Skip to main content

Bekor turib qolgan xodim qancha ish haqi oladi?

Ish faoliyati davomida ba’zan xodimlar turli sabablarga ko‘ra bekor turib qolishlari mumkin. Bunday vaziyatlarda, xodimlarning bekor turib qolgan vaqti uchun to‘lanadigan haq miqdori ko‘p hollarda savol tug‘diradi. Tashkilot faoliyati vaqtincha to‘xtagan holatlarda xodimlarning ish haqi qanday hisoblanadi? Bu masala ko‘pincha tashkilot ta’mirlash ishlari yoki boshqa sabablar bilan vaqtincha ishlamay qolganda yuzaga keladi.

Bu borada Mehnat kodeksining 266-moddasi xodimlar va ish beruvchilar uchun aniq tartib va ko‘rsatmalarni belgilab beradi.

Ushbu kodeksining 266-moddasiga ko‘ra:

1️⃣ Agar xodimning bekor turib qolishi uning o‘z aybi bilan yuzaga kelsa, masalan, ishda intizom buzilishi tufayli, bu holda xodimga hech qanday haq to‘lanmaydi.

2️⃣ Agar xodimning bekor turib qolishi ish beruvchining aybi bilan yuzaga kelsa, xodimga o‘rtacha ish haqi miqdorida haq to‘lanadi.
Bunda ish beruvchining aybi iqtisodiy, texnik, tashkiliy yoki texnologik sabablarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

3️⃣ Agar xodimning bekor turib qolishi na ish beruvchining, na xodimning aybi bilan bog‘liq bo‘lsa, masalan, tashqi omillar ta’sirida, xodimga tarif stavkasining (maoshining) kamida uchdan ikki qismi miqdorida haq to‘lanadi.
▪️ Misol: Agar bog‘cha davlat dasturi bo‘yicha kapital ta’mirdan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, bu ish beruvchining aybi hisoblanmaydi. Shu bois xodimga lavozim maoshining 2/3 qismi miqdorida haq to‘lanadi.

Categories: Mehnat huquqi