Oilaviy bolalar uylari uchun qanday imtiyozlar bor

Oilaviy bolalar uylari yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning sog‘lom oilaviy muhitda tarbiyalanishlari va har tomonlama kamol topishlari uchun tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  04.08.2022 yildagi PQ-345-son Qaroriga asosan, oilaviy bolalar uylari yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga tarbiyaga olishni istagan fuqarolar tomonidan yuridik shaxs maqomisiz tegishli tuman (shahar) hokimining qarori asosida tashkil etiladi.

E’tiborli jihati shundaki, oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilar soni kamida 3 nafarni, lekin ko‘pi bilan 5 nafarni tashkil qilishi lozim.

Bunda, oilaviy bolalar uyini tashkil qilgan fuqarolarning o‘z farzandlari hamda tarbiyalanuvchilarning umumiy soni 8 nafardan oshmasligi kerak.

Kimlar tashkil etishi mumkin?

Oilaviy bolalar uylarini tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan fuqarolar tomonidan tashkil qilishga ruxsat etiladi.

Qanday imtiyozlar bor?

Oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolarga har oyda Davlat budjetidan:

  • oilaviy bolalar uyidagi har bir tarbiyalanuvchining yashash xarajatlari uchun 7 yoshgacha bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida, 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari miqdorida;
  • oilaviy bolalar uyidagi har bir tarbiyalanuvchini parvarish qilish uchun mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1 baravari (nogironligi bo‘lgan bolalar uchun 1,5 baravari) miqdorida;
  • oilaviy bolalar uyiga tarbiyaga olingan har bir nogironligi bo‘lgan bolani davolash-sog‘lomlashtirish uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida mablag‘ ajratiladi.

Kuz-qish mavsumida koʻp qavatli uylardagi havo harorati kamida 20 gradus C boʻlishi kerak.

Xotin-qizlar faolining maoshi mahalladagi xonadonlar sonidan kelib chiqib belgilanadi.

Kambagʻal oilalar uchun imtiyozlar koʻpaymoqda

Kimlar xususiy tibbiyot muassasalarida bepul davolanishlari mumkin?

“Oqila ayollar” moliyaviy rag‘batlantiriladi.

Olimpiada g‘oliblari hamda ularning ustozlari rag‘batlantiriladi

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolariga qonunchilikda imtiyozlar mavjud

Agar kupelarda kondisioner ishlamasa, chiptalar uchun to‘langan pullar chegirib qolinadi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar “Ishga marhamat” monomarkazlarida kasb-hunar o‘rgangan taqdirda ularga stipendiyalar beriladi.

Ayrim advokatlar moddiy rag‘batlantiriladi