Skip to main content

Haqorat uchun qanday javobgarlik bor?

Shaxsni haqorat qilish bu shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash hisoblanib, uning uchun qonunda bir qator javobgarlik choralari belgilangan.

Xususan, Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 41-moddasiga asosan bunday huquqbuzarlik uchun:

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Agar shaxs ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin yana shunday huquqbuzarlik sodir etsa, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasiga muvofiq:

  • bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima;
  • yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Agar haqorat internetda yoki ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan bo`lsa, shaxsga to`g`ridan-to`g`ri jinoyiy javobgarlik chorasi qo`llanilib, u:

  • bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima;
  • yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari;
  • yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Categories: Huquqbuzarlik