Olingan tovarda nuqson boʻlsa nima qilish kerak?

Hozirgi vaqtda har bir inson va oʻz ehtiyojlaridan kelib chiqib, albatta, biror mahsulot xarid qiladi. Bu mahsulot nuqsonli yoki nosoz chiqsa, unda quyidagi huquqlar mavjud:

Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunning 13-moddasiga koʻra, isteʼmolchi agar shartnoma tuzish paytida aytib oʻtilmagan boʻlsa, oʻz xohishiga qarab quyidagilardan birini tanlaydi:

  1. tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish;
  2. tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish;
  3. tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki isteʼmolchining yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplash;
  4. xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;
  5. shartnomani bekor qilib, koʻrilgan zararni qoplash.

Shuningdek, isteʼmolchi toʻplamlar, komplekt, kompleks va garniturlarning mustaqil tarkibiy qismi boʻlgan va mustaqil narxga ega boʻlgan buyumlarda ham nuqsonlar borligi aniqlansa, isteʼmolchi oʻz xohishiga koʻra butun toʻplamlar, komplekt, kompleks va garniturga nisbatan ham yoki aynan nuqsonli qismga nisbatan ham yuqoridagi huquqlardan foydalanishi mumkin.

Qoʻshimcha qilib aytish mumkinki, isteʼmolchi ushbu huquqlardan foydalanishi maʼlum vaqt davomida ham amal qiladigan holatlar mujassam:

  • agar tovarning kafolat muddati va yaroqlilik muddati belgilangan boʻlsa, nuqson shu davrda aniqlansa;
  • tovarning kafolat va yaroqlilik muddati belgilanmagan boʻlsa 6 oy mobaynida nuqson aniqlansa;
  • nuqson koʻchmas mulk bilan bogʻliq boʻlsa, mulk isteʼmolchiga oʻtkazilgan kundan eʼtiboran 2 yil davomida aniqlansa; (shartnomada uzoqroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa)
  • mavsumiy tovarlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan muddatda nuqson aniqlangan boʻlsa, Isteʼmolchi yuqoridagi huquqlarining biridan foydalanishi mumkin.

Qonunning 14-moddasiga koʻra, isteʼmolchining huquqlari quyidagi muddatlarda qondirilishi kerak:

  • tovarda nuqsonlar aniqlangan taqdirda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) ayni shunday markali tovarga 7 kunlik muddatda, agar sotuvchi(ishlab chiqaruvchi) qoʻshimcha ravishda tekshirishga majbur boʻlsa, 20 kun ichida almashtirib berishi kerak.
  • ayni shunday markali tovar boʻlmasa, isteʼmolchi talabi 1 oy ichida qondirilishi kerak.

(Choʻl va olis, tovarlar vaqti-vaqti bilan boradigan joylarda mustasno holatlar bor. Bu yerlarda navbatdagi tovar yetkazib berish uchun ketadigan muddat mobaynida yetkazib berishi kerak. Lekin bu muddat 2 oydan oʻtib ketmasligi shart)

Moliyaviy xizmatlar koʻrsatilishida isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish

Uy-joy sotib olishda iste’molchilar huquqlari