O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 09-sentabrdagi 02-31-1335 – sonli xatiga 1-ILOVA |
2024/2025-O‘quv yılı uchun umumta’lım fanları bo‘yıcha asosıy olımpıadanıng bırınchı (maktab) bosqıchı o‘tkazıladıgan fanlar va ularnı o‘tkazısh muddatları
№ | Fan nomi | Ishtirokchilar | O’tkazish muddatlari |
---|---|---|---|
I-GURUH FANLARI: | Davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 9-11-sinf o‘quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining 1-2-bosqich o‘quvchilari | 2024-yil 16-30-sentabr | |
1. | Matematika | ||
2. | Fizika | ||
3. | Kimyo | ||
4. | Biologiya | ||
5. | Informatika va axborot texnologiyalari | ||
II-GURUH FANLARI: | |||
6. | Ona tili va adabiyot | ||
7. | O‘zbek tili (boshqa tillarda tahsil oladiganlar uchun) | ||
8. | Qoraqalpoq tili va adabiyoti | ||
9. | Rus tili va adabiyoti | ||
10. | Ingliz tili | ||
11. | Nemis tili | ||
12. | Fransuz tili | ||
13. | Tojik tili | ||
14. | Qozoq tili | ||
15. | Tarix | ||
16. | Geografiya | ||
17. | Davlat va huquq asoslari |
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil “09”-sentabrdagi 02-31-1335 – sonli xatiga 2-ILOVA |
2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN UMUMTAʼLIM FANLARI BOʻYICHA ASOSIY OLIMPIADANING BIRINCHI (MAKTAB) BOSQICHINI TASHKIL ETISH VA OʻTKAZISH BO‘YICHA TAVSIYALAR
1-§. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur tavsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Iqtidorli oʻquvchilar oʻrtasida fan olimpiadalarini oʻtkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 562-son qarorining 1-ilovasidagi Nizom talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ushbu tavsiyalar 2024/2025-oʻquv yili uchun umumtaʼlim fanlari boʻyicha Asosiy olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichini (keyingi oʻrinlarda — Olimpiada) tashkil etish va oʻtkazish jarayoni da qoʻllaniladi.
2-§. OLIMPIADANI TASHKIL ETISH VA OʻTKAZISH BO‘YICHA TAVSIYALAR
2. Olimpiada davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 9-11-sinf oʻquvchilari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining 1-2-bosqich oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi.
3. Olimpiadani tashkil etish va oʻtkazishda taʼlim muassasasi pedagogik kengashi tomonidan quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
- olimpiada oʻtkaziladigan joyni belgilash va oʻquvchilar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha zarur choralarni koʻrish;
- har bir fan boʻyicha hakamlar hayʼati tarkibini tuzish (3-7 nafar), apellyatsiya komissiyasi aʼzolari roʻyxatini shakllantirish;
- nazorat materiallarini tayyorlash va maxfiyligini taʼminlash choralarini koʻrish;
- olimpiada natijalari va hakamlar hayʼati qarori asosida gʻoliblarni keyingi bosqichda ishtirok etishi boʻyicha tavsiyani yuqori turuvchi tashkiliy qoʻmitaga taqdim etish.
4. Olimpiada oʻtkaziladigan joy va muddatlari boʻyicha barcha oʻquvchilar olimpiadadan kamida 3 kun oldin (eʼlonlar taxtasi, ijtimoiy tarmoqlar va Telegram guruhlarga eʼlon joylashtirish, fan oʻqituvchilari tomonidan mashgʻulotlar vaqtida, umumiy saflanishda ogʻzaki eʼlon qilish va boshqalar) xabardor qilinishi lozim.
Oʻquvchilarni olimpiada oʻtkazilishi haqida xabardor qilishni taʼminlashga taʼlim muassasasi direktori shaxsan masʼul hisoblanadi.
Oʻquvchilar olimpiadalarda oʻz xohishlariga koʻra, ixtiyoriy ravishda qatnashadilar.
Ayrim sabablarga koʻra belgilangan muddatda olimpiadada ishtirok etmagan oʻquvchi uchun qayta olimpiada oʻtkazish, olimpiadada ishtirok etmagan oʻquvchini keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etish mumkin emas.
5. Har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafargacha gʻolib aniqlanadi va maktab pedagogik kengashining (yoki nodavlat taʼlim tashkiloti rahbarining) qarori bilan olimpiadaning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
6. Keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan oʻquvchilar hamda ularning oʻqituvchilari haqidagi maʼlumotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining olympiad.uzedu.uz axborot tizimiga joylashtirilishi shart. Olimpiadani oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar, nazorat materiallarining maxfiyligini, jarayonning adolatli va shaffof oʻtkazilishini taʼminlashga taʼlim muassasasi direktori masʼul hisoblanadi.
Tuman (shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi birinchi bosqich tashkil etilishini muvofiqlashtiradi hamda adolatli va shaffof oʻtkazilishi boʻyicha nazoratni amalga oshiradi.
3-§. OLIMPIADA NATIJALARINI BAHOLASH
7. Olimpiada natijalarini baholash fanlar boʻyicha taʼlim muassasasi pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
Olimpiada natijalarini baholash olimpiada oʻtkazilgan kuni amalga oshiriladi.
8. Olimpiada fanlar boʻyicha test topshiriqlari, yozma va amaliy ish shaklida tashkil qilinishi mumkin.
Nazorat materiallari oʻquvchilarning bilim, koʻnikmalarini standart va nostandart masalalarda, amaliy topshiriqlarda qoʻllay olish malakalarini va kompetensiyalarini baholashga qaratilgan boʻlishi lozim.
9. Olimpiada ishtirokchilari topshiriqlarni oʻzbek yoki rus tillarida bajarishi mumkin. Chet tillar va qardosh tillar fanlari bundan mustasno.
4-§. HAKAMLAR HAYʼATI
10. Olimpiadada taʼlim muassasasi pedagogik kengashi tomonidan 3 kishidan 7 kishigacha tarkibda hakamlar hayʼati tuziladi.
11. Ishtirokchilarga topshiriqlarni bajarish uchun berilgan vaqt yakunlangandan soʻng auditoriya rahbari tomonidan, ularning ishlari yigʻib olinadi va shifrlangan holda hakamlar hayʼatiga topshiriladi.
12. Hakamlar hayʼati olimpiada ishtirokchilari tomonidan bajarilgan ishlarni xolisona tekshiradi va baholaydi.
13. Oʻquvchilarning ishlari hakamlar hayʼati tomonidan baholangandan soʻng, topshiriqlar hamda ularning yechimlari eʼlonlar doskasiga osiladi.
14. Hakamlar hayʼati yakuniy ballarni qarorga kiritib, barcha ishtirokchilarning natijalarini va qarorni eʼlonlar doskasiga osadi.
Baholash jarayoni soat 18:00 dan kechikkanda natijalarni avvaldan maxsus tashkil etilgan va barcha ishtirokchilar uchun ochiq boʻlgan telegramm kanal yoki guruhlarda eʼlon qilish mumkin.
15. Hakamlar hayʼati topshiriqlar va ularning yechimi yuzasidan ishtirokchilarning talabiga koʻra tushuntirish berishi mumkin.
16. Hakamlar hayʼati qaroridan norozi boʻlgan oʻquvchilar apellyatsiya komissiyasiga shu kunning oʻzida murojaat qilishga haqli.