Maktabgacha ta’lim vazirining 2021-yil
30-dekabrdagi 255-son buyrug‘iga ilova
MAKTABGACHA TA’LIM XODIMLARI ASOSIY LAVOZIMLARINING MALAKA TAVSIFLARI
Mazkur asosiy lavozimlarning malaka tavsiflari (bundan buyon matnda malaka tavsiflari deb yuritiladi) “O‘z standart” agentligining 2021-yil 12-fevraldagi 5-1288-son qarori bilan tasdiqlangan “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari Klassifikatori (XALIKK-2020)” muvofiq, maktabgacha ta’lim xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini belgilaydi.
- bob. Umumiy qoidalar
- Ushbu malaka tavsiflari maktabgacha ta’lim xodimlari lavozimlari va ishchilar kasblari nomlaridan foydalanishda, mehnat daftarchalariga yozuvlarni qayd etishda, lavozimlarni xodimlarning toifalariga kiritishda, shuningdek, xodimlarni ishga qabul qilishda ularning ma’lumoti darajasiga qo‘yiladigan eng minimal talablar yuzasidan qo‘llanilishi majburiydir.
- bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining malaka tavsiflari
- §. Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami | 429 |
Kasblarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi | 1120 |
Xodimlar toifasi | Boshqaruv |
- Lavozim vazifalari:
Maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish;
maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, Maktabgacha ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda vazirlik deb yuritiladi) hamda uning hududiy boshqaruv organlari, bo‘ysunuviga qarab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar, tuman (shahar) hokimlari (keyingi o‘rinlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari” deb yuritiladi)ning qarorlari va boshqa hujjatlarda maktabgacha ta’lim tashkiloti (keyingi o‘rinlarda tashkilot deb yuritiladi)ga berilgan tegishli topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarilishini ta’minlash;
–tashkilotning Nizom (Ustav)ga muvofiq faoliyatini tashkil etish;
–tashkilot joylashgan hududda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, tashkilotning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, o‘quv-metodik faoliyatini samarali tashkil etish;
–tashkilotni yuqori kompetentlik, mahoratli va malakali mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash;
–bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish;
–maktabgacha ta’lim sohasiga oid normativ-hujjatlarni amaliyotga to‘laqonli tatbiq etish;
–tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limining Kengashi, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida, mahalliy davlat hokimiyat organlari yig‘ilishlarida ishtirok etish hamda ularga tashkilot faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash va tizimni rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritish;
–tashkilot faoliyatini rejalashtirish, yillik va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqish;
–tashkilotning ish rejalari, o‘quv-mavzu rejalari, yillik taqvim o‘quv dasturlarini tasdiqlash;
- tashkilot pedagog va mutaxassislarining ish rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, ularni to‘laqonli va sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib borish;
- tashkilotni rivojlantirish yuzasidan istiqbol yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha buyruqlar qabul qilish, ularni tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limining ish rejasi bilan muvofiqlashtirish;
–vakolati doirasida xodimlarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomasini bekor qilish va mehnat munosabatlari yuzasidan tegishli buyruqlarni chiqarish;
–hududda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish manfaatlari yo‘lida mahalla fuqarolar yig‘inlari, huquqni muhofaza qiluvchi va jamoat tashkilotlari hamda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘rnatilgan tartibda o‘zaro hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish;
–maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’limga qamrovini oshirish, ayniqsa 6 yoshli bolalarni to‘liq qamrab olish orqali boshlang‘ich ta’limga sifatli tayyorlash choralarini ko‘rish;
–ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogika va axborot texnologiyalarini joriy etish;
–tashkilotning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi axborotlarni o‘z vaqtida muntazam ravishda axborot tizimi (EMIS)ga kiritib borish;
–tashkilotga bolalarni qabul qilish, qabul qilingan bolalar yoshi va kontingentidan kelib chiqib, har yilning avgust oyida buyruq asosida yosh guruhlarni shakllantirish;
–tashkilotda dam olish kunlari va ish kuni yakunlangandan keyin bolani parvarishlash, unga qarab turish, uni o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatish ishlarini tashkil etish;
–ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratish;
–tashkilot pedagogik kengashi va umumiy ishlab chiqarish yig‘ilishlariga raislik qilish;
–tashkilot “Kuzatuv kengashi”ning dastlabki yig‘ilishini tashkil etish;
–“Kuzatuv kengashi”ga tashkilot faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-ho‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjet va byudjetdan tashqari hamda homiylik mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berib borish;
–tashkilotni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ hisobini qilish va yillik xarajatlar smetasini tuzilishida tuman (shahar) bo‘limiga taklif kiritish;
–tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etilishi hamda mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalarning to‘laqonli bajarilishida pedagog va xodimlarning mas’uliyati va javobgarligini oshirish;
–tashkilotda ochiq mashg‘ulotlar, seminarlar, ko‘rik-tanlov, musobaqalar o‘tkazishga rahbarlik qilish;
–tashkilotda huquqbuzarlik, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya, giyohvandlik va boshqa zararli odatlardan saqlanish, uning oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha ota-onalar va jamoatchilik o‘rtasida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish;
–tashkilot xodimlari o‘rtasidagi vazifalar taqsimotini belgilash, zaruriyatga qarab tegishli o‘zgartirishlar kiritish, ish taqsimoti asosida xodimlarining huquq va majburiyatlarini belgilash;
–tashkilot faoliyatiga tegishli barcha axborotlarni tahlil qilish, hisobotlar tayyorlash va ijro intizomini doimiy nazorat qilish;
–ish yuritish va hujjatlar aylanish tizimi asosida tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari tomonidan berilgan hujjatlar va topshiriqlarning o‘z vaqtida ijro etilishini, hujjatlar aylanishi, tahlil va nazorat qilishning yagona tizimini amalga oshirilishini ta’minlash;
–tashkilotda pedagog va mutaxassislarning o‘z xizmat vazifalarining sifatli bajarishlarida tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatish, xodimlarga zarur ish sharoitlarini yaratish choralarini ko‘rish hamda mehnat intizomini ta’minlash;
–tashkilotda pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, xodimlar attestatsiyasini hamda ular tomonidan mehnat intizomiga rioya qilinishini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 7-iyundagi 470-son va “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarorlari asosida nazorat qilish;
–tashkilot xodimlari orasidagi eng faollarini rag‘batlantirish, lozim vazifalarini bajarmaganligi uchun ularga nisbatan o‘z vakolatli doirasida intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalarini ko‘rib chiqish, jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish;
– tashkilotdagi ilg‘or tajribali pedagog kadrlar nomzodini Davlat va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlashida tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limiga taklif kiritish;
–tashkilot faoliyatining moliyaviy-xo‘jalik masalalarini hal qilish, budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning shakllanishi, undan samarali foydalanishini amalga oshirish, tashkilotni rivojlantirish uchun byudjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘ topish va moddiy resurslar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, tashkilotning investitsion jozibadorligini ta’minlash, shuningdek, ta’limiy maqsadlarga erishish uchun moliyaviy, moddiy resurslarning samarali taqsimotini va xodimlarning safarbarligini ta’minlash hamda qabul qilingan qarorlarning oqibatlari, moliyaviy-xo‘jalik natijalariga shaxsan javob berish;
–tashkilotning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan o‘quv-didaktik, ko‘rgazmali materiallar, sport jihozlari, o‘yin, o‘yinchoqlar va musiqa asboblari bilan jihozlashga bo‘lgan ehtiyoj bo‘yicha tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limiga takliflar kiritish;
–tashkilotda sog‘lom va xavfsiz ratsional ovqatlantirish ishlarini tashkil etish hamda sanitariya qoidalariga mos ravishda ovqatlantirishni tashkil etish;
–O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigienik talablar” sanqvan № 0016-21-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 26 iyunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 30) asosidatashkilotda sog‘lom va xavfsiz ratsional ovqatlantirish ishlarini tashkil etish hamda sanitariya qoidalariga mos ravishda ovqatlantirishni tashkil etish;
–tashkilot brakeraj komissiyasi faoliyatini nazorat qilish;
–tashkilot faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq murojaatlar bo‘yicha fuqarolarni qabul qilish, tashkilotga kelib tushgan xat, ariza va shikoyatlar hamda murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va ijrosini to‘liq ta’minlash;
–tashkilotda sifatli tibbiy xizmatni tashkil etish va hududiy sog‘liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlikda ishlash;
qilish;
–tashkilot xodimlari va tarbiyalanuvchilarining tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini nazorat
–maktabgacha ta’lim tashkiloti va ota-onalar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish,
tashkilot faoliyatini rivojlantirish yuzasidan ota-onalar fikrini o‘rganish;
–tashkilotda kasbiy odob-ahloq qoidalari, ichki mehnat tartibi qoidalari hamda jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni ta’minlash, sog‘lom raqobatli muhitni yaratish;
–yagona milliy mehnat tizimi (my.mehnat.uz) saytida pedagog va mutaxassis xodimlarning ma’lumotlar bazasini yangilab borish;
–har oy yakuni bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (mehnat.uz) saytiga joylab borish;
–pedagog xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash, malaka va kompetensiyalarga ega xodimlarni tanlash, kadrlar zaxirasini shakllantirish, pedagog xodimlar attestatsiyasini tashkil qilish, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilinishini ta’minlash;
–korxona va tashkilotlar bilan xo‘jalik shartnomalari tuzishda tashkilot nomidan faoliyat yuritish, uning manfaatlarini himoya qilish, ishonchnomalar berish, Kuzatuv va pedagogik kengash hamda boshqa manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda tashkilotni rivojlantirish bo‘yicha strategik rejalarini ishlab chiqish va muvofiqlashtirish, tashkilotning vazifa va maqsadlarini shakllantirish ishlarini tashkil etish;
–tashkilotda sog‘lom ma’naviy-ruhiy, xavfsiz va rag‘batlantiruvchi muhitni yaratish, tashkilot Kuzatuv kengashi faoliyatida obyektiv, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash uchun sharoit yaratib borish.
- Bilishi lozim:
–O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ta’limga oid qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’limga oid farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining ta’limga oid qarorlari va farmoyishlari, Maktabgacha ta’lim vazirining buyruqlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari qarorlarini;
–O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” 2019 yil 16 dekabrdagi O‘RQ- 595-son va “Ta’lim to‘g‘risida”gi 2020 yil 23 sentabrdagi O‘RQ-637-son qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ta’limga oid qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’limga oid farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 22- dekabrdagi 802-son qarori va ta’limga oid boshqa qarorlari va farmoyishlari, Maktabgacha ta’lim vazirining buyruqlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari qarorlarini;
–ta’lim-tarbiya reja va o‘quv dasturlarining mazmunini;
–maktabgacha ta’lim tizimi rahbar va pedagog kadrlariga qo‘yiladigan malaka talablarini;
–zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalana olishi hamda ularni joriy etish usullarini;
–maktabgacha ta’lim pedagogikasi, psixologiyasi va maktabgacha yoshdagi bolalar fiziologiyasini;
–bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish va uzluksiz takomillashtirib borish yo‘llarini;
–attestatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini, attestatsiya o‘tkazish tartibi va mezonlarini;
–attestatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarorlari asosidaattestatsiya o‘tkazish tartibi va mezonlarini;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining“Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 28-martdagi 244-son va “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-martdagi 122-son qarorlari talablari asosida bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning belgilangan tartibini amalga oshirish;
–kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
- Malaka talablari:
–kamida bakalavr darajasidagi maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi oliy pedagogik ma’lumot (nomutaxassis va nopedagog oliy ma’lumotli kadrlar maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi kasbiy qayta tayyorlash kursini tamomlagan bo‘lishi lozim);
–xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi kerak;
–uch yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish staji;
–ta’lim sohasida ishlagan, zamonaviy bilim va ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega mustaqil fikrlaydigan hamda menejerlik qobiliyatiga ega bo‘lishi talab etiladi.
–Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan, hududiy maktabgacha ta’lim bo‘linmalarida ikki yildan ortiq faoliyat ko‘rsatgan, Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar, Toshkent shahridagi Puchon hamda «A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti» Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali bitiruvchilari, yoki nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 1000 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarini (bakalavriat, magistratura) tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislardan pedagogik ish staji talab etilmaydi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunining 44-moddasiga muvofiq Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga quyidagi cheklovlar belgilab berilgan.
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar, shuningdek qasddan jinoyatlar sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan shaxslar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Ilgari o‘zining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar, shuningdek qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’i nazar, qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.
- §. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodistining lavozim malaka tavsiflari
Tartib raqami | 3749 |
Kasblarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi | 2342 |
Xodimlar toifasi | Mutaxassis |
- Lavozim vazifalari:
–maktabgacha ta’lim tashkilotida metodik faoliyatga rahbarlik qilish;
–metodist o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qarori va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, Maktabgacha ta’limi vazirligi hamda uning hududiy boshqaruv organlari, bo‘ysunuviga qarab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari (keyingi o‘rinlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari” deb yuritiladi)ning qarorlari va boshqa hujjatlarda maktabgacha ta’lim tashkiloti (keyingi o‘rinlarda tashkilot deb yuritiladi)ga berilgan tegishli topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarilishini ta’minlash;
-metodist o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” 2019 yil 16 dekabrdagi O‘RQ-595-son va “Ta’lim to‘g‘risida”gi 2020 yil 23 sentabrdagi O‘RQ-637-son qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qarori va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, Maktabgacha ta’limi vazirligi hamda uning hududiy boshqaruv organlari, bo‘ysunuviga qarab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari (keyingi o‘rinlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari” deb yuritiladi)ning qarorlari va boshqa hujjatlarda maktabgacha ta’lim tashkiloti (keyingi o‘rinlarda tashkilot deb yuritiladi)ga berilgan tegishli topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarilishini ta’minlash;
–maktabgacha ta’lim sohasiga oid normativ-hujjatlarni amaliyotga to‘laqonli tatbiq etish;
–tashkilotning o‘quv-metodik faoliyatini samarali tashkil etish;
–bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish yuzasidan pedagog kadrlar bilan ishlash, ularga metodik maslahatlar berib borish;
–tashkilotning yillik va istiqbol ish rejalari loyihalarini ishlab chiqish va tashkilot rahbariyatiga kiritish;
–tashkilot pedagog xodimlarining ish rejalari, o‘quv-mavzu rejalari hamda mashg‘ulotlarga tayyorgarlik holatlarini ko‘rish;
–tashkilotda tarbiyalanuvchilarning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishini kuzatish, baholashga doir ma’lumotlarni umumlashtirish, tahlil qilish va natijasiga ko‘ra aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilash;
–ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash, bolalarni maktabgacha ta’limga tayyorlashdagi dolzarb masalalarni pedagogik kengashning muhokamasiga kiritish va unda pedagogik kengash a’zolarining faol ishtirokini ta’minlash, kiritilgan masalalarni chuqur o‘rganish, natijalari bo‘yicha sifatli, tahliliy, tanqidiy ma’lumotlar tayyorlash, qabul qilingan qaror va buyruqlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini tashkil etish hamda ta’minlash;
–tashkilotning yillik ish rejasida belgilangan vazifalarini tegishliligi bo‘yicha sifatli va samarali o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, pedagogik jamoaga ta’limdagi yangiliklarni yetkazish bo‘yicha nazariy, amaliy seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish;
–tashkilotdagi guruh xonalarini bolalar yoshiga mos ravishda jihozlash yuzasidan tegishli maslahatlar berish;
–ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
–axborot va pedagogik texnologiyalarni, jumladan masofaviy o‘qitish usullarini tashkil etish ishlarini qo‘llash va takomillashtirishni ta’minlash;
–tashkilot pedagog xodimlari o‘rtasida sog‘lom raqobatli muhitni yaratish maqsadida ko‘rik-tanlovlar, tadbirlar, sport musobaqalari, o‘quv va amaliy seminarlar tashkil etish va o‘tkazish;
–tarbiyalanuvchilar va ota-onalarni qiziqishini orttirish uchun turli sport musobaqalari, bayram ertaliklari, ochiq mashg‘ulotlar, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilishini tashkil etish;
–tashkilot xodimlariga vakolati doirasida topshiriqlar berish va ularning bajarilishini nazorat qilish, xodimlarning kasbiy mahorati va metodik salohiyatini oshirish ishlarini tashkil etish;
–tashkilot pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, xodimlar attestatsiyasini hamda ular tomonidan mehnat intizomiga rioya qilinishini nazorat qilish, o‘z vakolati doirasida eng faollarini rag‘batlantirish, jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishda takliflar kiritish;
–tashkilotni o‘quv-didaktik, metodik va ko‘rgazmali materiallar, o‘yin, o‘yinchoqlar va musiqa asboblari bilan jihozlashga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va rahbariyatga taklif kiritish;
–tashkilotda ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomasi, sanitariya qoidalari va gigiyena normalariga, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishni ta’minlash.
–Pedagog xodimlarga metodik yordam berish, pedagogik faoliyatni tahlil qilish.
–Pedagog xodimlarning tasdiqlangan ish rejalarda belgilangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish.
–Tashkilotda to‘garaklar faoliyatini yuritishni ta’minlash.
–Tashkilotning ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarini muvofiqlashtirish va yo‘naltirish.
–Direktor yo‘qligida uning lavozim vazifasini bajarish.
–tashkilotda huquqbuzarlik, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya, giyohvandlik va boshqa zararli odatlardan saqlanish, uning oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha ota-onalar va jamoatchilik o‘rtasida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish.
- Bilishi lozim:
–maktabgacha ta’lim tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun-mohiyatini;
–maktabgacha ta’limning davlat ta’lim talablari, ta’lim-tarbiya reja va o‘quv dasturlarining mazmunini;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 391-son va “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 22- dekabrdagi 802-son qarorlari talablari asosida maktabgacha ta’limning davlat ta’lim talablari, ta’lim-tarbiya reja va o‘quv dasturlarining mazmunini;
–zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalana olishni;
–maktabgacha ta’lim pedagogikasi, psixologiyasi va maktabgacha yoshdagi bolalar fiziologiyasini;
–bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish va uzluksiz takomillashtirib borish yo‘llarini;
–jamoa shartnomasida belgilangan talablarga qat’iy rioya etish hamda jamoada sog‘lom raqobatli ma’naviy-muhitni shakllantirish, ahillik va inoqlikni mustahkamlash orqali faoliyat yuritishni;
O‘zbekiston Respublikasining sanitariya-gigiyena talablariga, mehnat qonunchiligi asoslariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni.
- Malaka talablari:
–maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot (nomutaxassis oliy ma’lumotlilar maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi kasbiy qayta tayyorlov kursini tamomlagan);
–xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
–maktabgacha ta’lim tizimida uch yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish staji.
- §. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami | 3746 |
Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi | 2342 |
Xodimlar toifasi | Mutaxassis |
- Lavozim vazifalari:
–tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayoniga “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda davlat o‘quv dasturlarini joriy etilishi hamda mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalarni to‘laqonli bajarish;
– tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayoniga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 22- dekabrdagi 802-son qarori talablari asosida ishni tashkil etish, davlat o‘quv dasturlarini joriy etilishi hamda mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalarni to‘laqonli bajarish;
–yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda bolalar bilan ta’lim tarbiyaviy ishlarni olib borish, ularning hayoti va salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomaning talablariga qat’iy rioya etgan bolalarni ehtiyotkorlik bilan nazorat qilish, tashkilotning binolarida va bolalar maydonchalarida sanitariya qoidalari va yong‘inga qarshi xavfsizlik qoidalarini saqlash;
–rivojlanish xaritasiga muvofiq barcha ma’lumotlarni aks ettirgan holda har bir bolaning rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish, bolaning rivojlanish jarayonining natijasiga ko‘ra, kuzatuv xaritasini o‘z vaqtida 3 marta dastlabki (o‘quv yili boshida), oraliq va yakuniy bosqichlarda amalga oshirish;
–o‘ziga-o‘zi xizmat qilish va hayot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bolalarning ko‘nikmalarini shakllantirish;
–guruhlarda davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan ta’lim-tarbiya dasturlaridan bolaning yosh xususiyatini hisobga olgan holda samarali foydalanish;
–tarbiyaviy ishlar bo‘yicha joriy va uzoq muddatni rejalashtirish, ish rejasiga muvofiq mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish, vizual va didaktik materiallarni tanlash;
–bolalar orasida sog‘lom turmush tarzini faol targ‘ib qilish;
–ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan bola tarbiyasiga oid dolzarb masalalarda yig‘ilishlar o‘tkazish (har chorakda bir marta), ularga bag‘ishlangan mavzuli stendlar mazmunini muntazam yangilash;
–bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlashda ta’lim-tarbiyaning zamonaviy shakl va usullarini qo‘llay olish, intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy xorijiy, ijtimoiy kommunikativ hamda muomala ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan turli xildagi tadbirlarni tashkil etish;
–bola shaxsiga alohida yondashuvni, guruh va individual mashg‘ulot, o‘yin, sahnalashtirish, tabiatga ekskursiyalar tashkil qilish, individual xususiyatlari, qiziqish va qobiliyatlarini o‘rganish;
–ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish;
–bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish;
–milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
–guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogika va axborot texnologiyalarni joriy etilishini ta’minlash;
–guruhlardagi faollik markazlarini bolalar yoshiga mos bo‘lgan o‘quv ko‘rgazmali, tarqatma va didaktik materiallar orqali bolalarga zarur sharoitlarni yaratish;
–tarbiyalanuvchilar sog‘ligidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori, tashkilot tibbiy xodimlarini, ota-onalarni darhol xabardor qilish;
–tarbiyalanuvchilarning maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnovini hisoblash davomatini yuritish, ularni tashkilotga kelmaganligi to‘g‘risida tibbiy xodimlarini o‘z vaqtida xabardor qilish, telefon aloqa orqali sababini aniqlash yoki uyiga borib bolaning ahvolidan xabar olish;
–guruh kun tartibiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, tarbiyalanuvchilarning kun davomidagi mashg‘ulotlar davomida ishtiroki va boshqa harakatlari yuzasidan ota-onalar bilan suhbatlar olib borish;
–tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olib, tasdiqlangan mashg‘ulotlar jadvali asosida mashg‘ulotlarni o‘tkazish;
–yil davomida o‘tkaziladigan bayram ertaliklariga tayyorgarlik ishlarida musiqa rahbariga ko‘maklashish, tashkilot psixologi, defektologi, shtat jadvalida ko‘rsatilgan mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlash;
–tarbiyachilar tomonidan yuritilishi zarur bo‘lgan me’yoriy-metodik hujjatlarni yuritish;
–guruhda qulay ruhiy muhitni yaratishga yordam berish;
–maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogik kengashi va ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish;
–maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoat ishlarida faol ishtirok etish;
–tashkilot o‘yin va sport maydonchalarida bolalar hayoti xavfsizligini ta’minlash;
–belgilangan tartibda qat’iy ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tish;
–o‘rnatilgan tartibda malakasini oshirish;
–ish kunining oxirida guruh xonasini tartibga keltirish va ertangi kunga tayyorgarlik ko‘rish;
–tashkilotda ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomasi, sanitariya qoidalari va gigiyena normalariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishni ta’minlash.
- Bilishi lozim:
–maktabgacha ta’lim sohasidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni, ularni amaliyotga tatbiq etishni, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi boshqa hujjatlarni;
–bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi
va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish va uzluksiz takomillashtirib borish yo‘llarini;
–tarbiyalanuvchilarni ta’lim-tarbiya dasturlari va boshqa muqobil (variativ) dasturlar orqali bilim olishini ta’minlashda ota-onalarga metodik yordam, maslahatlar bera olishni;
–maktabgacha pedagogika va psixologiya, defektologiya asoslari, yosh anatomiyasi va fiziologiyasini;
–maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish shakl va metodlarini, jumladan, ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish, tabiat va tevarak atrofni bilishni, tasviriy faoliyat o‘rgatish metodikalarini, mehnat, musiqiy va jismoniy tarbiya orqali malaka va ko‘nikmalarni hosil qilishni;
–maktabgacha yoshdagi bolalarning ommaviy o‘yinlarini tashkil qilish qoidalarini;
–guruhdagi mebel jihozlarni to‘liq saqlanishini ta’minlashni.
–attestatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarorlari asosidaattestatsiya o‘tkazish tartibi va mezonlarini;
- Malaka talablari:
–maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida o‘rta maxsus pedagogik ma’lumot;
–boshqa yo‘nalish bo‘yicha o‘rta maxsus ma’lumotlilar maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi kasbiy qayta tayyorlov kursini o‘tagan bo‘lishi lozim;
–amaliy ish staji talab qilinmaydi.
- §. Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami | 4172 |
Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi | 2634 |
Xodimlar toifasi | Mutaxassis |
- Lavozim vazifalari:
–tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayoniga “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda davlat o‘quv dasturlarini joriy etilishi hamda mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, psixologik xizmatni tashkil etish;
–tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayoniga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 391-son va “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarorlari talablari asosida davlat o‘quv dasturlarini joriy etilishi hamda mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, psixologik xizmatni tashkil etish;
–tashkilot pedagog xodimlari, bolalar va ota-onalar bilan ishlash rejasi asosida ishlarni tashkil etish;
–maktabgacha yoshdagi bolalar bilan psixologik-pedagogik tashxis va korreksion ishlarni tashkil etish;
–bola huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq shaxsiy huquqlarini himoya qilishga yordam berish;
–ijtimoiy ta’lim sohasini uyg‘unlashtirishga yordam berish, ijtimoiy tartibsizliklarni oldini olish bo‘yicha profilaktik choralarni amalga oshirish;
–maktabgacha yoshidagi korreksiyaga muhtoj bolalar bilan yakka ishlashni, shaxsini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf qilish uchun turli xil psixologik (psixo-tuzatuv, reabilitatsiya va konsultatsiya) yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rish;
–pedagogik xodimlarni, shuningdek, ota-onalarini maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishi muammolariga yo‘naltirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlarining materiallari asosida psixologik va pedagogik xulosalar tuzish;
–5-7 yoshgacha bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda bolalarni diagnostik tekshirishdan o‘tkazish, ularning umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1-sinfda o‘qishga va moslashishiga psixologik tayyorgarligini aniqlash va tegishli xulosani rasmiylashtirish hamda ota-onalarga tavsiyalar berish;
–maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxsi va jinsiga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, tarbiyalash dasturlarini rejalashtirish, shuningdek, rivojlantirishda qatnashish, hayotning turli xil holatlarida o‘z taqdirini belgilashga tayyor bo‘lishlariga yordam berish;
–pedagogik, metodik kengashlar faoliyatida, ota-onalar bilan uchrashuvlarni o‘tkazishda qatnashish;
–turli yoshdagi iqtidorli va salohiyatli bolalarni aniqlash maqsadida turli psixologik metodlarni qo‘llash, ularning iqtidorlarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarini belgilash;
–pedagogik jamoa bilan tarbiyalanuvchilarning aqli va idroki hamda shaxs sifatida rivojlanishini pedagogik-psixologik tashxislar va korreksiyalarning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan metodik seminarlar, psixologik treninglar o‘tkazish;
–amaliyotda tarbiyalanuvchilar, ota-onalar hamda tashkilot xodimlarini pedagogik- psixologik tashxislar metodikalaridan (anketalar, psixologik testlar, shaxsiy so‘rovnomalar va h.k.) to‘g‘ri foydalanish va olingan natijalarning maxfiyligini ta’minlash;
–bolani rivojlanish xaritasini yuritishda tarbiyachi bilan hamkorlikda yuritib borib, psixolog tomonidan kuzatuv natijasida belgilangan indikatorlar bo‘yicha bolalar tomonidan erishilgan natijalar va salbiy tomonlarni aniqlash, olingan natijalarga mos ravishda ta’lim jarayoniga tuzatishlar kiritish, individual ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha yakuniy kuzatuvlarni o‘tkazilganligini nazorat qilib borish;
–O‘zbekiston Respublikasining sanitariya-gigiyena talablariga, mehnat qonunchiligi asoslariga, odob-axloq, jamoa shartnomasi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish;
–bolalarni oilada rivojlantirish va maktab ta’limiga tayyorlashda ota-onalarga psixologik ko‘maklashish va maslahatlar berish.
–bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga muvofiq shaxs huquqlarini himoya qilishga, ta’lim tashkiloti ijtimoiy sohasini uygʻunlashtirishga ko‘maklashish va ijtimoiy jihatdan ko‘nika olmaslik hollari yuzaga kelishining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish.
- Bilishi lozim:
–maktabgacha ta’limi sohasidagi amaldagi va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni;
–jamoadagi ijtimoiy-psixologik iqlimga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni;
–umumiy va ijtimoiy psixologiya, yosh psixologiya, tibbiy psixologiya, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar psixologiyasi xususiyatlarini;
–bolalar neyropsixologiyasi, psixodiagnostika yutuqlari, individual farq psixologiyasi, muhandislar psixologiyasi, defektologiya asoslarini;
–psixoterapiya, psixogigiyena, kasbga yo‘naltirish, kasbshunoslik va mehnat psixologiyasini;
–testlar metodologiyasi va metodikasi, psixopatologiya, individual va guruhlar bo‘yicha kasbga maslahat berishning zamonaviy metodlarini;
–bolaning normal va noto‘g‘ri rivojlanishini tashxislar va tuzatishni, xulq etikasi va madaniyatini;
–tadqiqot ishlarini o‘tkazish texnologiyasini, tadqiqot natijalarini kompyuterda qayta ishlashni, psixodiagnostikaning dolzarb ilmiy ma’lumotlarni;
–tarbiyalanuvchilar sog‘ligini saqlash, 5 yoshdan boshlab kasbga yo‘naltirish tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar va ularning ijtimoiy muhofazasini;
–odob-axloq, jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari, bolalar hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish yo‘riqnomasini.
–attestatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarorlari asosidaattestatsiya o‘tkazish tartibi va mezonlarini;
- Malaka talablari:
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot, oliy ma’lumotga ega bo‘lib psixologiya yo‘nalishidagi qayta tayyorlov va maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi kasbiy qayta tayyorlov kursini o‘tagan bo‘lishi lozim;
–xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
–ish staji talab qilinmaydi.
- §.Umumiy turdagi va qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi rivojlanishida nuqsonlari bo‘lmagan bolalar uchun va inklyuziv guruhlari o‘qituvchi- defektologi (o‘qituvchi – logoped, tiflopedagog, surdopedagog, oligofrenopedagog) lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami | 3794 |
Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi | 2352 |
Xodimlar toifasi | Mutaxassis |
- Lavozim vazifalari:
–Tashkilotda taʼlim-tarbiya jarayoniga “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda davlat o‘quv dasturlarini joriy etilishi hamda mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalarni to‘laqonli bajarish;
–tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayoniga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 391-son va “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarorlari talablari asosida davlat o‘quv dasturlarini joriy etilishi hamda mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, psixologik xizmatni tashkil etish;
–maktabgacha taʼlim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan, shu jumladan nutqida nuqsoni bo‘lgan tarbiyalanuvchilar bilan korreksion-pedagogik mashg‘ulotlarni o‘tkazish;
–maktabgacha taʼlim tashkilotida defektolog bilan mashg‘ulotlarga maktabgacha taʼlim tashkilotining quyidagi tarbiyalanuvchilari jalb qilinadi:
–3–7 yoshdagi inklyuziv guruhlardagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar;
–5–7 yoshdagi nutqning fonetik-fonematik rivojlanmaganligi, dislaliya (oddiy, murakkab) bo‘lgan tarbiyalanuvchilar.
–maktabgacha taʼlim tashkilotida defektolog bilan mashg‘ulotlarning zaruratini aniqlash uchun tarbiyalanuvchilar rivojlanishi va nutqini dastlabki tekshirish bola maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilingan vaqtdan boshlab 2 hafta ichida o‘tkazish.
–maktabgacha taʼlim tashkilotining defektolog tomonidan 3–7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari va 5–7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar nutqida nuqsonlari aniqlanganda, ushbu tarbiyalanuvchilar maktabgacha taʼlim tashkilotiga hududiy biriktirilgan davolash-profilaktika muassasasiga chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yuborish.
–rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari tasdiqlanganda hududiy tibbiy- psixologik-pedagogik komissiyasidan o‘rnatilgan tartibda o‘tish uchun yuborish.
–maktabgacha taʼlim tashkilotida defektolog faoliyatini tashkil etishdan maqsad rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari, shu jumladan nutqida nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga korreksion-pedagogik yordam ko‘rsatish.
–maktabgacha taʼlim tashkilotida defektolog faoliyatining vazifalari quyidagilardan
iborat:
–nuqsonlarni aniqlashtirish maqsadida va yakka tartibdagi korreksion-pedagogik ish
rejasini tuzish uchun kompleks psixologik-pedagogik tekshiruvni tashkil etish;
–rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlarni, shuningdek xotira, tafakkur, diqqat- eʼtiborni imkon qadar korreksiya qilishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish;
–tarbiyalanuvchining imkoniyatlari va ehtiyojlariga muvofiq korreksion-pedagogik usullarni tanlash;
–rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga taʼlim- tarbiya berish, ularni ijtimoiy moslashuvi, shuningdek rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar, shu jumladan inklyuziv taʼlim muhitini yaratish yuzasidan pedagoglar bilan hamkorlikda ishlash va ushbu faoliyatlarni muvofiqlashtirish;
–defektolog ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq, shuningdek ular asosida ishlab chiqilgan taʼlim-tarbiya va korreksion faoliyatni tashkil etishda turlariga muvofiq tarbiyalanuvchilarga taʼlim-tarbiya va korreksion- pedagogik yordam ko‘rsatilishini taʼminlash;
–defektolog maktabgacha taʼlim tashkilotining pedagoglari, boshqa mutaxassislari bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradi, mashg‘ulotlarni borib ko‘radi, pedagog xodimlari va bolaning qonuniy vakillarga nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga yordam ko‘rsatishning maxsus usullar va uslublarini qo‘llash yuzasidan maslahat berish;
–inklyuziv guruhlardagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar bilan korreksion-pedagogik ishlar tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasida belgilangan muddatgacha o‘tkazish;
–nutqida nuqsonlari bo‘lgan 5–7 yoshdagi tarbiyalanuvchilarni maktabgacha taʼlim tashkilotida korreksion-pedagogik ishlar 6 oy o‘tkazilganidan keyin maktabgacha taʼlim tashkilotiga hududiy biriktirilgan davolash-profilaktika muassasasining logopedi tomonidan tekshirish uchun yuborish.
- Bilishi lozim:
–maktabgacha ta’limga oid normativ – huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyatini va ularni amaliyotga tatbiq etishni;
–bolalar, umumiy va maxsus pedagogika va psixologiyasini;
–defektologiya asoslarini;
–ta’limni rivojlantirish istiqbollarini;
–bolaning taʼlim olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirilishini taʼminlash;
–bolalarni o‘qitish va tarbiyalash, jamiyatga moslashtirish, shuningdek, rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiyalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
–bolalarning yosh va o‘ziga xos imkoniyatlariga, qobiliyatlari va ehtiyojlariga muvofiq ularning jismoniy, aqliy va maʼnaviy kamol topishini taʼminlash;
–bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy tajriba orttirishini taʼminlash;
–nogironligi bo‘lgan bolalarga, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga, shuningdek bunday bolalar tarbiyalanayotgan oilalarga malakali ijtimoiy-maishiy, ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-pedagogik, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, jamiyatdagi, oiladagi hayotga, o‘qishga va mehnat qilishga imkon qadar to‘liq hamda o‘z vaqtida moslashishiga ko‘maklashish.
–tibbiy abilitatsiya va reabilitatsiya o‘tkazish, bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarni kompensatsiya va korreksiya qilish;
–bolalarga sifatli maktabgacha taʼlim va tarbiya olish imkonini beradigan shart-sharoitlar yaratish;
–bolalarning ijtimoiy moslashuvchanligini hamda taʼlim va tarbiya olishni davom ettirishga tayyorligini taʼminlash;
–bolalarni umumtaʼlim muassasalarida o‘qishga tayyorlash;
–o‘quv jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish.
–bolalarning yoshiga xos anatomik, fiziologik asoslarni;
–kasbiy va amaliy faoliyat bo‘yicha me’yoriy-uslubiy hujjatlarni;
–defektologiya fanining eng yangi yutuqlarini;
–odob-axloq, jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘riqnomasini.
–attestatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarorlari asosidaattestatsiya o‘tkazish tartibi va mezonlarini;
- Malaka talablari:
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot;
–shuningdek oliy ma’lumotli nomutaxassislar maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi kasbiy qayta tayyorlov kursini o‘tagan bo‘lishi lozim;
–xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
ish staji talab qilinmaydi.
- §. Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun guruhlar o‘qituvchi-defektologi (o‘qituvchi -logoped, tiflopedagog, surdopedagog, oligofrenopedagog) lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami | 3794 |
Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi | 2352 |
Xodimlar toifasi | Mutaxassis |
- Lavozim vazifalari:
–tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayoniga “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda davlat o‘quv dasturlarini joriy etilishi hamda mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalarni to‘laqonli bajarish;
–tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayoniga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 391-son va “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarorlari talablari asosida davlat o‘quv dasturlarini joriy etilishi hamda mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, psixologik xizmatni tashkil etish;
–rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga quyidagi tamoyillar asosida taʼlim berish va tarbiyalash:
–taʼlimning korreksion yo‘naltirilganligi;
–ijtimoiy moslashuvi;
–taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda taʼlimning maxsus metodologiyasidan va toifalangan yondashuvdan foydalanish.
–rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar bilan korreksion-pedagogik mashg‘ulotlarni o‘tkazish.
–defektolog bilan mashg‘ulotlarning zaruratini aniqlash uchun tarbiyalanuvchilar rivojlanishi va nutqini dastlabki tekshirish bola maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilingan vaqtdan boshlab 2 hafta ichida o‘tkazish.
–ixtisoslashtirilgan va qo‘shma maktabgacha taʼlim tashkilotida defektolog faoliyatining vazifalari quyidagilardan iborat:
–bola qabul qilinganda uning o‘ziga xos va yosh xususiyatlarini, sog‘lig‘i holati va rivojlanish darajasini hisobga olib korreksion-pedagogik hamda reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan individual yo‘nalishni ishlab chiqish;
–individual yo‘nalishni amalga oshirish jarayonida bola rivojlanishi dinamikasini aniqlash va zarurat bo‘lsa, unga o‘zgartishlar kiritish;
–korreksion-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlari natijalari, bolaning o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalari darajasi va ijtimoiy moslashuv dinamikasi, ta’lim-tarbiya dasturlarini o‘zlashtirishi monitoringini olib borish va baholash;
–nuqsonlarni aniqlashtirish maqsadida va yakka tartibdagi korreksion-pedagogik ish rejasini tuzish uchun kompleks psixologik-pedagogik tekshiruvni tashkil etish;
–rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlarni, shuningdek xotira, tafakkur, diqqat- eʼtiborni imkon qadar korreksiya qilishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish;
–tarbiyalanuvchining imkoniyatlari va ehtiyojlariga muvofiq korreksion-pedagogik usullarni tanlash;
–bola ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotida va qo‘shma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotida bo‘lgan muddat davomida uni Tibbiy psixologik-pedagogik komissiyaga qayta tekshiruvga yuborish zarurati haqidagi masalani ko‘rib chiqish;
–rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga taʼlim- tarbiya berish, ularni ijtimoiy moslashuvi, shuningdek rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar, yaratish yuzasidan pedagoglar bilan hamkorlikda ishlash va ushbu faoliyatlarni muvofiqlashtirish;
–ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq, shuningdek ular asosida ishlab chiqilgan taʼlim-tarbiya va korreksion faoliyatni tashkil etish dasturlariga muvofiq tarbiyalanuvchilarga taʼlim-tarbiya va korreksion-pedagogik yordam ko‘rsatilishini taʼminlash;
–maktabgacha taʼlim tashkilotining pedagoglari, boshqa mutaxassislari bilan yaqin hamkorlikda ish olib borish, mashg‘ulotlarni borib ko‘rish, pedagog xodimlari va bolaning qonuniy vakillarga nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga yordam ko‘rsatishning maxsus usullar va uslublarini qo‘llash yuzasidan maslahat berish;
–tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasida ko‘rsatilgan bolaning bo‘lish muddati tugashidan kamida bir oy oldin bolaning qonuniy vakillarini tarbiyalanuvchining ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotida va qo‘shma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotida bo‘lish muddati tugaganidan xabardor qilish hamda ushbu tashkilotlarda bo‘lishini davom ettirish yuzasidan uni tibbiy psixologik-pedagogik komissiyaga tekshiruvga yuborish;
- Bilishi lozim:
–maktabgacha ta’limga oid normativ huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyatini va ularni amaliyotga tatbiq etishni;
–bolalar, umumiy va maxsus pedagogika va psixologiyasini;
–defektologiya asoslarini;
–ta’limni rivojlantirish istiqbollarini;
–bolaning taʼlim olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirilishini taʼminlash;
–bolalarni o‘qitish va tarbiyalash, jamiyatga moslashtirish, shuningdek, rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiyalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
–bolalarning yosh va o‘ziga xos imkoniyatlariga, qobiliyatlari va ehtiyojlariga muvofiq ularning jismoniy, aqliy va maʼnaviy kamol topishini taʼminlash;
–bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, uning ijtimoiy tajriba orttirishini taʼminlash;
–nogironligi bo‘lgan bolalarga, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga, shuningdek bunday bolalar tarbiyalanayotgan oilalarga malakali ijtimoiy-maishiy, ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-pedagogik, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, jamiyatdagi, oiladagi hayotga, o‘qishga va mehnat qilishga imkon qadar to‘liq hamda o‘z vaqtida moslashishiga ko‘maklashish;
–tibbiy abilitatsiya va reabilitatsiya o‘tkazish, bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarni kompensatsiya va korreksiya qilish;
–bolalarga sifatli maktabgacha taʼlim va tarbiya olish imkonini beradigan shart-sharoitlar yaratish;
–bolalarning ijtimoiy moslashuvchanligini hamda taʼlim va tarbiya olishni davom ettirishga tayyorligini taʼminlash;
–bolalarni umumtaʼlim muassasalarida o‘qishga tayyorlash;
–o‘quv jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish;
–bolalarning yoshiga xos anatomik, fiziologik asoslarni;
–kasbiy va amaliy faoliyat bo‘yicha me’yoriy-uslubiy hujjatlarni; defektologiya fanining eng yangi yutuqlarini;
–odob-axloq, jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘riqnomasini.
–attestatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarorlari asosidaattestatsiya o‘tkazish tartibi va mezonlarini;
- Malaka talablari:
–o‘z yo`nalishi bo`yicha bakalavr yoki magistr darajasidagi oliy ma`lumot (kasbiy qayta tayyorlov kursidan o‘tgan oliy pedagogik ma`lumotli mutaxassislar vaqtincha o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotli mutaxassis kelgunga qadar uning vazifasini bajarishi mumkin);
–Xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
–ish staji talab qilinmaydi.
- §. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi yordamchisi lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami | 5987 |
Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi | 5312 |
Xodimlar toifasi | Mutaxassis |
- Lavozim vazifalari:
–Tarbiyachiga bolalarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida yordam berish, ularni sayrga kuzatish, bolalarni muzeylar, xiyobonlar va boshqa dam olish joylariga olib borishda ko‘maklashish;
–tarbiyachi rahbarligida tibbiy xodimlar bilan birgalikda tarbiyalanuvchilarning salomatligini saqlash va mustahkamlash, ijtimoiy va psixologik reabilitatsiya, ijtimoiy va mehnat moslashuvi uchun shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydigan kundalik ishlarni amalga oshirish;
–bolalarning yoshini, o‘z-o‘zini boshqarish ishlarini, mehnat muhofazasi talablariga rioya eta olishini hisobga olgan holda ularni sanitariya-gigienik ko‘nikmalarini ta’minlashga yordam berish;
borish;
–bolalarda nojo‘ya harakatlar, zararli odatlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar olib
–kun tartibiga ko‘ra bolalar uchun tayyorlangan taomlarni bolalarga tarqatish qoidalarini
tashkil etish hamda idish yuvish va xonani tozalash bo‘yicha shaxsan javobgar bo‘ladi;
–bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, parvarish qilish, kiyim-kechak, choyshab, yuvish, ovqatlantirish, bolalarni yotqizish, kiyimlarini quritish, kiyim almashtirish bo‘yicha yordam berish;
–yozgi mavsumda bolalarni cho‘milish uchun ochiq basseynga tayyorlashga yordam berish, bolalarning quyi guruhlarini cho‘milish hovuzchasiga olib borish va guruh xonasiga qaytarishda ko‘maklashish;
–guruhda bolalar hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, ehtiyotkorlikni ta’minlash;
–maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarni aqliy va jismoniy rivojlanishidan kelib chiqib, vatanga, milliy qadriyatlarga muhabbat ruhida tarbiyalash, tarbiyalanuvchilarning muomala ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan guruh va individual mashg‘ulotlar, o‘yinlar, bayram ertaliklari, sayr va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda tarbiyachiga ko‘maklashish;
–odob-axloq, ichki tartib, jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
–guruh xonalarni belgilangan tartibda shamollatish;
–guruh karantin bo‘lgan hollarda sanitariya qoidalari va gigiyena normativlarida belgilangan tartibda umumiy yig‘ishtirish ishlarini olib borish, zararsizlantiruvchi eritmalar (xlorli eritmalar)dan foydalanishni bilish.
- Bilishi lozim:
–“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarining mazmunini va amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini;
–maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish, tarbiyalash shakl va metodlarini;
–maktabgacha yoshdagi bolalarning ommaviy o‘yinlarini tashkil qilish qoidalarini, gigiyena asoslari, bolalar hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish qoidalarini;
–odob-axloq, jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
- Malaka talablari:
–kamida o‘rta maxsus pedagogik ma’lumot;
–amaliy ish staji talab qilinmaydi.
- §. Maktabgacha ta’lim tashkiloti til o‘qituvchilari lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami | 3730 (3753) |
Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi | 2330 (2342) |
Xodimlar toifasi | Mutaxassis |
- Lavozim vazifalari:
–Til o‘rgatuvchilar (o‘zbek, rus, ingliz va boshqa) tillarni o‘qitishda qo‘shimcha ta’lim beradigan o‘qituvchi:
–“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda davlat o‘quv dasturlarini joriy etilishi hamda mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalarni to‘laqonli bajarish;
–bolalarga ikkinchi tilni o‘rgatish metodikasiga muvofiq holda tillarni o‘rgatish; guruhda bolalarga mos sharoitni yaratish;
–bolalarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila hamkorligini;
–tarbiyalanuvchi shaxsini hisobga olgan holda pedagogik faoliyat yo‘nalishini belgilashi;
–bolalarning yosh xususiyatlari, ularning ijodiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda yakka tartibdagi ishlarni tashkil etishi;
–bolani rivojlanish xaritasini yuritishda tarbiyachi bilan hamkorlikda yuritib borib, psixolog tomonidan kuzatuv natijasida belgilangan indikatorlar bo‘yicha bolalar tomonidan erishilgan natijalar va salbiy tomonlarni aniqlash, olingan natijalarga mos ravishda ta’lim jarayoniga tuzatishlar kiritish, individual ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha yakuniy kuzatuvlarni o‘tkazilganligini nazorat qilib borish;
–tilni o‘rganish bo‘yicha tarbiyalanuvchilar uchun o‘yinlar va mashqlarni rejalashtirish va tashkil etish;
–til o‘rgatishda didaktik materiallarni bola yoshiga mos ravishda tanlash;
–bolalar bilan guruhda va individual tarzda mashg‘ulotlar o‘tkazish;
–amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha pedagogik kengash va ota-onalar yig‘ilishlarida hisobot berish;
–ochiq mashg‘ulot va seminarlar tashkil etish;
–oilada xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha mustahkamlovchi mashqlarni o‘rgatish bo‘yicha ota-onalarga tavsiya va maslahatlar berish;
–bolalar tomonidan tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgatish;
–so‘zlarning grammatik tuzilishiga e’tiborni qaratish;
–bolalarning yosh xususiyatiga ko‘ra so‘z boyligini oshirish;
–mashg‘ulotlar jarayonida bolalar hayoti xavfsizligini ta’minlash.
- Bilishi lozim:
–Maktabgacha ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun mohiyatini va ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini;
–“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etishni;
–tilning lug‘at tarkibi, grammatik qurilishi va fonetik tuzilishini;
–grammatik va fonetik talaffuz jihatlarini, leksik frazeologik birliklarni tanlashni;
–bolaning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalarini;
–maktabgacha ta’lim pedagogikasi, psixologiyasi, fiziologiyani, gigiyenasini;
–o‘quv rejasining mazmunini, maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilini o‘rgatish metodikasini;
–zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini hamda kompetentlik yondashuvini joriy qilishni;
–odob-axloq, jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
- Malaka talablari:
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot;
–ish staji talab qilinmaydi.
- §. Maktabgacha ta’lim tashkiloti musiqa rahbari lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami | 5377 |
Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi | 3435 |
Xodimlar toifasi | Mutaxassis |
- Lavozim vazifalari:
– “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish;
–maktabgacha ta’lim tashkiloti rejasiga muvofiq musiqa mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘yicha seminarlar va ochiq mashg‘ulotlar o‘tkazishni tashkil etish;
– maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari, bolalar va ularning ota-onalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
–maktabgacha ta’lim tashkiloti ma’muriyati tomonidan belgilagan o‘quv, uslubiy va tashkiliy ishlarda ishtirok etish;
–tarbiyalanuvchilarning musiqaga bo‘lgan qobiliyatlarini va ijodiy va musiqaviy faoliyatini tashkil qilishning turli shakl va ko‘rinishlaridan foydalanib, ularda estetik didni shakllantirish, musiqani tinglashga o‘rgatish;
–tarbiyalanuvchilarning musiqiy qobiliyatlarini yakka va jamoa ko‘rinishda rivojlantirishga ko‘maklashish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning musiqiy bilim darajasini umumlashtirish, tahlil qilish va natijasiga ko‘ra chora-tadbirlar, individual va yosh xususiyatlarini, ijodiy qobiliyatlarini hisobga olib, qo‘shimcha mashg‘ulotlar rejasini belgilash;
–bolani rivojlanish xaritasini yuritishda tarbiyachi bilan hamkorlikda yuritib borib, psixolog tomonidan kuzatuv natijasida belgilangan indikatorlar bo‘yicha bolalar tomonidan erishilgan natijalar va salbiy tomonlarni aniqlash, olingan natijalarga mos ravishda ta’lim jarayoniga tuzatishlar kiritish, individual ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha yakuniy kuzatuvlarni o‘tkazilganligini nazorat qilib borish;
–tarbiyachilar bilan birga tarbiyalanuvchilarni raqsga tushishga, ashula aytishga, musiqiy o‘yinlarga o‘rgatish;
–ota-onalarga farzandlarining musiqiy tarbiyaga moyilligi, qobiliyati, iqtidorini rivojlantirish yuzasidan maslahatlar berish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etiladigan bayram ertaliklari, turli ma’naviy- ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;
–odob-axloq, jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
- Bilishi lozim:
–“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini;
–maktabgacha ta’lim sohasida amaldagi musiqiy ta’limga oid normativ-huquqiy, metodik va boshqa hujjatlarni;
–bolalar musiqa ta’limi nazariyasi va amaliyoti asoslarini, bolalar musiqa adabiyotini, xoreografiya asoslarini, xor jamoasi bilan ishlashni, sahnalar, madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazish dasturlarini hamda ularning tartibini amaliy jihatdan ishlab chiqishni;
–bolalar shaxsini rivojlantirishning individual xususiyatlari, turli yoshdagi bolalarning musiqaviy idroki, tuyg‘ulari, motorikasi va musiqiy imkoniyatlarini;
–o‘zbek, sharq va xorijiy bastakorlar hayoti va ijodini, musiqa tarixi va madaniyatini, bolalar repertuari asarlarini;
–musiqa asboblarini, shuningdek o‘zbek, sharq, Yevropa mumtoz musiqa san’atini, operani, baletni, vokal-xor ko‘nikmalarini;
–respublikaning turli hududlariga xos bo‘lgan musiqa metodlarini va usullarini, instrumental va ijro yo‘nalishlarini, musiqaviy o‘yinlarni, musiqaviy vazn harakatlarini;
–odob-axloq, jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘riqnomasini.
- Malaka talablari:
–kamida o‘rta maxsus musiqaviy ma’lumot;
–musiqa asboblaridan birini nota orqali mustaqil ijro eta olish;
–amaliy ish staji talab etilmaydi.
- §. Maktabgacha ta’lim tashkiloti musiqa xodimi lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami | 5364 |
Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi | 3435 |
Xodimlar toifasi | Mutaxassis |
- Lavozim vazifalari:
–“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish;
–tarbiyalanuvchilarning musiqaga bo‘lgan qobiliyatlarini va ijodiy faoliyatini rivojlantirishni amalga oshirish;
–musiqaviy faoliyatni tashkil qilishning turli shakl va ko‘rinishlaridan foydalanib, ularda estetik didni shakllantirish, musiqa asbobida ijro texnikasini mahorat bilan bajarish;
–tarbiyalanuvchilar bilan yakka va jamoaviy tartibda ishlash, qobiliyatli va iqtidorli tarbiyalanuvchilarni tanlab olish, ularning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning musiqiy bilim darajasini umumlashtirish, tahlil qilish va natijasiga ko‘ra chora-tadbirlar belgilash;
–tarbiyalanuvchilarning individual va yosh xususiyatlarini, ijodiy qobiliyatlarini hisobga olib pedagogik faoliyat rejasini belgilash;
–bolani rivojlanish xaritasini yuritishda tarbiyachi bilan hamkorlikda yuritib borib, psixolog tomonidan kuzatuv natijasida belgilangan indikatorlar bo‘yicha bolalar tomonidan erishilgan natijalar va salbiy tomonlarni aniqlash, olingan natijalarga mos ravishda ta’lim jarayoniga tuzatishlar kiritish, individual ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha yakuniy kuzatuvlarni o‘tkazilganligini nazorat qilib borish;
–tarbiyachilar bilan birga tarbiyalanuvchilarni raqsga tushish, ashula aytish, musiqiy o‘yinlarni o‘rgatish;
–ota-onalarga farzandlarining musiqiy tarbiyaga moyilligi, qobiliyati, iqtidorini rivojlantirish yuzasidan maslahatlar berish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etiladigan bayram ertaliklari, turli ma’naviy- ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;
–odob-axloq, jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
- Bilishi lozim:
–“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini;
–maktabgacha ta’lim sohasida amaldagi musiqiy ta’limga oid normativ-huquqiy, metodik va boshqa hujjatlarni;
- bolalar musiqa ta’limi nazariyasi va amaliyoti asoslarini, bolalar musiqa adabiyotini, xoreografiya asoslarini, xor jamoasi bilan ishlashni, sahnalar, madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazish dasturlarini hamda ularning tartibini amaliy jihatdan ishlab chiqishni;
–bolalar shaxsini rivojlantirishning individual xususiyatlari, turli yoshdagi bolalarning musiqaviy idroki, tuyg‘ulari, motorikasi va musiqiy imkoniyatlarini;
–o‘zbek, sharq va xorijiy bastakorlar hayoti va ijodini, musiqa tarixi va madaniyatini, bolalar repertuari asarlarini;
–musiqa asboblarini, shuningdek o‘zbek, sharq, Yevropa mumtoz musiqa san’atini, operani, baletni, vokal-xor ko‘nikmalarini;
–respublikaning turli hududlariga xos bo‘lgan musiqa metodlarini va usullarini, instrumental va ijro yo‘nalishlarini, musiqaviy o‘yinlarni, musiqaviy vazn harakatlarini;
–odob-axloq, jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘riqnomasini.
- Malaka talablari:
–kamida o‘rta maxsus musiqaviy ma’lumot;
- musiqa asboblaridan birini nota orqali mustaqil ijro eta olish;
- amaliy ish staji talab etilmaydi.
- §. Maktabgacha ta’lim tashkiloti xoreografi lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami | 4304 |
Kasblarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi | 2653 |
Xodimlar toifasi | Mutaxassis |
- Lavozim vazifalari:
–“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etishi;
–maktabgacha ta’lim tashkiloti rejasiga muvofiq yosh bolalar uchun musiqa, teatr, badiiy gimnastika, xoreografiya mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha seminarlar va ochiq mashg‘ulotlar o‘tkazishni tashkil etishi;
–tashkilot tarbiyachilari, bolalar va ularning ota-onalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
–tashkilot ma’muriyati tomonidan belgilangan o‘quv, uslubiy va tashkiliy ishlarda ishtirok etish;
–tarbiyalanuvchilarning o‘zbek milliy raqsi, xalq-sahna raqsi, balet raqsi konsepsiyasini, uning spektakldagi va ijrodagi vazifasi bilan birga o‘zaro aloqada egallash, janr, xarakter, ifodaviy vositalar orqali dastlabki ko‘nikmalarni o‘rgatish;
–tarbiyalanuvchilarning o‘zbek raqsi, xalq-sahna raqsida yakka va jamoa ko‘rinishda rivojlantirishga ko‘maklashish;
–tarbiyalanuvchilarga xoreografik asarlarni (etyud, yakka va ommaviy raqs) sahnalashtirish texnologiyalari va usullarini o‘rgatish;
–milliy va zamonaviy xoreografiya san’atining yo‘nalishlari va uslublarini tadqiq etish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning xoreografik bilim darajasini umumlashtirish, tahlil qilish va natijasiga ko‘ra chora-tadbirlar, individual va yosh xususiyatlarini, ijodiy qobiliyatlarini hisobga olib, qo‘shimcha mashg‘ulotlar rejasini belgilash;
–ota-onalarga farzandlarining xoreografiyaga moyilligi, qobiliyati, iqtidorini rivojlantirish yuzasidan maslahatlar berish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etiladigan bayram ertaklari, turli ma’naviy- ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;
–odob-axloq, jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
- Bilishi lozim:
–“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini;
–maktabgacha ta’lim sohasida amaldagi xoreografiyaga oid normativ-huquqiy, metodik va boshqa hujjatlarni;
–bolalar xoreografiya ta’limi nazariyasi va amaliyoti asoslarini, bolalar uchun musiqa adabiyotini, klassik raqsi, o‘zbek milliy raqsi, xalq, xalq-sahna raqsi, asoslarini, madaniy- ommaviy tadbirlarni o‘tkazish dasturlarini hamda ularning tartibini amaliy jihatdan ishlab chiqishni;
–bolalar shaxsini rivojlantirishning individual xususiyatlari, turli yoshdagi bolalarning milliy raqs va xoreografiyaga imkoniyatlarini;
–xoreografiya sohasiga oid o‘quv-uslubiy adabiyotlar hamda axborot manbalaridan foydalanishni;
–bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda mushak og‘irligini, raqsning chiroyli usuli va tana ko‘rinishini yaratgan holda gavdaning jismoniy harakatlarni taqsimlanishini bilishi va ulardan foydalana olishi; 3-5 yoshdagi bolalar uchun ritmik mashg‘ulotlarni tashkil etish;
–raqs san’atining o‘ziga xos xususiyatlarini, o‘zbek va jahon xoreografiya san’ati tarixi an’analarini, respublikaning turli hududlariga xos bo‘lgan raqs ijro uslublarini, musiqa va ijro yo‘nalishlarini, hududlarga mos ertaklar va folklor o‘yinlarini;
–o‘zining ish faoliyatida olgan bilimlari asosida ijodiy-tashkiliy faoliyatga ega bo‘lishi bilan birga bolalar xoreografiya jamoalarida ijodiy jarayonini tashkil etishni;
–xoreografiya terminologiyasini tushunish, bilish va mashg‘ulotlar jarayonida bolalar xoreografik jamoa qatnashchilari bilan ijodiy aloqani o‘rnatish.
–bolalar yoshini, hisobga olgan holda kichik konsert dasturlarini yaratish va sahnalashtirishi, bolalar yoshiga xos oddiy xoreografik yakka, ommaviy kompozitsiyalarni yaratish va sahnalashtirish qobiliyatlariga ega bo‘lishi;
–zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanib, bolalar uchun qiziqarli, nostandart o‘quv mashg‘ulotlarini ishlab chiqish va o‘tkazishi;
–mustaqil ijodiy izlanishlar natijasida pedagogik faoliyat sohasidagi usullar, uslublar, vositalar va shakllar borasida o‘z-o‘zini muntazam takomillashtirib borish;
- Malaka talablari:
–kamida o‘rta maxsus musiqaviy ma’lumot va xoreografiya yo‘nalishi bo‘yicha maxsus tayyorgarlik;
–musiqa asboblaridan birini nota orqali mustaqil ijro eta olish;
–amaliy ish staji talab etilmaydi.
- §. Maktabgacha ta’lim tashkiloti jismoniy tarbiya yo‘riqchisi lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami | 5182 (3748) |
Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi | 3421 (2342) |
Xodimlar toifasi | Mutaxassis |
- Lavozim vazifalari:
–“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish;
–bolalarni jismoniy rivojlantirish bo‘yicha o‘quv mavzu rejalarini tuzish;
–guruhlarda ertalabki badantarbiya mashqlarini o‘tkazishda tarbiyachilar bilan hamkorlikda ishlash;
–tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalari (ularning o‘rnini bosadigan shaxslar) tomonidan jismoniy tarbiya va sport tadbirlari, musobaqalar, sog‘lomlashtirish kunlari va boshqa dam olish tadbirlarining tashkil etilishini va o‘tkazilishini ta’minlash;
–tashkilot rahbariyatiga maktabgacha ta’lim tashkilotining sport jihozlari bilan ta’minlash bo‘yicha ehtiyojini kiritish;
–jismoniy zaifligi mavjud tarbiyalanuvchilar uchun jismoniy reabilitatsiya choralari ko‘rilishini tashkil etish;
–bolalarning sog‘lom turmush tarzi asoslarini shakllantirishga hissa qo‘shish;
–tarbiyalanuvchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosadigan shaxslar) orasida turli sport tadbirlari va musobaqalarni o‘tkazish;
–tarbiyalanuvchilarning yoshi, tayyorgarligi, shaxsiy va psixofizik xususiyatlari, manfaatlariga asoslangan holda mashg‘ulotlarning mazmunini belgilash;
–tarbiyalanuvchilarning jismoniy mashqlarni bajarishda, tana a’zolarining harakatlarini to‘g‘ri rivojlantirish;
–jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayonida tarbiyalanuvchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash;
–mavjud sport maydonchalari, zallari va jihozlari holati, sanitariya me’yorlariga mosligini, ishlatilishini va saqlanishini ta’minlash;
–tibbiy xodimlar bilan birgalikda tarbiyalanuvchilarning sog‘lig‘ini saqlash holatini nazorat qilish;
–bolani rivojlanish xaritasini yuritishda tarbiyachi bilan hamkorlikda yuritib borib, psixolog tomonidan kuzatuv natijasida belgilangan indikatorlar bo‘yicha bolalar tomonidan erishilgan natijalar va salbiy tomonlarni aniqlash, olingan natijalarga mos ravishda ta’lim jarayoniga tuzatishlar kiritish, individual ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha yakuniy kuzatuvlarni o‘tkazilganligini nazorat qilib borish;
–bolalarni har tomonlama yetuk shaxs qilib shakllantirishda ota-onalar uchun metodik va maslahatlar berib borish;
–pedagogik va metodik kengashlarda, umumiy ishlab chiqarish yig‘ilishlarida faol ishtirok etish;
–odob-axloq, va jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
- Bilishi lozim:
–“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini;
–maktabgacha ta’lim sohasida amaldagi jismoniy tarbiyaga oid normativ-huquqiy, metodik va boshqa hujjatlarni;
–maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogika va psixologiyasi, fiziologiyasi asoslari hamda bolalarni jismoniy tarbiyalashning nazariya va amaliyoti asoslarini;
–odob-axloq, va jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘riqnomasini.
- Malaka talablari:
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida o‘rta maxsus ma’lumot;
–amaliy ish staji talab qilinmaydi.
- §.Maktabgacha ta’lim tashkiloti suzishni o‘rgatish bo‘yicha yo‘riqchisi lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami | 5187 |
Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi | 3421 |
Xodimlar toifasi | Mutaxassis |
- Lavozim vazifalari:
–tarbiyalanuvchilarga sog‘lom turmush tarzi asoslariga, gigiyena ko‘nikmalariga, suvga ijobiy munosabatini shakllantirish;
–maktabgacha yoshdagi bolalarga suvda o‘zini erkin tutishni va suzishni o‘rgatish;
–kichik yoshdagi tarbiyalanuvchilarga yoshini hisobga olgan holda, kiyim kechak o‘zgartirishga va dush qabul qilishga yordam berish;
–bolalarni amaliyotda suzishga o‘rgatadigan yangi texnologiyalar va ixtiyoriy dasturlarni joriy etish;
–rejaga muvofiq bolalarning diagnostik tekshiruvini yiliga 2 marotaba o‘tkazishni ta’minlash;
–har bir guruh uchun suzishga o‘rgatish mashg‘ulotlari jadvalini tuzish, guruhlar yosh tarkibini hisobga olib, tasdiqlangan dasturlar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish;
–reja asosida tarbiyalanuvchilarning suv havzasida harakat faolligini nazorat qilish, suzish bo‘yicha sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini olib borish;
–maktabgacha ta’limga qo‘yilgan davlat talablari asosida suzish bo‘yicha malaka ko‘nikmalarni o‘zlashtira olmayotgan bolalar bilan alohida mashg‘ulotlar o‘tkazish;
–tarbiyalanuvchilarning sog‘ligi va jismoniy holatini nazorat qilish, tarbiyachilar va ota- onalarga bolalar sog‘ligini mustahkamlash, jumladan suzish bo‘yicha va boshqa sport seksiyalari, to‘garaklarga jalb qilish bo‘yicha maslahatlar berish, ularga metodik va amaliy yordam ko‘rsatish;
–tarbiyalanuvchilarning sog‘ligi yomonlashgani va jismoniy zaifligining jismoniy tiklanishi uchun chora-tadbirlar ko‘rish;
–mashg‘ulotlar paytida tarbiyalanuvchilar sog‘ligi va xavfsizligiga javobgar shaxs hisoblanib, o‘zining kasbiy mahoratini, bolalar bilan ishlashning metodik usullarini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari va ota-onalar orasida jismoniy tarbiya bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish;
–mavjud sport inshootlari va jihozlarning holatini, ishlashini kuzatish;
–tashkilotining pedagogik kengashi va metodik uyushmalar faoliyatida qatnashish, zaruriy hujjatlarni tartibga solish talablariga muvofiq saqlash;
–odob-axloq, jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
- Bilishi lozim:
–amaldagi maktabgacha ta’lim sohasidagi, suzish bo‘yicha bolalar sportini rivojlantirishga oid hamda bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni;
–bolaning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalarni;
–maktabgacha ta’limga qo‘yilgan davlat talablari va amaldagi ta’lim dasturlari mazmunini;
–maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogika va psixologiyasi asoslari hamda bolalarni jismoniy tarbiyalashning nazariya va amaliyoti asoslarini;
–odob-axloq, jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘riqnomasini.
attestatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarorlari asosida attestatsiya o‘tkazish tartibi va mezonlarini;
- Malaka talablari:
– o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida o‘rta maxsus ma’lumot;
–amaliy ish staji talab qilinmaydi.
- §.Maktabgacha ta’lim tashkiloti hamshirasi lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami | 4853 |
Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi | 3221 |
Xodimlar toifasi | Xizmatchi |
- Lavozim vazifalari:
–binoning sanitar holatini va maktabgacha ta’lim tashkiloti joyini nazorat qilish;
–bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga tayyorlash;
–bolalarning vaznini, antropometrik o‘lchovlarini belgilash;
–profilaktik emlashlar o‘tkazish va shifokor tayinlanishini amalga oshirish;
–shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha sanitariya rejimiga rioya etilishini nazorat qilish, bolalarga jismonan chiniqtiruvchi choralar ko‘rish;
–shifokor tibbiy ko‘rsatmalarini va tartib-qoidalarni bajarish;
–kasallikdan so‘ng kelgan va yuqumli kasallar bilan aloqada bo‘lgan bolalarni ertalab termometriya (issiqlikni o‘lchash) va boshqa faoliyatni amalga oshirgan holda qqabul qilish;
–joriy dezinfeksiyani o‘tkazishni tashkil qilish;
–guruh tarbiyachilari tomonidan olib boriladigan bolalarning kundalik ertalabki qabulini nazorat qilish;
–bolalar salomatligi va jismoniy tarbiyasi masalalariga bag‘ishlangan ota-onalar hamda pedagogik kengashlarda qatnashish;
–dori-darmonlar, bakteritsid preparatlar, dezinfeksiyalovchi vositalar, tibbiy asbob- uskunalar va asbob-uskunalar uchun dasturlar tayyorlash;
–maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari va ota-onalar o‘rtasida sanitar-tarbiyaviy ish olib borish;
–maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishini nazorat qilish;
–har oyda ma’muriyat bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning kasallanishining sabablarini o‘rganib chiqish va ushbu sabablarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish;
–mintaqadagi epidemiologik vaziyat bilan o‘z vaqtida tanishish maqsadida yaqin poliklinika bilan muntazam aloqani amalga oshirish;
–yetkazib beriladigan mahsulotlarning sifatini, ularni saqlash qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
–tayyor oziq-ovqatlar mahsulotlari (pishiriqlar) sifatini, mahsulotning tabiiy standartlariga mosligini nazorat qilish, ratsionning kimyoviy tarkibini va kaloriyasini muntazam ravishda hisoblab chiqish (bayonnomaga muvofiq).
–sanitariya gigiyena talablari muvofiq kunlik taomnomalarni tayyorlash va rahbariyatga tasdiqlash uchun kiritish;
–har kuni tayyor ovqat namunasini olish uchun idishlarni tayyorlaydi va davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati talablariga muvofiq namunani saqlash uchun olib qo‘yadi;
–namuna uchun qadoqlash holatini, uning markirovkasini kuzatib boradi.
–kundalik taomlarni guruhlar bo‘yicha tarqatishda ishtirok etish;
–oziq-ovqat mahsulotlarini guruhlarga ajratish jadvaliga muvofiqligini nazorat qilish, taomnomadagi tarkibni tekshirish;
–xodimlarni ovqatlanishi uchun kundalik oziq-ovqat mahsulotlari xarajati hisobotini yuritib borish;
–bolalar guruhlarida kun tartibidagi ovqatlanishni o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish.
- Bilishi lozim:
–maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya-gigiyena talablarini;
–O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigienik talablar” sanqvan № 0016-21-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 26 iyunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 30) asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya- gigiyena talablarini;
–bolalarni jismoniy chiniqtirish usullarini;
–bolalar uchun oziq-ovqatni tashkil etishga qo‘yiladigan talablarni;
–shikastlangan bolalarga birinchi yordam ko‘rsatishning barcha usullarini;
–bolalar hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan o‘ta og‘ir vaziyatlarda tartib qoidalarni;
–oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash bo‘yicha sanitariya-gigienik talablarni;
–maktabgacha ta’lim, sog‘liqni saqlash sohasidagi amaldagi va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarini;
–tarbiyalanuvchilar sog‘lig‘ini saqlash va ularning ijtimoiy muhofazasini;
–odob-axloq, jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘riqnomasini.
–attestatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarorlari asosidaattestatsiya o‘tkazish tartibi va mezonlarini;
- Malaka talablari:
–hamshiralik ishi bo‘yicha kamida o‘rta maxsus tibbiy ma’lumot;
–ish staji talab qilinmaydi.
- §. Maktabgacha ta’lim tashkiloti xo‘jalik mudiri lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami | 803 |
Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi | 1219 |
Xodimlar toifasi | Texnik xodim |
- Lavozim vazifalari:
–maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish uchun ehtiyojlarni hisob-kitobini qiladi va tashkilot rahbariga talabnoma kiritish;
–bino va inshootlarining texnik holatiga va barcha moddiy boyliklarning saqlanishiga shaxsan javob berish;
–tashkilotga olib kelingan qattiq va yumshoq jihozlar va o‘yinchoqlar, ko‘rgazmali qurollar, texnik jihozlarni hamda ota-onalar, homiylar tomonidan berilgan jihozlarini o‘rnatilgan tartibda kirim qilish;
–tashkilotga qabul qilingan jihozlarni tarqatarish va chiqim qilissh;
maktabgacha ta’lim tashkilotiga olib kelingan jihozlarni raqamlash va saqlanishini ta’minlash;
–tashkilotdagi mavjud ta’mirtalab bo‘lgan jihozlarni ta’mirlash ishlarini tashkil etish;
–tashkilotni jihozlar bilan ta’minlash, joriy ta’mirlash ishlarini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha xarajatlar smetasi tuzilishida o‘z takliflarini kiritish;
–tashkilotning kommunal to‘lovlari (tabiiy gaz, suv, elektr va issiqlik energiyasidan foydalanganligi) bo‘yicha hisoblagichlarning kundalik ko‘rsatkichlarini olib, tahlil qilgan holda byudjetdan ajratilgan mablag‘lardan tejamkorlik bilan foydalanishni tashkil etish;
–tashkilotda telefon tarmoqlaridan foydalanilganda aloqaning uzluksizligini ta’minlash hamda aloqa buzilgan hollarda hududiy telefon tarmoqlari bo‘linmalariga xabar berib, aloqani tiklash choralarini ko‘rish;
–tashkilotda atrof-muhitni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hashar ishlarida hovli supuruvchi, binoni qo‘riqlashda qorovullar ishini to‘g‘ri tashkil etish;
–tashkilotda xodimlar o‘rtasida hashar, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish va ularda o‘zi ham faol ishtirok etish.
- Bilishi lozim:
–maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya-gigiyena talablarini;
–O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigienik talablar” sanqvan № 0016-21-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 26 iyunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 30) asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya- gigiyena talablarini;
–jihozlarni saqlash bo‘yicha sanitariya-gigienik talablarni;
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘riqnomasini;
–kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida zarur bo‘lgan yoqilg‘i turi bilan ta’minlash bo‘yicha tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limiga talabnoma kiritishni;
–kuz-qish mavsumiga tashkilot binosining oyna va eshiklari, isitish va kanalizatsiya tizimi quvurlarini sozligini ko‘rib chiqish va mavsumga tayyorlash;
–maktabgacha ta’lim tashkilotiga mavsumni betalafot o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘i (ko‘mir va ko‘mir briketi) materiallarini o‘z vaqtida yetkazish, sifatli saqlash, ularni belgilangan miqdorda sarflanishi hamda issiqlik tizimini optimal darajada ishlashini ta’minlash;
–tashkilotda yong‘in xavfsizligi asbob-uskunalarining yetarli darajada ishlashini ta’minlash.
–attestatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarorlari asosidaattestatsiya o‘tkazish tartibi va mezonlarini;
- Malaka talablari:
–kamida o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi lozim;
–ish staji talab qilinmaydi.
- §. Maktabgacha ta’lim tashkiloti bosh oshpazi lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami | 5227 |
Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi | 3434 |
Xodimlar toifasi | Ishlab chiqarish xodimi |
- Lavozim vazifalari:
–maktabgacha ta’lim tashkiloti oshxonasida ishni tashkil etadi.
–taomlarni maktabgacha ta’lim tashkilotidagi taomnoma asosida tayyorlash texnologiyasiga amal qilgan holda tayyorlaydi;
–tarbiyalanuvchilarning yoshiga muvofiq tarzda taomlarni porsiyalarga bo‘ladi va tarqatadi;
–kunlik taomnomani tuzishda ishtirok etadi;
–oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan tartibda saqlanishi va taomnoma asosida to‘g‘ri sarflanishini ta’minlaydi;
–taomlarni tayyorlashda mahsulotlarga dastlabki va issiqlik ishlov berishni amalga oshiradi;
–turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlarining tavsifi va biologik qiymatini o‘rganadi hamda organoleptik usul orqali ularning sifat ko‘rsatkichlarini farqlaydi;
–issiqlik ishlov beruvchi, vazn o‘lchovchi, muzlatgich va boshqa jihozlardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qiladi;
–har uch yilda bir marta sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha malaka oshiradi.
- Bilishi lozim:
–O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigienik talablar” sanqvan № 0016-21-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 26 iyunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 30) asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya- gigiyena talablarini;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya-gigiyena talablarini;
–oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash bo‘yicha sanitariya-gigienik talablarni;
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘riqnomasini.
- Malaka talablari:
–kamida o‘rta ma’lumotga ega bo‘lishi lozim;
–maktabgacha ta’lim tashkiloti bosh oshpazi eng kamida 3-razryadli oshpaz darajasiga oid maxsus kasbiy ma’lumotga ega bo‘lishi zarur;
–o‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lish;
–ish staji talab qilinmaydi.
- §. Maktabgacha ta’lim tashkiloti oshpazi lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami | 5850 |
Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi | 5120 |
Xodimlar toifasi | Ishlab chiqarish xodimi |
etadi.
- Lavozim vazifalari:
–maktabgacha ta’lim tashkiloti oshxonasida bosh oshpaz boshchiligida ishni tashkil
–taomlarni maktabgacha ta’lim tashkilotidagi taomnoma asosida tayyorlash
texnologiyasiga amal qilgan holda tayyorlash;
–tarbiyalanuvchilarning yoshiga muvofiq tarzda taomlarni porsiyalarga bo‘ladi va tarqatish;
–oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan tartibda saqlanishi va taomnoma asosida to‘g‘ri sarflanishini ta’minlash;
–taomlarni tayyorlashda mahsulotlarga dastlabki va issiqlik ishlov berishni amalga oshirishi;
–turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlarining tavsifi va biologik qiymatini o‘rganadi hamda organoleptik usul orqali ularning sifat ko‘rsatkichlarini farqlash;
–issiqlik ishlov beruvchi, vazn o‘lchovchi, muzlatgich va boshqa jihozlardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish;
–har uch yilda bir marta sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha malaka oshirish.
- Bilishi lozim:
–O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigienik talablar” sanqvan № 0016-21-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 26 iyunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 30) asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya- gigiyena talablarini;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya-gigiyena talablarini;
–oziq-ovqat mahsulotlarni saqlash bo‘yicha sanitariya-gigienik talablarni;
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘riqnomasini.
- Malaka talablari:
–o‘rta ma’lumotga ega bo‘lishi lozim;
–maktabgacha ta’lim tashkiloti oshpazi eng kamida 2-razryadli oshpaz darajasiga oid maxsus kasbiy ma’lumotga ega bo‘lishi zarur;
–o‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lish;
–ish staji talab qilinmaydi.
- §. Maktabgacha ta’lim tashkiloti oshxona ishchisi lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami | 12097 |
Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi | 9412 |
Xodimlar toifasi | Ishlab chiqarish xodimi |
etadi.
- Lavozim vazifalari:
–maktabgacha ta’lim tashkiloti oshxonasida bosh oshpaz boshchiligida ishni tashkil
–tarbiyalanuvchilarning yoshiga muvofiq tarzda taomlarni porsiyalarga bo‘ladi
va tarqatadi;
–oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan tartibda saqlanishi va taomnoma asosida to‘g‘ri sarflanishini ta’minlaydi;
–taomlarni tayyorlashda mahsulotlarga dastlabki va issiqlik ishlov berishni amalga oshiradi;
–issiqlik ishlov beruvchi, vazn o‘lchovchi, muzlatgich va boshqa jihozlardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qiladi;
–har uch yilda bir marta sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha malaka oshiradi.
- Bilishi lozim:
–O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigienik talablar” sanqvan № 0016-21-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 26 iyunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 30) asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya- gigiyena talablarini;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya-gigiyena talablarini;
–oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash bo‘yicha sanitariya-gigienik talablarni;
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘riqnomasini.
- Malaka talablari:
–amaliy ish staji talab qilinmaydi.
- §. Maktabgacha ta’lim tashkiloti qorovuli lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami | 6006 |
Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi | 5414 |
Xodimlar toifasi | Texnik xodim |
- Lavozim vazifalari:
–maktabgacha ta’lim tashkilotida binoni qo‘riqlash ishini tashkil etadi;
–qorovul o‘zini ish kunida ma’muriyatdan bino va hovli joy eshikni qulfi, kalitlar, yong‘indan saqlash asboblari, deraza eshiklari butunligi, telefon, signalizatsiya chiroqlarini tekshirib oladi va qo‘l qo‘yadi. Agar yuqoridagi holatlarda kamchilik bo‘lsa tashkilot direktori (ma’muriyat)ga darhol yetkazadi yoki militsiyaga xabar beradi;
–tashkilot hududida yong‘in chiqsa, darrov tegishli tashkilotga xabar beradi, birinchi yordamni berib turadi;
–kecha-yu kunduz hovli va binoni aylanib yuradi, chiroqlarga e’tibor beradi. Begona odamlarni tashkilot hududiga kiritmaydi;
–ertalab oshpaz(oshxona ishchi)larga eshikni ochadi, tashkilot hovlisidagi chiroqlarni o‘chiradi, tashkilotni o‘zidan keyingi qorovulga topshirib ketadi.
- Bilishi lozim:
–maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya-gigiyena talablarini;
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
- Malaka talablari:
–amaliy ish staji talab qilinmaydi.
- §. Maktabgacha ta’lim tashkiloti hovli supuruvchi lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami | 12127 |
Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi | 9613 |
Xodimlar toifasi | Texnik xodim |
- Lavozim vazifalari:
–davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida hovli-joylarni doimo toza turishiga javobgar. qishda qorlarni kurash, tozalash;
–tarbiyalanuvchilarga o‘yin o‘ynashlari uchun ajratilgan joylarni, ayvonlarni supurib, tozalash;
–turli chiqindilarni tashlaydigan joyni tozalash;
–xo‘jalik uchun kerak bo‘ladigan jihozlarni yaxshi saqlanishiga qarash;
–tashkilot xodimlari va tarbiyalanuvchilar salomatligiga zarar beradigan narsa(buyum)larni tezda tozalab olishi;
–Sanitariya-gigiyena qoidalari talablariga qat’iy rioya qilishi shart, tuman (shahar) Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi (SEOM) talabiga javob berishi;.
- Bilishi lozim:
–maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya-gigiyena talablarini;
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
- Malaka talablari:
–amaliy ish staji talab qilinmaydi.
- §. Maktabgacha ta’lim tashkiloti xizmat xonalari farroshi lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami | 11864 |
Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi | 9112 |
Xodimlar toifasi | Texnik xodim |
- Lavozim vazifalari:
–maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘ziga biriktirilgan xonalarni yaxshilab tozalaydi, bir kunda ikki marta polni yuvadi, xonadagi changlarni muntazam ravishda artadi, deraza oynalarini doimo toza tutishi kerak;
–bir yilda ikki marta pardalarni yuvadi, oyda bir marta eshik va devorlarni yuvadi, gilamlarni tozalaydi.
–har kuni hojatxonadagi sochiqlarni o‘zgartiradi, qog‘ozlar bor yo‘qligiga e’tibor qaratib, qog‘oz qo‘yib boradi, unitazlarni tozalaydi, xloramin bilan yuvadi, axlatlarni maxsus joyga tashlaydi;
–gullarni parvarishlab artib tozalaydi va suv qo‘yadi;
–sanitariya-gigiyena qoidalari talablariga qat’iy rioya qilishi shart, tuman (shahar) Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi (SEOM) talabiga javob berishi kerak.
- Bilishi lozim:
–maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya-gigiyena talablarini;
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
- Malaka talablari:
–amaliy ish staji talab qilinmaydi.
- §. Maktabgacha ta’lim tashkiloti kir yuvuvchi lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami | 11867 |
Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi | 9121 |
Xodimlar toifasi | Ishlab chiqarish xodimi |
- Lavozim vazifalari:
–maktabgacha ta’lim tashkilotidagi hamma yumshoq inventarlarni yuvadi va dazmollaydi. Ayrim narsalarni qaynatadi;
–kir yuvishda xloramin, kir yuvish kukuni, sovun va kraxmaldan foydalanadi;
–jadvalga asosan toza narsalarni beradi, kirini olib yuvadi hamda alohida daftar tutadi (qancha kir oldi, qancha tozasini berdi), sanalarini belgilab boradi;
–kir yuvish xonasini tozaligini saqlaydi;
–yong‘indan saqlanish qoidasiga rioya qiladi. Kir yuvish mashinasini yoqib qoldirmaydi, ish faoliyatida sanitariya-gigiyena qoidalari talablariga qat’iy rioya qilishi shart.
- Bilishi lozim:
–maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya-gigiyena talablarini;
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
- Malaka talablari:
–amaliy ish staji talab qilinmaydi.