslariga hamda boshqa yuridik shaxslarga, shu jumladan banklarga, Agentlik faoliyatiga aralashish taqiqlanadi.
Kafolatlash uchun banklardan olinadigan mablagʻlar
Agentlik banklardan qonunda nazarda tutilgan bir yoʻla toʻlanadigan, kalendar va maxsus badallarni qabul qilib oladi.
Banklar agentlikka toʻlaydigan badallar miqdori quyidagicha:
Bir yoʻla toʻlanadigan badal — miqdori banklar uchun qonunchilikda belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foizini tashkil etadi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq bank ustav kapitalining minimal miqdori 500 mlrd soʻmni tashkil etadi. Bundan kelib chiqib mazkur badal miqdori 4,5 mlrd soʻmni tashkil etishini bilish mumkin.
Kalendar badal – bu bank tomonidan har chorakda Jamgʻarmaga toʻlanadigan mablagʻ boʻlib, uning summasi bank depozit bazasiga kalendar badal stavkasi (0,5 foizdan oshmaydi)ni qoʻllash orqali aniqlanadi. Mazkur badal hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasi kechiktirilmasdan toʻlanadi.
Maxsus badal – bu Jamgʻarma mablagʻlarining ehtimoliy yoki haqiqiy taqchilligini bartaraf etish, qarz mablagʻlarini toʻlash, sanatsiya choralarini moliyalashtirish va Jamgʻarmaning moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida toʻlanadigan qoʻshimcha badaldir. Ushbu mablagʻlardan Agentlikning amaldagi xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida foydalanish taqiqlanadi.
Qancha miqdordagi omonatlar himoya qilinadi?
Oʻzbekistonda 2025 yil 19-fevralgacha omonatlarni kafolatlashda miqdoriy chegara mavjud emas edi. Yaʼni, bankka qoʻyilgan istalgan miqdordagi omonatlar davlat tomonidan kafolatlangan.
Biroq 19-fevraldan boshlab “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri kuchga kirdi. Unga muvofiq, bir bankda bir omonatchiga toʻlanadigan kompensatsiya miqdori quyidagicha belgilanadi:
- ➖Agar kafolatlash obyektining qoldigʻi 200 million soʻm yoki undan kam boʻlsa — toʻliq hajmda kafolatlanadi;
- ➖Agar qoldiq miqdori 200 million soʻmdan koʻp boʻlsa — faqat 200 million soʻm kafolatlanadi.
Bu yerda “bir bankda” degan ifodaga eʼtibor berish kerak. Yaʼni, mazkur miqdoriy chegara har bir bank boʻyicha alohida qoʻllaniladi. Masalan, agar bir shaxs ikkita bankda har birida 200 million soʻmdan omonatga ega boʻlsa, unda kafolat ikkala bankdagi omonatlarga ham amal qiladi.