Skip to main content

Mahalla yettiligi kimlardan iborat?

Mahalla instituti Oʻzbekistonning maʼmuriy hududiy tuzilishining oʻziga xos shakli hisoblanadi. Chunki mahalla davlat organlari sirasiga kirmaydi va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari sirasiga kiradi.

Mahallalarda “Mahalla yettiligi” nomini olgan tarkib faoliyat yuritib, mahalla fuqarolari yigʻini raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim, soliq inspektoridan iborat jamoadan tashkil topgan.

Yettilik a’zosiVazifalari
1Mahalla raisifuqarolar yigʻiniga rahbarlik qiladi, mahalla muammolarini hal qilishda bosh-qosh boʻladi.
2Hokim yordamchisimahallaning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga masʼul, ishsizlikni kamaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish bilan shugʻullanadi.
3Yoshlar yetakchisiyoshlar bilan ishlaydi, ularning bandligini taʼminlash, salohiyatini roʻyobga chiqarish boʻyicha tadbirlarni tashkil etadi.
4Xotin-qizlar faoliayollar bilan ishlaydi, ularning huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy faolligini oshirishga koʻmaklashadi.
5Profilaktika inspektorihuquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish bilan shugʻullanadi.
6Ijtimoiy xodimnogironlar, keksalar va ehtiyojmand oilalar bilan ishlaydi, ularga yordam koʻrsatadi.
7Soliq inspektorifuqarolar va tadbirkorlarning soliqqa oid masalalarini tartibga soladi, qonuniylikni taʼminlaydi

Xulosa qilib aytganda, “Mahalla yettiligi” fuqarolarning muammolarini joyida, tezkor hal etish imkonini beradi. Davlat va jamiyat oʻrtasidagi koʻprik vazifasini bajaradi.