Mehnat kodeksining 383-moddasiga asosan ish beruvchi mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida o‘qitilayotgan, qayta tayyorlashdan yoki malaka oshirishdan o‘tayotgan, shuningdek ishlab chiqarish ta’limini o‘tayotgan xodimlarga ish va o‘qishni birga olib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart.
Bunda ushbu kodeks 385-moddasiga ko‘ra oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o‘quv ta’tillari:
- oliy va o‘rta maxsus ta’lim, kasb hunar ta’limi tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotganlarga esa kamida qirq kalendar kun muddatga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda har yili beriladi.
Mana shu qoidaga ko‘ra agar xodim sirtqi ta’limda o‘qiyotgan xodimlar sessiyalarga chaqirilganda, ularga yuqoridagi imtiyoz qo‘llaniladi.
Biroq Mehnat kodeksining 386-moddasiga asosan:
ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar birinchi marta tegishli darajadagi ta’lim olayotganda berilishi belgilangan.
Ushbu qoidaning mazmuniga ko‘ra, o‘quv ta’tili faqat birinchi marta oliy ta’limning kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan xodimlarga nisbatan tatbiq etiladi. Shunga asosan agar xodim ikkinchi oliy ta’limda sirtqi shaklda o‘qiyotgan bo‘lsa, uning ish haqi saqlanmaydi.