O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.06.2022 yildagi PQ-279-son qaroriga asosan bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirishga faqat 2ta vaziyatda ruxsat beriladi:
- – talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;
- – davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi mavjud bo’lganda.
Bundan boshqa asoslarda ichki perevodlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Shunday ekan o‘qish faqat yuqoridagi ikki asosdan biri bo‘lgandagina ko‘chirilishi mumkin.
Bunda o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalarni taqdim etish — har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar berish mumkin. Arizalarni transfer.edu.uz platformasida topshirish mumkin.
Shuni ham aytish kerakki, amaldagi tartibga ko‘ra talabalarning o‘qishini bir hududdan boshqa hududdagi OTMga ko‘chirish uzrli sabablar bo‘lganda bahorgi semestrda ham ko‘chirish mumkin.
Bunda quyidagi sabablar:
- talabaning respublika bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tishi;
- turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasining mehnat faoliyatini amalga oshirish joyi boshqa hududga o‘zgartirilishi;
- nikoh tuzgandan keyin turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududga ko‘chib o‘tishi uzrli sabablar etib tan olinadi.
Bunda o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza — har yili 20-dekabrdan keyingi yilning 20-yanvariga qadar topshirilishi mumkin.