Skip to main content

Muzeyda tasvirga olish mumkinmi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 68-son qaroriga 8-ilovasidagi Nizomning 3-bobida Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib koʻrish shartlari keltirilgan boʻlib uning , 9-bandida moddiy va maʼnaviy boyliklarni saqlash va himoya qilish, jamoat tartibini va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida muzeylar hududida quyidagilar taqiqlanishi belgilangan:

➖spirtli ichimliklarni olib kirish va ichish;

➖ muzey hududida mast holda yoki jamoat tartibini u yoki bu tarzda buzayotgan, fuqaroviy va xizmat quroli bilan qurollangan shaxslarni kiritish;

➖ eksponatlarni qol bilan ushlash, muzey ma’muriyati bilan oldindan kelishib, tegishli ruxsatnoma rasmiylashtirmasdan fotosuratlar va videotasvirlar olish;

➖ muzey hududiga sanoat va maishiy chiqindilarni tashlash;

➖ ovoz kuchaytiruvchi va pirotexnika vositalarini qoʻllash; – muzey zallariga oʻrnatilgan toʻsiqlardan oʻtish, tashrif buyuruvchilar uchun ruxsat etilmagan joyga kirish;

➖ muzey hududida va ekspozitsiya zallarida muzey xodimlarining koʻrsatmasiga amal qilmaslik;

➖ ekskursiya jarayonida boshqa tashrif buyuruvchilarga xalaqit berish;

➖ muzey xodimlarisiz yakka va guruh ekskursiyalarini amalga oshirish;

➖ ekspozitsiya zallariga hayvonlarni olib kirish;

➖ uyali aloqa vositasidan foydalanish mumkin emasligi belgilab qoʻyilgan.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, yuqorida aytilgan qonunchilik normalariga binoan muzey ashyolari, kolleksiyalari va eksponatlarini tasvirga olish (fotoapparat, telefon orqali) muzey xodimlari bilan kelishilgan holda tegishli tartibda ruxsatnoma olgandan keyin ruxsat etiladi. Agar tegishli tartibda ruxsatnoma boʻlmasa, rasmga tushirish mumkin emas.