Maʼlumki, Maxsus taʼlim-tarbiya muassasalaridagi alohida mehnat sharoitlari uchun qoʻshimcha haq belgilangan pedagog xodimlar lavozimlari roʻyxati, mazkur toʻlovlarning turlari va miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentyabrdagi 490-son qaroriga 2-ilovada tasdiqlangan.
Uning 1-bandiga koʻra jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan, alohida tarbiya sharoitlariga yoki uzoq muddat davolanishga muhtoj boʻlgan bolalar va oʻsmirlar ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalarni yakka tartibda oʻqitganda oʻqituvchining tarif stavkasi hamda lavozim maoshlari miqdoriga 50 foiz qoʻshimcha toʻlov belgilanadi.
Demak, yakka tartibda dars beradigan oʻqituvchilar uchun yuqoridagi miqdorda qoʻshimcha toʻlov berilishi kerak.