“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” respublika ko‘rik tanlovi tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.08.2024 yildagi 532-son qaroriga asosan 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida umumta’lim muassasalarida “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars beradigan pedagog xodimlar uchun “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” respublika ko‘rik tanlovi o‘tkaziladi.

Bunda:

  • umumta’lim muassasalarida huquq fanidan dars beradigan oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog xodimlarni bepul asosda 2026-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlanadi;

  • Huquq fanidan dars beradigan pedagog xodimlarning malakasini kelgusida doimiy ravishda oshirib borish maqsadida 2024-yil 1-noyabrga qadar uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasi ishga tushuriladi;

  • “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars beradigan pedagog xodimlarga uslubiy ko‘maklashib borsin hamda o‘quv-metodik materiallar (videodarslar, taqdimot va ko‘rgazmali qurollar hamda boshqa o‘quv materiallari) yaratiladi.

Yer fondi uchun yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etiladi

Yuridik xizmat