Quyosh insolatsiyasi haqida eshitgansimiz?

☀️ Insolyatsiya – (lotincha insolatio) binolar, inshootlar yuzasiga va xonalar ichiga tushadigan quyosh nurlari darajasi sanaladi.

🏬 Bino va inshootlar insolatsiyasi — qurilishga bo‘lgan gigiyenik talablarning eng muhimlaridan biridir. Insolatsiyaning asosiy mezoni quyosh nurlanishi davomiyligi hisoblanadi. 

⚠️ Insolatsiya haqida bilishning nima keragi bor?

📄 Shaharsozlik normalari va qoidalarining 26-bandiga ko‘ra turar-joy va jamoat binolarini joylashtirish va qurishda yilning 22-martidan 22-sentabrigacha bo‘lgan davrda turar-joy binolarini *kuniga 2,5 soat davomida* insolyatsiya qilishning uzluksiz davomiyligini ta’minlashi kerak.

Shuningdek, yotoqxonalar, mashg‘ulot va bolalar xonasida bu muddat 3 soatni tashkil qiladi.

Soddaroq aytganda, biz turar-joy qurishda ushbu turar-joy xonalariga bir kunda 2.5 yoki 3 soat davomida quyosh nuri tushib turishini ta’minlashimiz shart. Bu gigienik qoida hisoblanib, rahit kasalligining oldini oladigan, quyosh nurlari orqali keluvchi D vitamini qabul qilishni ta’minlaydi.

Smart kontraktlar

Oʻzgartirish mulk huquqining vujudga kelishining asosi sifatida

Faktoring. U nima? Qanday ishlaydi?

Kontrfakt tovarlar boʻyicha huquqiy himoya nimalardan iborat

Fuqarolik huquqida estoppel

Turdosh huquqlar

Mualliflik huquqi

Sanoat mulki obyektlari

Kondiksion daʼvo nima?

Eskrou agentning huquqiy maqomi