Skip to main content

Nogiron farzandi bor onalar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega.

Qonun chiqaruvchi nogironligi bo`lgan farzand tarbiyalayotgan ayollarga bir qator imtiyozlar taqdim etadi. Ulardan biri imtiyozli pensiyaga chiqib bo`lib, bu toifadagi ayollar muddatidan avvalroq pensiyaga chiqish huquqiga ega bo`ladilar.

Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonun 7-moddasiga ko‘ra yoshga doir pensiya olish huquqiga:

  • •  erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
  • •  ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.

Bu umumiy qoida bo‘lib, odatiy holatda pensiyaga chiqish uchun yuqoridagi mezonlar asos qilinadi.

Qonun 12-moddasi z bandiga ko‘ra bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan bo‘lsa — ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Shunga ko‘ra ayolning bolalikdan nogiron  farznadi bo‘lib, ayol unga kamida 8 yoshga to‘lguncha qaragan va hozirda ish staji 20 yil yoki undan ortiq bo‘lsa, u 50 yoshda pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘ladi.