O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.12.2023-yildagi PQ-403-son Qaroriga binoan, naslchilik subyektlari uchun soliq imtiyozlari belgilangan.
Jumladan, naslchilik subyektlarining asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni 50 foiz pasaytirilgan stavkada to‘lash shaklidagi soliq imtiyozi muddati iqtisod qilingan mablag‘larni asosiy faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltirish sharti bilan 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilgan.
Naslchilik subyektlari haqida batafsil huquqiy ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.