Ma’lumki mehnat munosabatlarida ish beruvchi va xodim o‘rtasida mehnat shartnomasi (keyingi o‘rinlarda MSh) tuzilishi kerak. Biroq, amaliyotda ayrim ish beruvchilar tomonidan mehnat qonunchiligida xodimga berilishi kerak bo‘lgan imtiyozlarni “chetlab o‘tish” maqsadida fuqarolik-huquqiy shartnomasi (keyingi o‘rinlarda FHSh) tuzishadi.
Amaldagi Mehnat kodeksining 11-moddasiga binoan, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, MShda nazarda tutilgan mehnat shartlarini ish beruvchi tomonidan ta’minlashda xodimning mehnat vazifasini ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda haq evaziga shaxsan bajarishi haqidagi, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga asoslangan munosabatlar yakka tartibdagi mehnat munosabatlaridir.
Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni haqiqatda tartibga soladigan fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar tuzish taqiqlanadi.
E’tibor bering! mehnat qonunchiligidagi normalar FHShlarga tatbiq etilmaydi. Xo‘sh, bunda ikki shartnomaning o‘zaro qanday faqli jihatlari mavjud?
Quyidagi jadvalda ikki shartnomaning o‘zaro nisbatani ko‘rib chiqamiz.
№ | Farqlovchi jihatlar | Mehnat shartnomasi | Fuqarolik-huquqiy shartnoma |
---|---|---|---|
1 | Tartibga solinishi | Mehnat kodeksi va mehnatga oid boshqa normativ va lokal hujjatlar, jamoa va mehnat shartnomasi asosida tartibga solinadi | Taraflar o‘rtasidagi shartnoma hamda Fuqarolik kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi |
2 | Shartnoma turi | Mehnat shartnomasi | Asossan pudrat, haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomalari |
3 | Shartnoma predmeti | Shaxsning mehnat qilish qobilyati shartnoma predmetidir | Muayyan ishni bajarish yoki xizmatni ko‘rsatish shartnoma predmeti sanaladi |
4 | Shartnomani rasmiylashtirish | MSh ish beruvchi va xodim tomonidan imzolanadi hamda Yagona milliy mehnat tizimi (YaMMT)ga kiritlishi shart*. | Taraflar tomonidan imzolanadi. Taraflardan birining talabi bilan notarial tasdiqlanishi mumkin. |
5 | Taraflari | Xodim va Ish beruvchi | Buyurtmachi va Ijrochi yoki Pudratchi |
6 | Shartnoma bahosi (haq to‘lash) | mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanadi | Taraflar o‘rtasidagi kelishuv bilan belgilanadi va eng kam miqdor bo‘yicha cheklov mavjud emas. |
7 | Shartnoma muddati | Muddatli hamda nomayyan muddatga tuziladi. Bunda muddatli shartnoma tuzish asoslari va muddatlari Mehnat kodeksida aniq belgilangan. | Shartnomada belgilangan muddatga |
8 | Haq to‘lash tartibi | 1 oyda kamida 2 marta mehnatga haq to‘lash shart | Haq to‘lash tartibi shartnomada kelishiladi |
9 | Ish vaqti | muddatlar chegarasi bilan belgilanga ish vaqti amal qiladi (1 stavka uchun haftasiga maksimal 40 soat) | Shartnomada kelishilgan muddatlarda ish bajariladi yoki xizmat ko‘rsatiladi |
10 | Kafolatlar | Qisqartirilgan yoki to‘liqsiz ish vaqti rejimlari mavjud | Bunday kafolat mavjud emas |
Dam olish va ta’tillar berilishi kafolati bor | |||
Xodim vaqtincha mehnat qobilyatini yo‘qotganda nafaqa to‘lanadi | |||
Shartnomani bekor qilishga oid bir qator kafolatlar va imtiyozlar taqdim etiladi | |||
Ish joyi (lavozimi) saqlanishiga oid kafolatlar tadqim etiladi | |||
mehnat shart-sharoitini yaxshilashni talab qilish huquqi | |||
homiladorlik va tug‘ish davridagi kafolatlar(ta’tillar, qo‘shimcha to‘lovlar) | |||
ishning samaradorligiga qarab to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar | |||
kodeksda va boshqa normativlarda nazarda tutilgan kafolatlar | |||
Bunday kafolat mavjud emas | Ishning natijaga kafolat beriladi. Ko‘satilgan xizmatlarga kafolat belgilanmaydi | ||
11 | Staj | Ishlagan davri uchun hisoblanadigan ish staji MSh tuzgan xodimlarda hisoblanadi | Ish bajarilgan yoki xizmat ko‘rsatilgan davr ish stajiga qo‘shilmaydi |
12 | Boshqa joyda ishlash | Xodim o‘rindoshlik asosida ishlashga haqli. Lekin o‘rindoshlikda 0.5 stavkadan ortiq ishlash mumkin emas | Ijrochi/Pudratchi bemalol ikkidan ortiq joyda ishlashi mumkin |
13 | Mehnat daftarchasi | Besh kundan ortiq ishlagan shaxslarga mehnat daftarchasi yuritiladi (o‘rindoshlar mustasno) | Bunday qoida mavjud emas |
14 | Ta’sir chorasi | O‘z majburiyatlarini bajarmaganda xodimga intizomiy ta’sir choralari qo‘llaniladi. | O‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganda zararni qoplash, neustoyka undirish mumkin |
15 | Javobgarlik | Xodim ish beruvchiga yetkazgan haqiqiy zarar qoplanadi. Bunda ham zarar miqdori chegaralanishi mumkin. Ya’ni xodimning o‘rtacha ish haqi miqdorida (to‘liq moddiy javobgarlik mustasno) | Yetkazilgan zarar odatda to‘liq qoplanadi. Bundan FK 706-moddasida nazarda tutilgan holat mustasno qilinadi. |
16 | Shartnomani bekor qilish | Mehnat kodeksining 155-moddasida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi | Taraflarning kelishuvi hamda Fuqarolik kodeksining 382-385-moddalarida nazarda tutilgan asoslardagina bekor qilinishi mumkin |
17 | Pensiya | MSh orqali ishlagan xodimlargagina ishlagan davriga mutanosib tarzda pensiya olish huquqiga ega bo‘lishadi | FHSh esa ish staji hisoblanmasligi bilan bir qatorda pensiya olish huquqiga ega bo‘lishmaydi. |
* O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-oktabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4502-sonli qarori bilan 2020-yil 1-yanvardan «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (“YaMMT” IDAK) joriy etilgan.
2020-yil 1-yanvardan birinchi marta ishga kirganlar mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar faqat xodimning elektron mehnat daftarchasiga kiritilmoqda.