Bugungi kunda reklama har bir biznes uchun muhim vositaga aylandi, chunki u mahsulot va xizmatlarni keng auditoriyaga tanishtirishda katta rol oʻynaydi. Raqobat kuchaygan sari brendlar oʻz mijozlarini jalb qilish uchun yangicha va ijodiy reklama yondashuvlarini izlaydi. Reklama dolzarbligi shundaki, u nafaqat savdoni oshirishga, balki brend imidjini yaratishga ham xizmat qiladi.
Moliyaviy xizmatlarda reklama mijozlarning ishonchini qozonish va ularni kerakli xizmatlarga yoʻnaltirishda muhim rol oʻynaydi. Toʻgʻri va samarali reklama strategiyalari orqali banklar, sugʻurta kompaniyalari va investitsiya tashkilotlari oʻz xizmatlarini keng ommaga tanishtira oladi.
Ammo, atrofga nazar soladigan boʻlsak, bir qator banklar tomonidan reklama berishda, xususan moliyaviy xizmatlar reklamalarida, isteʼmolchilarning huquqlari kamsitilayotganligini kuzatishimiz mumkin.
Reklama toʻgʻrisidagi Qonuni mazmuniga muvofiq reklama – bu odamlarga biror narsa haqida maʼlumot berish va uni sotish yoki tanishtirish uchun qilinadigan maxsus xabar. Bu xabar turli yoʻllar (televideniye, radio, internet va boshqalar) orqali tarqatiladi.
Shuningdek, ushbu qonunga asosan reklamadan foydalanuvchi – bu oddiy qilib aytganda, reklamani koʻradigan yoki eshitadigan har qanday odam yoki tashkilot hisoblanadi. Yaʼni, bu biz hammamiz – oddiy odamlar ham, firmalar ham foydalanuvchi maqomiga ega.
Eʼtiborli jihati shundaki, qonun 43-moddasida reklamaga oid talablar mavjud boʻlib, reklamada odamlarni aldash mumkin emas, xususan ularning bilimi kamligidan foydalanmaslik kerak, shuningdek, ishonchini suiisteʼmol qilish mumkin emas
Shu bilan birga reklamada faqat oʻsha xizmat haqida gapirish kerak, yaʼni keraksiz, aloqasi boʻlmagan maʼlumotlarni qoʻshib yuborish mumkin emas.
Taʼkidlash kerakki, reklamada shartnomaning eng muhim shartlari aniq koʻrsatilishi kerak:
- Xizmatning muddati
- Narxi
- Kim kimga xizmat koʻrsatishi
- Aniq qanday xizmat koʻrsatilishi
Bundan koʻrinadiki, reklama beruvchilar moliyaviy xizmatlar koʻrsatish reklamasida shartnomaning muhim shartlari deb hisoblangan: muddat, narx, taraflar va shartnomaning predmetini isteʼmolchilarga aks ettirishi lozim.
Masalan: “A” nomli bank tomonidan “Omonat” xizmati koʻrsatilishi haqidagi reklama berilishida “Omonat”ning faqat eng yuqori foizi (%) va eng qisqa muddati aks ettirilishi bilan cheklanib qolinmasadan, balki, barcha maʼlumotlarni qaysi muddatda foizlar oʻzgarishi, bu “Omonat” xizmatining subyektlari va yuqorida taʼkidlangan qonunchilik talablariga toʻliq muvofiq boʻlishi lozim.
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Qonuni 6-moddasi birinchi qismiga asosan Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) isteʼmolchiga oʻzi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida oʻz vaqtida zarurIshlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) isteʼmolchiga oʻzi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida oʻz vaqtida zarur, toʻgʻri va tushunarli maʼlumot berishi shart.
Ma’lumot uchun, Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi Nizomning ilovalarida omonatlarning asosiy shartlariga nimalar kirishi belgilangan.
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Yuridik taʼminlash boʻlimi Bosh yuriskonsulti Abdulhamidov Asilbek |