Skip to main content

Fuqarolik-huquqiy shartnomalarning tasnifi

Fuqarolik huquqida shartnoma — bu ikki yoki undan ortiq tomonlarning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini oʻrnatish, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan kelishuvidir

Shartnomalarning turli xil belgilarga koʻra tasniflanishi ular ustidan huquqiy tahlil olib borishni yengillashtiradi, shuningdek, amaliyotda qoʻllashda aniqlik va izchillikni taʼminlaydi. Fuqarolik-huquqiy shartnomalarni mazmun-mohiyatiga koʻra turlariga ajratish (yaʼni shartnoma predmeti va funksiyasiga qarab guruhlarga boʻlish) – bu ularni tasniflashning eng muhim usullaridan biridir.

Fuqarolik huquqida shartnomalar faqat shakliy jihatdan emas, balki ularning funksional vazifasi, mazmuni va iqtisodiy-huquqiy maqsadiga qarab ham turkumlanadi. Shunday yondashuv boʻyicha quyidagi asosiy shartnoma guruhlari ajratiladi:

1. Mulkni begonalashtirishga oid shartnomalar.

Bu turdagi shartnomalar orqali mulk bir shaxsdan ikkinchisiga oʻtadi. Bunday shartnomalarda asosiy huquqiy oqibat — mulk huquqining oʻzgarishi.

Shartnoma Alohida turlari
1Oldi-sotdi shartnomasiOldi-sotdi (umumiy)
Chakana oldi-sotdi
Mahsulot yetkazib berish
Tovarlar yetkazib berish toʻgʻrisidagi davlat kontrakti
Kontraktatsiya
Energiya taʼminoti
Koʻchmas mulkni sotish
Korxonani sotish
2Ayirboshlash shartnomasi 
3Hadya shartnomasiHadya
Xayr-ehson
4Renta shartnomasiDoimiy renta
Umrbod renta
5Umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi 
6Konsignatsiya shartnomasi*Ushbu shartnoma bevosita fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinmagan. Biroq mohiyatan aralash shartnomalar toifasiga kirib, yakunda mulk bir shaxsdan boshqa shaxsga oʻtadi.

*Izoh: ushbu shartnomani mulkni begonalashtirishga oid shartnomalar toifasiga kirish muallifning shaxsiy pozitsiyasi.

2. Mulkdan foydalanishga oid shartnomalar.

Bu shartnomalar egasi boʻlmagan shaxsga mulkdan vaqtincha foydalanish imkonini beradi. Mulkdor mol-mulkka nisbatan mulk huquqini saqlab qoladi.

1Ijara shartnomasiIjara (umumiy)
Prokat
Transport vositalarining ijarasi
Binolar va inshootlar ijarasi
Korxonani ijaraga berish
Lizing
Uy-joy ijarasi
2Tekin foydalanish (Ssuda) 

3. Ish bajarishga oid shartnomalar.

Ushbu guruhda shartnoma predmeti — bu bajariladigan ish (yakuniy natija), masalan qurilish, tikuvchilik, remont ishlari.

  • Pudrat shartnomasi: maishiy pudrat, qurilish pudrati, loyiha va qidiruv ishlari pudrati, ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati.
  • Tolling shartnomasi*

*Izoh: ushbu shartnoma haqida quyidagi maqola orqali maʼlumot olishingiz mumkin.

4. Xizmat koʻrsatishga oid shartnomalar.

Shartnomada ish emas, balki jarayon (xizmat) natijasi muhimdir. Bunday shartnomalar odatda xizmat koʻrsatuvchi shaxsning malakasiga bogʻliq boʻladi.

  • Haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasi: aloqa xizmati, tibbiyot, veterinariya, auditorlik, maslahat, axborot xizmatlari, taʼlim berish, sayyohlik xizmatini koʻrsatish shartnomalar;
  • ➖Yoʻlovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasi
  • ➖Transport ekspeditsiyasi shartnomasi
  • ➖Qarz shartnomasi
  • ➖Kredit shartnomasi
  • ➖Faktoring shartnomasi (pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash);
  • ➖Bank xizmatlariga oid shartnomalar: bank omonati, bank hisobvaragʻi
  • ➖Autsorsing shartnomasi

5. Fidutsiar (ishonchga asoslangan) shartnomalar.

Ushbu turdagi shartnomalar ishonch munosabatlariga asoslangan boʻlib, bir tomon ikkinchi tomonga oʻz nomidan yoki oʻz manfaatida huquqiy harakatlar qilish vakolatini beradi.

  • Vositachilik shartnomasi
  • Topshiriq shartnomasi
  • Agentlik shartnomasi
  • Ishonchli boshqaruv shartnomasi
  • ➖Dilerlik shartnomasi
  • ➖Distribyutorlik shartnomasi

6. Birgalikda faoliyat yuritishga oid shartnomalar.

Bu shartnomalar ikki yoki undan ortiq shaxsning umumiy maqsadga erishish uchun mol-mulk yoki boshqa resurslarni birlashtirishga qaratilgan kelishuvlarini ifodalaydi.

  • ➖Oddiy shirkat shartnomasi
  • Konsorsium shartnomasi
  • ➖Investitsiyaviy hamkorlik shartnomalari

Mazmunan turlarga ajratish fuqarolik-huquqiy shartnomalarning iqtisodiy va huquqiy funksiyalarini aniqlashda, ularni toʻgʻri rasmiylashtirish va tatbiq etishda muhim ahamiyatga ega. Shartnoma turlarini bilish, har bir guruhga tegishli xususiyatlar va huquqiy oqibatlarni anglash — yuristlar, amaliyotchilar hamda tadbirkorlar uchun huquqiy xavfsizlikni taʼminlaydi.

Categories: Fuqarolik huquqi