Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlashdan oʻtkazishni tashkil etish toʻgʻrisida

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRINING BUYRUGʻI

Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlashdan oʻtkazishni tashkil etish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori (keyingi oʻrinlarda – Qaror) vazir oʻrinbosarlari, boshqarma va boʻlimlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlari, vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar direktorlari tomonidan rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
  2. Qaror bilan quyidagilar:

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy maʼlumotli talabgorlar stajyor-oʻqituvchi (keyingi o‘rinlarda

– pedagog kadrlar) sifatida faoliyat yuritishi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega boʻlishi talab etilishi;

stajyor-oʻqituvchilarga ular kasbiy sertifikat olguniga qadar oliy maʼlumotli (toifasiz) oʻqituvchining bazaviy tarif stavkasi qoʻllanilishi;

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-oʻqituvchilar, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab esa bosqichma-bosqich umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining tegishli toifaga ega boʻlmagan pedagog kadrlari kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etilishi;

kasbiy sertifikat olganidan soʻng pedagoglar pedagogik faoliyatida besh va undan koʻp yil davomida uzilishlar boʻlgan faoliyatini qayta boshlagan vaqtdan

boshlab bir yil davomida kasbiy sertifikatga ega boʻlishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

  • Quyidagilar:

2024-yil mart-may oylarida oʻtkaziladigan davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlashdan oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;

Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlarini (keyingi oʻrinlarda – nazorat sinovlari) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  • Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlashdan oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtirsin.
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish boshqarmasi (R.Musurmonov) Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-martga qadar:
  • Reglamentga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatidan foydalanish uchun pedagog kadrlar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda

–YIDXP) orqali joriy etilishini;

YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishi kuzatib borilishini;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali shaxsga doir maʼlumotlarni tegishli axborot tizimlaridan integratsiya orqali olishni;

  • 2024-yil 1-aprelga qadar nazorat sinovlari kompyuterda (onlayn platforma orqali) oʻtkazilishini inobatga olib mavjud test.uzedu.uz platformasini takomillashtirsin va kasbiy sertifikat sinovlarini oʻtkazish imkoniyatlarini qoʻshish choralarini koʻrsin.
  • Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (D.Davidova), Respublika taʼlim markazi (Sh.Xudaykulov) bilan birgalikda uch hafta muddatda soha mutaxassislari, olimlar va amaliyotchi pedagoglarni jalb qilgan holda nazorat sinovlari spetsifikatsiyasini tayyorlash maqsadida ekspertlar guruhini shakllantirsin;

nazorat materiallari spetsifikatsiyasini topshiriqlar formati va baholash mezonlari ishlab chiqsin;

2024-yil 1-aprelga qadar topshiriqlar formati va baholash mezonlari asosida malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda nazorat sinov materiallarini ishlab

chiqsin;

nazorat sinov materiallarini sinovlar oʻtkaziladigan smenalar sonidan kelib chiqib yetarli miqdorda, takrorlanmasligiga alohida eʼtibor qaratgan holda koʻp variantlilik asosida ishlab chiqilish va maxfiyligini taʼminlash choralarini koʻrsin.

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari:

2024-yil 25-fevralga qadar pedagog kadrlarni nazorat sinovlarida qatnashish boʻyicha davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali yuborilgan murojaatlarni koʻrib chiqishga masʼul xodimlar roʻyxatini shakllantirsin;

2024-yil mart-may oylarida boʻlib oʻtadigan nazorat sinovdan oʻtish uchun pedagog kadrlar tomonidan davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaatlarni qabul qilishni nazoratga olsin;

vazirlik tasarrufidagi taʼlim muassasalari rahbarlari bilan birgalikda davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilingan oliy maʼlumotli pedagog kadrlarni oʻz vaqtida kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlariga jalb etish choralarini koʻrsin;

pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlaridan oʻtish lozimligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilish hamda kasbiy sertifikatlashdan oʻtkazish tartibi bilan tanishtirsin;

pedagog kadrlarni nazorat sinovlaridan oʻtkazish va ularga kasbiy sertifikat berish boʻyicha yuborgan murojaatlarini 10 kun muddat ichida oʻrganib chiqsin;

pedagoglar tomonidan yuborilgan murojaatlardagi maʼlumotlar toʻgʻri qabul qilinganligiga shaxsan masʼul etib belgilansin.

  • Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish boʻlimi (I.Xoliqulov) kasbiy sertifikatlash boʻyicha nazorat sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni jamgʻarma hisobidan qoplasin.
  • Axborot xizmati (D.Sobirova)ga:

tegishli boʻlimlar bilan hamkorlikda pedagog kadrlar tomonidan davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaatlarni yuborish boʻyicha videorolik tayyorlash;

kasbiy sertifikatlash joriy etilishining maqsadi hamda nazorat sinovlarni tashkil etilishi bilan bogʻliq jarayonlarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, elektron ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.

  1. Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti Yuridik boshqarma (X.Asrorov) bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda qarorga muvofiqlashtirish choralarini koʻrsin.

IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: UF12583488

  1. Devonxona mudiri (X.Raximbayeva) oʻrnatilgan tartibda ushbu buyruqni tegishli tarkibiy boʻlinmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga yetkazsin.
  2. Mazkur buyruqning ijrosi nazoratini oʻz zimmamda qoldiraman.

Vazir                                                                               X.Umarova

Toshkent sh., 2024-yil, 22-fevral,

51-son

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab

taʼlimi vazirining 2024-yil 22-fevraldagi 51-son buyrugʻiga

1-ILOVA

2024-yil mart-may oylarida oʻtkaziladigan davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlashdan oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar

DASTURI

  T/rTadbirlarning nomlanishi  Amalga oshirish shakliAmalga oshirish muddatlariMasʼul ijrochilar
    1Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlashdan oʻtkazishni tashkil etish.Onlayn murojaatlarini qabul qilish, talabgorlardan tushgan murojaatlarni oʻrganib chiqish, nazorat sinovlarini tashkil etish, nazorat sinovlari natijalari asosida elektron sertifikatlarni shakllantirish bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtirib borish.    Mart-mayPedagog kadrlarga malaka toifalarini berish va sertifikatlash boʻlimi(U.Dusnazarov)
        2Pedagog kadrlar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaatlar yuborishni hamda maxsus                        platforma            orqali murojaatlarini koʻrib chiqishni joriy etish.Manfaatdor            vazirliklar  va         idoralar bilan birgalikda            “Elektron         hukumat”           tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali shaxsga    doir           maʼlumotlarni    tegishli        axborot tizimlaridan integratsiya orqali olishni taʼminlash. nazorat     sinovlari     kompyuterda             (onlayn platforma    orqali)          oʻtkazilishini          inobatga    olib mavjud test.uzedu.uz platformasini takomillash va         kasbiy            sertifikat           sinovlarini          oʻtkazish imkoniyatlarini qoʻshish.2024-yil 1-martga qadar     2024-yil 1-aprelga qadarAxborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish boshqarmasi (R.Musurmonov)
    32024-yilda                   1-martdan reglamentga muvofiq nazorat sinovidan oʻtish uchun pedagog kadrlarning murojaatlarini qabul qilishni tashkil etish.1.Mart-may oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar nazorat sinov ishtirokchilaridan murojaatlarni qabul qilish boʻyicha masʼul xodimlar uchun oʻquv seminar oʻtkazish.2024-yil martPedagog kadrlarga malaka toifalarini berish va sertifikatlash boʻlimi(U.Dusnazarov)
  4Nazorat sinovidan oʻtish uchun pedagog kadrlarning murojaatlariniDavlat                       xizmatlari                     markazlari,                Yagona interaktiv     davlat     xizmatlari     portali                          orqali2024-yil mart-mayQoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri,
  T/rTadbirlarning nomlanishi  Amalga oshirish shakliAmalga oshirish muddatlariMasʼul ijrochilar
 koʻrib chiqish qabul qilishni tashkil etish.yuborilgan murojaatlarini belgilangan muddatlarda oʻrganib chiqib, munosabat bildirish. Har bir   murojaatlarni   reglament   talablari asosida oʻrganish: Pedagog kadrlarni nazorat sinovlaridan oʻtkazish va ularga kasbiy sertifikat berish boʻyicha hujjatlarni qabul qilish mobaynida pedagog kadrlarning navbatdagi yoki navbatdan tashqari nazorat sinovlariga toʻgʻri jalb etilayotganligini tekshirish.Murojaatlarni qabul qilish jarayonida pedagog kadrlarni amaldagi maʼlumotlarini toʻgʻriligini aniqlash.Pedagog kadrlarni nazorat sinovlarida oʻtkazish va ularga kasbiy sertifikat berish boʻyicha har bir hujjatlarni 10 kun muddat ichida oʻrganib chiqish. Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshliqlari
    5Pedagog kadrlar soniga mos holda auditoriya (sinf)lar soni asosida nazorat sinovini oʻtkazish grafigini ishlab chiqish.Nazorat                oʻtish                uchun                ishtirok                etuvchi pedagog kadrlar sonini aniqlash. Pedagoglar sonidan kelib chiqib, ularga mos holda auditoriya (sinf)lar sonini belgilash.Nazorat sinovini oʻtkazish grafigini ishlab chiqish.2024-yil 10-aprelga qadarTaʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti
        6Kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlari topshiriqlar bankini shakllantirish.Tegishli oʻquv fani boʻyicha nazorat sinov savol va topshiriqlarini tuzish uchun malakali ekspertlar guruhlarini shakllantirish.Fanlar va tillar kesimida foydalaniladigan adabiyotlar roʻyxatini tasdiqlash va vazirlikning rasmiy sahifalarida eʼlon qilish.Fanlar va tillar kesimida topshiriqlar varianti mazmuni (spetsifikatsiyasi) va baholash mezonlarini, vaqt meʼyorlarini fan ekspertlari ishtirokida ishlab chiqish, tasdiqlash va vazirlikning rasmiy sahifalarida eʼlon qilish.2024-yil 15-mart     2024-yil 15-martga qadarIxtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (D.Davidova)
  T/rTadbirlarning nomlanishi  Amalga oshirish shakliAmalga oshirish muddatlariMasʼul ijrochilar
  Oʻquv fani va pedagogik mahorat boʻyicha nazorat sinov savol va topshiriqlarini tuzish. Nazorat sinovlari uchun tayyorlangan nazorat materiallari bankini ekspertizadan oʻtkazish.Nazorat sinovlari sifatli, shaffof oʻtkazish maqsadida nazorat sinov materiallarini sifatli tayyorlash, maxfiyligini taʼminlash, topshiriqlar takrorlanishini oldini olgan holda yetarli miqdorda tayyorlanishini taʼminlash.2024-yil 15-aprelga qadar 

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining

2024-yil 22-fevraldagi 51-son buyrugʻiga

2-ILOVA

Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida

YOʻRIQNOMA

Mazkur Yoʻriqnoma “Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qaroriga asosan pedagog kadrlarining nazorat sinov jarayoniga mutaxassislik fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda pedagogik mahoratini baholash boʻyicha nazorat sinovlari (keyingi oʻrinlarda – nazorat sinovlari)ni oʻtkazish tartibini belgilaydi.

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Yoʻriqnoma talablari kasbiy sertifikatga talabgor pedagog kadrlarning nazorat sinovini oʻtkazish jarayoniga nisbatan tatbiq etiladi.
  2. Kasbiy sertifikatga jalb etiladigan pedagog kadrlarning nazorat sinovi qoida tariqasida, har yili mart-may oylarida hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda – Vazirlik) ichki imkoniyati hamda talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqib, tasdiqlangan jadval asosida yilning boshqa oylarida ham nazorat sinovlari oʻtkazilishi mumkin.
  3. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

talabgor — kasbiy sertifikat olishga daʼvogar boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim

tashkilotidagi stajyor-oʻqituvchi yoki mutaxassis lavozimidagi oʻqituvchi;

auditoriya nazoratchisi — nazorat sinovini qatʼiy nazorat qilishga masʼul boʻlgan va talabgorlarga nazorat sinovini topshirish tartibi boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish uchun jalb qilingan mutaxassislar;

auditoriya rahbari — auditoriya nazoratchilari va talabgorlar harakatlariga umumiy rahbarlikni bajaruvchi, nazorat qiluvchi va amaliy yordam koʻrsatuvchi masʼul xodimlar;

Auditoriya rahbari va auditoriya nazoratchisi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻi tasdiqlanadi.

2-bob. Nazorat sinovini tashkil etish va oʻtkazish

  • Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi.
  • Nazorat sinovlari matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlari va pedagogik mahorat uchun 120 daqiqa hamda gumanitar fanlari va pedagogik mahorat uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
  • Nazorat sinovi oʻtkazish paytida talabgorlar har qanday sabab bilan auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi, nazorat sinovi toʻliq yakunlagan talabgorlar bundan mustasno (talabgorning sogʻligʻi yomonlashgan hollarda auditoriya nazoratchisi va tibbiyot xodimlari kuzatuvi ostida auditoriyadan chiqishga ruxsat beriladi). Uzrsiz sabablarga koʻra auditoriyadan chiqqan talabgorlar qaytadan nazorat sinoviga qoʻyilmaydi.
  • Nazorat sinovi savollariga eʼtirozlar boʻlgan holatlarda, mazkur Yoʻriqnomaga 1-ilovaga muvofiq shakldagi nazorat sinovlari boʻyicha eʼtiroznoma rasmiylashtiriladi.

Auditoriya rahbari kunlik nazorat sinovlari yuzasidan tushgan eʼtirozlarni elektron platforma tizimiga shu kunning oʻzida toʻliq kiritib boradilar.

Eʼtirozlar nazorat sinovlari tugagach, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan jalb etilgan fanlar boʻyicha ekspertlar tomonidan oʻrganib chiqiladi hamda nazorat savollari boʻyicha eʼtirozlar oʻrinli deb topilganda, tegishli toʻgʻri javoblar uchun ball qoʻshib beriladi.

  • Quyidagi holatlarda talabgor nazorat sinovlari oʻtkazish tartibini buzgan

hisoblanadi hamda nazorat sinovlaridan chetlashtiriladi:

nazorat sinovlari oʻtkaziladigan auditoriyaga kirishda talabgor kitob, uyali telefon, telekommunikatsiya vositalari, boshqa vositalar va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirganligi aniqlansa;

nazorat sinovlari davomida shpargalkalardan foydalansa, ularni boshqa talabgorga uzatsa yoki yordam bersa;

nazorat sinovlari jarayonida boshqa talabgorlar bilan oʻzaro suhbatlashsa;

nazorat savollarini yozma yoki telekommunikatsiya vositalari orqali auditoriyadan tashqariga olib chiqsa yoki olib chiqishga harakat qilsa;

nazorat sinovlari jarayonida shovqin koʻtarsa yoki boshqa talabgorlarga xalaqit

bersa;

nazorat sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugamasdan ruxsatsiz auditoriyadan

tashqariga chiqsa.

nazorat sinovlari oʻtkazish tartibini buzgan talabgorlarga nisbatan auditoriya rahbari va nazoratchisi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaga 2-ilovaga muvofiq shaklda nazorat sinovidan chetlashtirish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilib, nazorat sinovlaridan chetlashtiriladi.

  • Talabgorlar nazorat sinovidan chetlashtirilgan taqdirda, nazorat sinovidan

oʻtmagan hisoblanadi hamda uning toʻplagan balli inobatga olinmaydi.

  1. Talabgorlar tomonidan nazorat sinovlarini toʻliq yoki qisman topshirish imkoniyati boʻlmagan quyidagi holatlarda ular uchun nazorat sinovlari qayta oʻtkaziladi:

nazorat sinovlarini oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy-texnik nosozliklar va

kamchiliklar sodir boʻlsa;

elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlar sababli nazorat sinovlarini oʻtkazish imkoni boʻlmasa yoki nazorat sinovlari oxiriga yetmay qolsa;

talabgorning sogʻligʻi yomonlashganligi sababli auditoriya rahbari yoki nazoratchisi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirish orqali auditoriyadan tashqariga olib chiqilgan boʻlsa.

  1. Nazorat sinovi tugaganidan soʻng auditoriya nazoratchisi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaga 3-ilovaga muvofiq shakldagi nazorat sinovida ishtirok etganlik toʻgʻrisidagi qaydnomaga talabgorning ishtirok etganligini tasdiqlovchi imzo qoʻydirib olinadi.

4-bob. Yakuniy qoida

  1. Nazorat sinovini shaffof holda oʻtishini taʼminlash va nazorat qilish Vazirlik va uning tarkibiy boʻlinmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar hamda viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga

  1. ILOVA

Nazorat sinovlari boʻyicha eʼtiroznoma

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

apellyatsiya komissiyasiga

(talabgorning F.I.SH. yashash manzili)

(talabgorning telefon raqami)

Talabgor ID:                                 

Hudud nomiTuman (shahar) nomiFan nomi
   
  1. Quyidagi test savollariga eʼtirozimni koʻrib chiqishingizni soʻrayman:
T/rTest savoli raqamiEʼtiroz mazmuni
   
   
   
   
   
   
   
   
   
  • Nazorat sinovlari jarayoni boʻyicha quyidagi eʼtirozimni koʻrib chiqishingizni soʻrayman:

_                                                                                                              

(talabgorning F.I.SH.)                   (imzo)                        (sana)

Auditoriya nazoratchisi ___________________________________                                  

(F.I.SH.)                            (imzo)                      (sana)

Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga

  • ILOVA

Nazorat sinovidan chetlashtirish toʻgʻrisida

DALOLATNOMA

Hudud nomi                                                                                       bino                  xona

                  guruh                   fan                                                         _

“         ”                                      2024-yil                                                                                

(dalolatnoma tuzilgan joy nomi)

Biz, quyida imzo chekuvchilar, shuni tasdiqlaymizki, talabgor                                       _

(tuman(shahar), taʼlim tashkiloti nomi F.I.SH., talabgor IDsi)

Guruh         , Fan nomi_                                                    Fan tili                                 

(nazorat sinovidan chetlashtirish sababi)

Soat       :_       daqiqada nazorat sinovidan chetlashtirildi.

Auditoriya rahbari                                                                     imzo                          _

Auditoriya nazoratchisi                                                            imzo                              

Nazorat sinovida ishtirok etganlik toʻgʻrisida

QAYDNOMA

Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga

  • ILOVA

Hudud nomi:                                            

Guruh raqami:                

Sana:                      _          Vaqt:                        

T.rTuman (shahar) nomiTaʼlim tashkiloti raqamiF.I.SHTest topshirilgan fanImzo
1.     
2.     
3.     
4.     
5.     
6.     
7.     
8.     
9.     
10.     

Auditoriya rahbari                                                                                             imzo                         _

Auditoriya nazoratchisi                                                                                     imzo _                      _