Inklyuziv ta’lim sinflari o‘qituvchilariga ustama beriladimi?

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 53-bandiga ko`ra inklyuziv ta’lim sinflari o‘qituvchilariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi sinfda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan:

  • bir nafar bola uchun lavozim maoshining 10 foizi;
  • ikki nafar bola uchun lavozim maoshining 20 foizi;
  • uch nafar bola uchun lavozim maoshining 30 foizi miqdorida;
  • ikki va undan ortiq inklyuziv ta’lim sinflarida to‘rt nafar va undan ortiq bola uchun ta’lim-tarbiya ishlarini olib borgan o‘qituvchilar va maxsus pedagoglarga lavozim maoshining 40 foizi miqdorida belgilanadi.

Boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar o‘qituvchilari va maxsus pedogoglarga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi lavozim maoshining 50 foizi miqdorida to‘lanadi.

Inklyuziv ta’lim o‘zi nima?

Alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlagan holda beriladigan ta’lim – inklyuziv ta’lim hisobladi.

Maktabdagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning boshqa (sog‘lom) bolalar bilan teng huquqli va birgalikdagi ta’lim olishlari shaklida tashkil etilgan sinf – esa inklyuziv ta’lim sinfi sanaladi.

Bunda maktabdagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning boshqa (sog‘lom) bolalar bilan teng huquqli va birgalikdagi ta’lim olishlari shaklida tashkil etilgan sinf inklyuziv ta’lim sinfi deb e’tirof etiladi.

Qonunchilikda o‘qituvchi va murabbiylarga qanday imtiyozlar belgilangan?

“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘oliblari qanday taqdirlanadi?

Direktor va o‘rinbosarlar dars berishga haqlimi?

Pensioner o‘qituvchilar necha soat dars berishi kerak?

Dekretdan qaytgan o‘qituvchi kamroq dars oladimi?

Ayrim pedagog kadrlarning malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi, agar ular…

Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablar rag‘batlantiriladi

Maktabgacha ta’lim xodimlari bazaviy tarif stavkalari miqdorlari qancha?

DMTT pedagog xodimlari haftalik ish yuklamasining miqdori qancha?

Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalarga erishayotgan maktablar rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama beriladi