O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga uchun qonunchilikda imtiyozlar mavjud

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  11.03.2024-yildagi 123-son Qarori bilan kimlar o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar sifatida e’tirof etilishi tartibi belgilab berildi. Ushbu Qarorga asosan nogironligi bo‘lgan shaxslar va yolg‘iz keksalar o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar deb topilishi mumkin.

Hozirgi kunda milliy qonunchiligimiz ushbu shaxslarga bir qator imtiyozlarni belgilab qo‘ygan. Bular quyidagilar:

  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz hamda yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ularni kuzatuvchi shaxslarga davlat sport tadbirlariga, teatrlarga va muzeylarga kirish bepul etib belgilanadi;
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yoki yolg‘iz yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi  yo‘llanmalariga asosan davlat mulkida bo‘lgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida tashkil etilgan sport to‘garaklarida bepul shug‘ullanadi;
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning yashash joyida dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlari tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlari tomonidan bepul amalga oshiriladi;
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ularning uyida maishiy xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodim assistentlariga budjet mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yo‘l haqi uchun kompensatsiya to‘lanadi;
  • ijtimoiy xodim assistentlariga o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ko‘rsatilgan hamrohlik xizmatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida qo‘shimcha kompensatsiya to‘lanadi;
  • Oilaviy shifokorning o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning muhtojlik darajasi va yashash sharoitlarini baholovchi ishchi guruh tarkibidagi hamda tuman tibbiyot birlashmasi xodimining multidissiplinar guruhdagi faoliyati ularning ish yuklamasiga kiritiladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  27.12.2023-yildagi PQ-410-son Qaroriga asosan:

2024-yil 1-maydan boshlab “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestriga  kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga har oylik uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya hamda oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena tovarlari uchun har oyda qo‘shimcha pul to‘lovlari o‘rniga yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun har oyda minimal iste’mol xarajatlari miqdorida (621 ming so‘m ) moddiy yordam joriy etildi.

Kuz-qish mavsumida koʻp qavatli uylardagi havo harorati kamida 20 gradus C boʻlishi kerak.

Xotin-qizlar faolining maoshi mahalladagi xonadonlar sonidan kelib chiqib belgilanadi.

Kambagʻal oilalar uchun imtiyozlar koʻpaymoqda

Kimlar xususiy tibbiyot muassasalarida bepul davolanishlari mumkin?

“Oqila ayollar” moliyaviy rag‘batlantiriladi.

Olimpiada g‘oliblari hamda ularning ustozlari rag‘batlantiriladi

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolariga qonunchilikda imtiyozlar mavjud

Agar kupelarda kondisioner ishlamasa, chiptalar uchun to‘langan pullar chegirib qolinadi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar “Ishga marhamat” monomarkazlarida kasb-hunar o‘rgangan taqdirda ularga stipendiyalar beriladi.

Ayrim advokatlar moddiy rag‘batlantiriladi