Majburiy mehnat taqiqlangan!

Ish beruvchi xodimlarni o‘zining korxonasi yoki “dacha”sida ish vaqti olib borib ishlatishi, o`zining shaxsiy maqsadlari uchun ishlatishi holatlari uchrab turadi. Bu esa qonunchilik bo`yicha mjaburiy mehnatdir.

Aslida ish beruvchi tomonidan xodimlarni mehnat shartnomasida shartlashilmagan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.

Avvalo, shuni aytish kerakki, Mehnat kodeksining 5-moddasi majburiy mehnat biror-bir jismoniy shaxsdan jazoni qo‘llash tahdidi ostida talab etiladigan, bajarilishi uchun ushbu shaxs ixtiyoriy ravishda o‘z xizmatlarini taklif qilmagan har qanday ishni yoki xizmatni anglatishi belgilangan hamda majburiy mehnat taqiqlangan.

Shuningdek, Mehnat kodeksi kodeks 115-moddasiga ko‘ra ish beruvchi xodimdan quyidagilarni talab qilishga haqli emas:

  • agar ushbu Kodeksda va boshqa qonunda boshqacha qoidalar belgilanmagan bo‘lsa, mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilmagan ishni bajarishni;
  • qonunga xilof bo‘lgan, xodimning yoki boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan, hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadigan, ularning sha’ni, qadr-qimmati hamda ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishni.

Ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasining 349-sonli “O‘zbekiston Respublikasida Majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida xodimlarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash, biron-bir shakldagi majburiy mehnatdan foydalanish taqiqlangan.

Uchinchidan, qonunchilikda majburiy mehnatga jalb etganlik uchun javobgarlik belgilangan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasiga binoan mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash:

  • bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Avtomobilga qanday turdagi chiroqlarni o‘rnatish mumkin emas?

Avtomashina qanday holatlarda jarima maydonchasiga qo‘yiladi?

Qanday hollarda ichki ishlar organlari xodimlari shaxsni ushlab turish uchun(idoraga) olib ketishlari mumkin?

O‘zboshimchalik bilan yo‘llarda yoki ko‘chalarda sun’iy to‘siqlar o‘rnatgan shaxslarga ham javobgarlik mavjud

Yaqinda uy oldim uyni nomimga o‘tkazmasam nima bo’ladi?

Mastlik holati aniqlangan haydovchining guvohnomasi voqea joyida olib qo‘yiladimi yoki sudning qaroriga asosan olib qo‘yiladimi?

PPX xodimlari qanday huquqbuzarliklar uchun ma’muriy bayonnoma tuzishlari mumkin?

O‘zboshimchalik bilan suv tarmog‘iga ulanib olganlik uchun qanday javobgarlik mavjud?

Notcoin sotishga javobgarlik bormi?

Tamakini faqatgina jamoat joyida chekmaslik kerakmi?