Ergashma huquq

Fuqarolik huquqiga oid adabiyotlarda ergashma huquq atamasi ham uchrab turadi. Mazkur tushunchaning mazmuni, uning oʻziga xos xususiyatlari haqida quyidagi qisqacha fikr yuritiladi.

Avvalo, ushbu tushunchaning mazmuni haqida fikrlashsak, maʼlumki, ergashma huquq – bu asosiy huquqqa bogʻliq boʻlgan va uning taqdirini baham koʻradigan huquq hisoblanadi. Aytish joizki, bu huquq mustaqil ravishda mavjud boʻla olmaydi va asosiy huquq bilan birga oʻtadi yoki bekor boʻladi.

Ergashma huquqining quyidagi oʻziga xos xususiyatlari mavjud.

1BogʻliqlikErgashma huquq har doim boshqa (asosiy) huquqqa bogʻliq boʻladi.
2Mustaqil boʻlmagan xarakterErgashma huquq asosiy huquqsiz mavjud boʻla olmaydi.
3Yagona taqdirAsosiy huquq bekor boʻlsa yoki boshqa shaxsga oʻtsa, ergashma huquq ham xuddi shunday taqdirga ega boʻladi
4AksessorlikErgashma huquq asosiy huquqqa nisbatan yordamchi (aksessor) xarakterga ega

Ashyoviy huquqlar tizimida cheklangan ashyoviy huquqlarning koʻpchiligi ergashma huquqlar salanadi. Uzufrukt, superfitsiy, yer uchatkasiga nisbatan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi va boshqalar.

Bundan tashqari ergashma huquqning quyidagi turlari bor:

  1. Garov huquqi: Asosiy majburiyatni taʼminlash uchun xizmat qiladi.
  2. Servitut: Asosiy mulk huquqiga bogʻliq boʻlgan cheklangan ashyoviy huquq.
  3. Foizlar olish huquqi: Asosiy qarz summasiga bogʻliq.
  4. Neustoyka (jarima, penya) talab qilish huquqi: Asosiy majburiyatning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun qoʻshimcha toʻlov.

Ergashma huquq va mustaqil huquq oʻrtasida quyidagi farqlar mavjud:

  • Mustaqil huquq oʻz-oʻzidan mavjud boʻlishi va boshqa huquqlarga bogʻliq boʻlmagan holda oʻtkazilishi mumkin.
  • Ergashma huquq esa faqat asosiy huquq bilan birga mavjud boʻladi va oʻtkaziladi.

Eskrou agentning huquqiy maqomi

Konsignatsiya shartnomasi

Kontrgarantiya yoki kontrgarant nima?

Negator daʼvo nima?

Vindikatsiya nima?

Fuqarolik huquqida restitutsiya

Fuqarolik huquqida konvolidatsiya

Culpa in Contrahendo Doktrinasi

Kreditorlar huquqlarini himoya qilish usullari: ex ante va ex post control

Fuqarolik huquqida sinallagmatik shartnomalar