Xodimlarga moddiy yordam maktablarda direktor jamg‘armasidan beriladi. Moddiy yordam olish uchun xodim shu tashkilotda mehnat shartnomasi asosida ishlashi va moddiy yordam olish uchun asos bo‘ladigan holatlar sodir bo‘lishining o‘zi yetarli. Shunga ko‘ra moddiy yordam olish uchun ariza maktab rahbariga ariza yozish kerak.
Bunda Vazirlar Mahkamasining 02.08.2022 yildagi 425-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019 yildagi 823-son qarori 33-bandiga o‘zgartirish kirilgan. Unga ko‘ra umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha:
- xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda;
- yoki og‘ir kasallikka chalinganda*;
- xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi.
Qoidaning mazmuniga ko‘ra xodim maktabda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan davrda yuqoridagi holatlardan biri sodir bo‘lsa, direktor jamg‘armasida mablag‘ yetarli bo‘lgan taqdirda xodim 2 lavozim maoshi miqdorigacha moddiy yordam olishga haqli.
Bunda xodimga moddiy yordam berish bo‘yicha ishchi guruh qarori asosida direktor buyruq chiqaradi. Yuqoridagi holatlardan biri mavjud bo‘lganda o‘qituvchilar moddiy yordam olishlari mumkin.
Izoh:
*Og‘ir kasallik – o‘lim xavfi yuqori bo‘lgan va insonning kundalik faoliyatiga yoki hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yoki ularga g‘amxo‘rlik qiluvchilarga haddan tashqari qiyinchilik kelib chiqaradigan, ba’zan nogironlikka olib keluvchi sog‘liq holati hisoblanadi.