Farzandini xususiy maktab yoki bog‘chaga bergan ota-onalarga soliq imtiyoz qo‘llaniladi.

Jismoniy shaxslarning bir qator daromadlari qonun bilan soliqdan ozod qilinadi. Mazkur daromadlar tarkibi Soliq kodeksining 378-moddasida belgilangan.

Bunday imtiyozlardan biri moddaning 16-bandiga ko‘ra soliq to‘lovchining farzandlariga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar ko‘rsatadigan ta’limga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun to‘lanadigan oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlar uchun yo‘naltirilgan soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Mana shu qoidaga ko‘ra agar ota-ona farzandlarini xususiy maktabga yoki bog‘chaga bergan bo‘lsa, ularning o‘qishi uchun yo‘naltirilgan 3 mln so‘mgacha bo‘lgan ish haqi daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Mazkur imtiyoz har bir farzand uchun berilgani hisobga olinsa, ota-ona 2 nafar farzandini xususiy bog‘chaga bersa, unda 6 mln so‘mgacha daromad soliqdan ozod qilinadi.

Imtiyozdan foydalanishning 2 xil usuli mavjud.

Birinchisi, ish haqidan daromad solig‘i ushlab qolishda qo‘llaniladi. Ya’ni ota-ona ish beruvchi nomida ish haqidan farzandlarining xususiy maktab yoki bog‘chaga to‘lov uchun o‘tkazish haqida ariza berishi va mazkur ariza xususiy maktab yoki bog‘cha bilan tuzilgan shartnomani ilova qilishi kerak bo‘ladi.

Bunda ish beruvchi soliq agenti sifatida Soliq kodeksining 386-moddasiga muvofiq xodimlarining ish haqlaridan daromad solig‘ini hisoblab, uni byudjetga yo‘naltirish jarayonida soliq imtiyozini qo‘llaydi. Bunday holatda imtiyoz avtomatik ravishda qo‘llanilib, ish haqining xususiy ta’limga yo‘naltirilgan qismidan soliq hisoblanmaydi.

Ikkinchisi, agar ota-ona ish haqi olgandan so‘ng, farzandlarining ta’limi uchun xususiy maktabga yo‘naltirgan bo‘lsa, Soliq kodeksining 103-moddasiga binoan ota-ona ortiqcha to‘langan soliqni qaytarib olish huquqiga ega bo‘ladi. Buning uchun ushbu kodeks 105-moddasi asosida ota-ona soliqni qaytarish bo‘yicha soliq organiga ariza berishi talab etiladi.

Arizani yozma shaklda hududiy soliq organi borgan holda berish mumkin.

Shuningdek, elektron shaklda ushbu havola orqali jami yillik daromad haqida dekloratsiya to‘ldiriladi. Shundan so‘ng, my.soliq.uz saytidan JSH ortiqcha to‘langan soliq summasini qaytarish haqida ariza beriladi.

Bunda ortiqcha undirilgan soliq summasi soliq to‘lovchiga ariza qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, ariza beruvchiga hisoblangan foizlar bilan birga qaytariladi.

Kameral va sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazish

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun foyda solig‘i 50 foizga kamaytirilgan

Qishloq xo’jaligida soliq to’g’risidagi qonunchilik talablari soddalashtirilmoqda

Ayrim tadirkorlik subyektlariga foyda va aylanmadan olnadigan soliqlar uchun imtiyozlar bor

Ekoturizm tashkil qilgan tadbirkorlarga soliq imtiyozi qo‘llaniladi

2024-yil 1-iyuldan qanday soliq imtiyozlari bekor bo’ldi?

Maxsus iqtisodiy zonalarga investisiya kiritgan investorlarga soliq imtiyozlari beriladi

Naslchilik subyektlari uchun soliq imtiyozi mavjud

Soliq tekshiruvlarida aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha qarorini bekor qilish tartibi qanday?

Qachon hadya qiluvchi daromad solig‘i to‘laydi?