“Oqila ayollar” moliyaviy rag‘batlantiriladi.

Mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, farzand tarbiyasi, oila va xotin-qizlar ma’naviyatini yanada yuksaltirish, faol va tashabbuskor ayollarning sa’y-harakatlarini birlashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda xotin-qizlar faollarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi chora-tadbirlar belgilab berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.08.2024 yilda 527-son Qarori qabul qilindi.

Ushbu Qaror bilan 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab:

a) “Oqila ayollar” harakatining faol va tashabbuskor a’zolarini Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyatiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan har olti oy (yarim yillik) yakuniga ko‘ra mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravari miqdorida rag‘batlantiriladi. Bunda:

  • respublika, hududiy va tuman (shahar)lardagi “Oqila ayollar” harakati faoliyatining natijalarini Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari yig‘ilishlarida har olti oyda (yarim yillikda) bir marotaba muhokama qilib, faoliyat samaradorligi natijalariga ko‘ra yuqori ko‘rsatkichga erishgan “Oqila ayollar” harakatining eng faol va tashabbuskor a’zolari aniqlanadi;

  • “Oqila ayollar” harakatining eng faol va tashabbuskor a’zolari (respublika darajasida 10 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar darajasida 3 nafardan, tuman (shahar)lar darajasida 2 nafardan) rag‘batlantiriladi;


b) mahalladagi xotin-qizlar faollari ishining samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash natijalariga asosan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari, homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan har olti oy (yarim yillik) yakuni bo‘yicha eng yuqori natijalarga erishgan 300 nafar xotin-qizlar faollarini mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravari miqdorida rag‘batlantirish.

Kuz-qish mavsumida koʻp qavatli uylardagi havo harorati kamida 20 gradus C boʻlishi kerak.

Xotin-qizlar faolining maoshi mahalladagi xonadonlar sonidan kelib chiqib belgilanadi.

Kambagʻal oilalar uchun imtiyozlar koʻpaymoqda

Kimlar xususiy tibbiyot muassasalarida bepul davolanishlari mumkin?

Olimpiada g‘oliblari hamda ularning ustozlari rag‘batlantiriladi