OTMning ingliz tili o‘qituvchisi APTIS seritifati uchun ustama oladimi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2021 yildagi PQ-5117-son qarori 5-bandiga ko‘ra 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab ta’lim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab borilishi belgilangan.

Qoidada ushbu ustamaning ta’lim muassasalaridagi ishlaydigan chet tili o‘qituvchilariga berilishi nazarda tutilgan. Shunga ko‘ra ushbu ustama faqat xorijiy til o‘qituvchilariga, agar ular shu tilda dars bersagina to‘lanadi.

Bunda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 31-avgustdagi 31-son qo‘shma qaroriga muvofiq APTIS sertifikatlari keltirilmagan. Shunga ko‘ra 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab OTMning ingliz tili o‘qituvchilariga mazkur ustamani to‘lanmaydi.

O‘qituvchiga qachon soatbay dars beriladi?

O‘qituvchilarga olis hududda ishlaganlik uchun ustama to‘lanadi

Ustama alohida to‘lov emas

O‘qituvchining ish haqi qanday aniqlanadi?

Inklyuziv ta’lim sinflari o‘qituvchilariga ustama beriladimi?