Endi multiradar orqali kelgan jarimalar bekor qilinmaydi

Xabaringiz bor oldingi tartibga ko‘ra, haydovchilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  01.12.2018 yildagi 975-son Qarorining  31-32-bandiga asosan, YPX xodimlaridan multi radarlar va ko‘chma radarlar orqali jarimlarni rasmiylashtirishda quyidagilarni talab qilishlari mumkin edi:

  1. Moslamalarning ko‘rsatkichi (tezlikni oshirganlik fakti) bilan haydovchini tanishtirishi;
  2. Haydovchining talabi bilan moslamaning sertifikatini (nusxasi) ko‘rsatishi; (sertifikati bo‘lishi lozim)
  3. Huquqbuzarlik Patrul avtomobilida aniqlanganligi;
  4. Belgilangan dislokatsiyada belgilangan joyda o‘rnatilganligi.

Biroq, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.07.2024 yildagi 429-son Qaroriga asosan, haydovchilarning yuqoridagi talab qilish huquqi bekor qilindi.

Gap shundaki, oldingi tartibda haydovchilar YPX xodimlaridan multi radarlar va ko‘chma radarlarning yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlarini sor’ashlari mumkin edi hamda YPX xodimlari haydovchining ushbu talabini bajarmasligi ular tomonidan rasmiylashtiriladigan bayyonomlarni haqiqiy emasligiga olib kelardi.

Ammo, endilikda ular haydovchilarning bu talablarini bajarmasalar ham ular tomonidan tasmiylashtirilgan bayyonomalar yuridik kuchga ega hisoblanadi hamda jarimaga torish uchun asos bo‘ladi.

Avtomobilga qanday turdagi chiroqlarni o‘rnatish mumkin emas?

Kimlar transport vositasini boshqara olmaydi?

Reydlarda haydovchining qanday huquqlari bor?

Avtomashina qanday holatlarda jarima maydonchasiga qo‘yiladi?

Endilikda “prava” olish uchun birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmasi yuzasidan amaliy imtihondan o‘tishga to‘g‘ri keladi

Alkotesterdan o‘tishdan bosh tortish mumkin

Qaysi kasalliklar uchun xavfsizlik kamarida imtiyoz mavjud?

Sariqda harakatlanganlik uchun javobgarlik bormi ?

Mashina old oynasini necha foizgacha qoraytirish mumkin?

Tormoz berganga ham jarima bormi?