O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021-yildagi 572-son Qaroriga asosan, Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilab berilgan bo‘lib, ushbu qarorga muvofiq quyidagi pedagog kadrlarining malaka toifasi (lavozimi) bir pog‘onaga oshiriladi:
1. «Ustoz» milliy mukofoti g‘oliblari;
2.Worldskills musobaqalari sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari;
3. Respublika miqyosidagi fan olimpiadalari va ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlar;
Bundan tashqari, pedagogik kadrlarning malakasini oshirishda ushbu yuqoridagi qaror kuchga kirgandan keyingi erishilgan natijalar inobatga olinadi.