2023-2024-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRINING BUYRUGʻI

2023-2024-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2008-yil 4-martdagi (Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 20-martda 1778-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan) “Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” nizomi asosida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilida oʻquvchilarning yakuniy attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish maqsadida buyuraman:

  1. Quyidagilar:

yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari 1-ilovaga muvofiq;

xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;

  • Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (D.Davidova) 2024-yilning 25-martiga qadar:

yakuniy attestatsiya oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha topshiriqlar spetsifikatsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash;

ishlab chiqilgan fanlar spetsifikatsiyasi asosida yakuniy attestatsiya oʻtkaziladigan fanlar (ogʻzaki va yozma) savollarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish;

umumiy oʻrta taʼlim maktablari va Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatlarining bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun imtihon materiallarini bazasini hamda baholash mezonlarini tayyorlash;

imtihon materiallaring bazasini taʼlim beriladigan barcha tillarga tarjima qilish uchun Respublika taʼlim markaziga taqdim etish;

ishlab chiqilgan nazorat materiallari asosida imtihon variantlarini shakllantirish vazifalari yuklansin.

  • Respublika taʼlim markazi (Sh.Xudaykulov) 2024-yilning 5-apreliga

qadar:

taqdim etilgan imtihon materiallari bazasini taʼlim beriladigan barcha tillarga

tarjima qilish va ekspertizadan oʻtkazish;

koʻzi ojiz, zaif koʻruvchi, kar, zaif eshituvchi hamda aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining bitiruvchi sinf oʻquvchilari

uchun taʼlim beriladigan barcha tillarda imtihon materiallarining bazasini hamda baholash mezonlarini tayyorlash;

aqli        zaif        bolalar         uchun         ixtisoslashtirilgan         maktablar va maktab-internatlarining bitiruvchi sinflari oʻquvchilari uchun Texnologiya fanidan imtihon oʻtkazish boʻyicha tegishli tavsiya va mezonlar ishlab chiqish vazifalari yuklatilsin.

  • Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (D.Davidova), Respublika taʼlim markazi (Sh.Xudaykulov) yakuniy davlat attestatsiyasi imtihon materiallarining bazasini tayyorlashda kreativ va mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan topshiriqlar kiritilishini inobatga olsin.
  • Belgilansinki:

umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikat hamda 2-ilovada keltirilgan chet tili fanlari boʻyicha kamida B1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar imtihondan muayyan fandan ozod qilinadi;

tegishli fanlar boʻyicha, yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi belgilangan kundan bir kun oldin, Ishchi guruh tomonidan qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda   oʻtkaziladigan   fanlar   boʻyicha)   shakllantirilgan    variantlar   orasidan 2 ta variant tanlanadi;

tanlangan 2 ta imtihon variantlari vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va ushbu variantlar asosida respublika boʻyicha barcha bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradi.

  • Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarining davlat taʼlim standartlari asosida egallashi lozim boʻlgan malaka talablariga muvofiq bilimlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlari (keyingi oʻrinlarda — imtihonlar) 1-ilovada keltirilgan fanlardan tashkil etiladi.
  • Imtihonlar 2024-yil 26-maydan 15-iyungacha amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin (Jismoniy tarbiya fani bundan mustasno).
  • Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9-sinf oʻquvchilari uchun Jismoniy tarbiya fanidan imtihonlar 2024-yil 1-6-may kunlari malakali tibbiyot xodimlarining

nazorati ostida oʻtkazilsin (jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlar hamda skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlar bundan mustasno).

  • Koʻzi ojiz, zaif koʻruvchi va tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda imtihonlar umumtaʼlim muassasalariga qoʻyilgan talablar asosida oʻtkazilsin (Jismoniy tarbiya fani bundan mustasno).
  • Kar,    zaif    eshituvchi    bolalar    uchun    ixtisoslashtirilgan    maktab va   maktab-internatlarida    imtihonlar   Ona   tili   va   adabiyot   fanidan   bayon va Matematika fanidan yozma nazorat ishi shaklida amalga oshirilsin.
  • Aqli        zaif        bolalar        uchun        ixtisoslashtirilgan        maktab va maktab-internatlarda faqat Texnologiya fani boʻyicha imtihonlar oʻtkazilsin

IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: DI57206588

hamda imtihonlarni oʻtkazish muddati maktabning Pedagogik kengashi tomonidan belgilansin.

  1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlariga:

imtihonlarga puxta tayyorgarlik koʻrishlari uchun sharoitlar yaratish; imtihonlari shaffof, adolatli, xolis oʻtkazilishini taʼminlash, imtihonlarning

oʻz muddatlarida oʻtkazilishini nazoratga olish.

tabiiy va texnogen sabablarga koʻra belgilangan muddatlarda imtihon oʻtkazilishining imkoniyati boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida imtihonlarni tuman (shahar) maktabgacha va maktab boʻlimlari bilan kelishgan holda boshqa kunda oʻtkazishga ruxsat berilganligini maʼlumot va ijro uchun qabul qilish;

imtihonlarning natijalari, ularni oʻtkazish yuzasidan taklif va mulohazalarni umumlashtirib, 2024-yilning 3-iyuliga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markaziga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.

  1. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (D.Davidova) 2024-yilning 1-avgustiga qadar bitiruv sinflarida yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotni Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamentiga taqdim etsin.
  2. Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti 2024-yil 8-aprelga qadar bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasiga tayyorlanishlari      uchun      ishlab       chiqilgan       fanlar       spetsifikatsiyasini va imtihon materiallari hamda baholash mezonlarini Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi rasmiy veb-saytida eʼlon qilish uchun Axborot xizmatiga taqdim etsin.
  3. Axborot xizmati (D.Sobirova) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish boshqarmasi (R.Musurmonov) bilan birgalikda taqdim etilgan fanlar spetsifikatsiyasini va imtihon materiallari hamda baholash mezonlarini 2024-yil 10-aprelga qadar vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilsin va joylashtirsin.
  4. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari U.Sharifxodjayev zimmasiga yuklatilsin.

Vazir                                                                           X.Umarova

Toshkent sh., 2024-yil 20-mart,

87-son

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 20-martdagi

87-sonli buyrugʻiga

1-ILOVA

Yakuniy nazorat imtihonlari oʻtkaziladigan fanlarning roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari

9-sinf uchun
Ona tili va adabiyotyozma
Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)yozma
Matematikayozma
Oʻzbekiston tarixiyozma/ogʻzaki
Jismoniy tarbiyaamaliy
Yakuniy nazorat
11-sinf uchun
Ona tili va adabiyotyozma (insho)
Matematikayozma
Oʻzbek tili (taʼlim oʻzbek tilida olib borilmaydigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun)/Taʼlim muassasasi tanlovi**yozma va ogʻzaki
Chet tiliyozma/ogʻzaki
Oʻzbekiston tarixiyozma/ogʻzaki
*Oʻquvchining tanlovi boʻyicha: KimyoFizikaDavlat huquq asoslariGeografiyayozma

Izoh: * 11-sinfda har bir oʻquvchining ixtiyoriy tanloviga koʻra tanlov (variativ) fanlaridan biri yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishidan bir oy oldin oʻquvchining arizasiga koʻra tanlanadi;

** 11-sinfda har bir oʻquvchining ixtiyoriy tanlovi va ota-onalarning fikrlariga asoslanib tanlov (variativ) fanlaridan biri yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishidan bir oy oldin taʼlim muassasasi tomonidan tanlanadi;

Tanlov fani majburiy fanlardan tashqari taklif etilgan fanlar orasidan tanlanadi.

9-sinflar     uchun     Jismoniy     tarbiya     fanidan    1-6-may,     Ona     tili     va                               adabiyot fanidan — 27-may, Matematika fanidan — 30-may kunlari bitiruv imtihonlari oʻtkaziladi;

11-sinflar uchun Ona tili va adabiyot fanidan — 29-may, Matematika fanidan – 1-iyun

kunlari bitiruv imtihonlari oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 20-martdagi

87-sonli buyrugʻiga

2-ILOVA

Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar

ROʻYXATI

T/rXalqaro tan olingan sertifikatlar nomi
Ingliz tili boʻyicha
1.International English Language Testing System (IELTS)
2.Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT)
3.Test of English as a Foreign Language (TOEFL ITP
4.Cambridge Assessment English
Fransuz tili boʻyicha
5.Diplôme dʼEtudes en Langue Française (DELF)
6.Diplôme Approfondi de Langue Française (DALF)
7.Test de Connaissance du Francais (TCF)
Nemis tili boʻyicha
8.Goethe-Zertifikat
9.Deutsches Sprachdiplom (DSD I)
10.Deutsches Sprachdiplom (DSD II)
11.Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF)
Ispan tili boʻyicha
12.Diplomas de Español como Lengua Extranjera (DELE)
13.Servicio Internacional de Evaluaciòn de la Lengua Española (SIELE)
Italyan tili boʻyicha
14.Certificato di Conoscenza della Lingua Italiana (CELI)
15.Certificazione di Italiano come Lingua Straniera (CILS
16.Accademia Italiana di Lingua (AIL)
*Rus tili boʻyicha
17.Test of Russian as a Foreign Language (TORFL)
18.Тест по русскому языку как иностранный (ТРКИ)
Arab tili boʻyicha
19.The Arabic Language Proficiency Test, Arabic Proficiency Test (ALPT, APT, E-TOAFL American Council on the Teaching of Foreign Languages (ACTFL)
20.AT Tanal Al Arabi
Xitoy tili boʻyicha
21.Hanyu Shuiping Kaoshi (HSK)
Yapon tili boʻyicha
22.Japanese Language Proficiency Test (JLPT)
Koreys tili boʻyicha
23.Test of Proficiency in Korean (TOPIK I)
24.Test of Proficiency in Korean (TOPIK II)
Turk tili boʻyicha
25.Türkçe Yeterlik Sinavi (TYS)

*Izoh: Taʼlim tili rus tili boʻlmagan taʼlim muassasalari uchun

Bundan tashqari: davlat taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan davlat taʼlim standartlariga mos keluvchi oʻquvchining bilimini tasdiqlovchi (B va undan yuqori) sertifikatga ega oʻquvchilar imtihon belgilangan mazkur fandan ozod etiladi.