Soliq kodeksining 380-moddasi 6-bandiga ko‘ra:
bolaligidan nogironligi bo‘lgan shaxs, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona soliq solishdan qisman ya’ni daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdorida soliqdan ozod qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son Farmoniga ko‘ra:
hozirda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori 1 050 000 so‘m etib belgilangan. Bu degani daromadingizning 1 480 500 so‘m qismi daromad solig‘idan ozod qilinadi.
Misol uchun sizning oylik daromadingiz 3 mln so‘mni tashkil etsa, yuqoridagi summa soliqdan ozod qilingani hisobiga sizning 1 519 500 so‘m miqdoridagi daromadingizdan ushbu kodeks 381-moddasiga binoan 12 foiz miqodirda daromad solig‘i undiriladi.
Bunda mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki sog‘liqni saqlash muassasasining doimiy parvarish zarurligini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomasi asosida beriladi.
Siz mazkur imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi tibbiy ma’lumotnomani ilova qilgan holda ish beruvchi nomiga ariza berishingiz lozim. Ish beruvchi soliq agenti sifatida soliqlarni hisoblab, soliq organiga o‘tkazishda sizga mazkur imtiyozni qo‘llagan holda, soliq hisoblaydi.