O‘qituvchining ish haqi qanday aniqlanadi?

O‘qituvchilar bilan tuziladigan mehnat shartnomasi ish stavkasi va dars soatlari ko‘rsatilmaydi. Bunga sabab darslar har o‘quv yili boshida tarifikatsiya asosida taqsimlanadi. O‘qituvchilarning har yilgi natijalari o‘zgarib turishi sababli keyingi o‘quv yilida unga beriladigan dars soatlari kamayib yoki ko‘payib turishi mumkin.

Shuningdek, ayrim holatlarda o‘qituvchiga tarafikatsiya asosida beriladigan darslar o‘quv yili davomida ham o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun mehnat shartnomasi o‘qituvchining stavkasi yoki dars soatlari ko‘rsatilmaydi.

Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomning 3-bandiga ko‘ra xalq ta’limi xodimlarining lavozim maoshlari:

  • xalq ta’limi muassasalarining pedagog xodimlari va rahbar xodimlarining har bir lavozimi va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari;
  • xodimlarga qonunchilikda belgilangan ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar asosida shakllantiriladi.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, lavozim maoshi pedagogning bazaviy tarif stavkasi asosida belgilanishi aytilmoqda. Bunda pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari:

  • xodimning lavozimiga;
  • xodimning malaka toifasiga;
  • xalq ta’limi muassasasining tipiga bog‘liq ravishda tabaqalashtiriladi.

Endi qarang! Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandiga muvofiq o‘qituvchiga biriktirilgan dars soatlari asosida bir stavka uchun belgilangan bazaviy tarif stavkadan kelib chiqib aniqlanadigan miqdor – o‘qituvchining tarif stavkasi hisoblanadi.

Shunga ko‘ra o‘qituvchining ish haqi unga tafikatsiya va/yoki soatbay asosda berilgan dars soatlari miqdoriga qarab belgilanadi.

Qonunchilikda o‘qituvchi va murabbiylarga qanday imtiyozlar belgilangan?

“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘oliblari qanday taqdirlanadi?

Direktor va o‘rinbosarlar dars berishga haqlimi?

Pensioner o‘qituvchilar necha soat dars berishi kerak?

Dekretdan qaytgan o‘qituvchi kamroq dars oladimi?

Ayrim pedagog kadrlarning malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi, agar ular…

Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablar rag‘batlantiriladi

Maktabgacha ta’lim xodimlari bazaviy tarif stavkalari miqdorlari qancha?

DMTT pedagog xodimlari haftalik ish yuklamasining miqdori qancha?

Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalarga erishayotgan maktablar rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama beriladi