Direktor va o‘rinbosarlar dars berishga haqlimi?

Odatda, maktablarda direktor va o‘rinbosarlar birinchi o‘zlariga 10 soat dars olib, so‘ng boshqa o‘qituvchilarga dars taqsimlashadi.

Biroq aslida mutlaqo noto‘g‘ri.

To‘g‘ri, direktor va o‘rinbosarlarning dars berish huquqi mavjud. Lekin u anchagina murakkab sanaladi.

 Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizom 14-bandiga ko‘ra xalq ta’limi muassasasining rahbar xodimi tomonidan uning egallab turgan shtat birligidan qat’i nazar, asosiy lavozimning bir haftada 10 soatgacha hajmda o‘qituvchi lavozimi bilan qo‘shib olib borilishiga (o‘quv yuklamasi yuritilishiga) yo‘l qo‘yiladi.

Shu qoidaga ko‘ra direktor va uning o‘rinbosarlari o‘z mutaxassisligi bo‘yicha 10 soatgacha dars olishi mumkin.

Ushbu nizomning 12-bandiga muvofiq pedagog xodimlar mehnatiga soatbay haq to‘lash o‘rnini bosish tartibida umumta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan o‘tilgan o‘quv soatlari uchun haq to‘lashda qo‘llaniladi.

Bunda qoida bo‘yicha 10 soat vakant sifatida hududiy mehnat organiga chiqarishi shart.

Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 3271) 15-bandida mazkur masala yanada aniq tartibga solingan.

Unga ko‘ra oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlariga dars berish mumkin.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, rahbar xodimlar oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlangunga qadar dars berishlari mumkin.

Shunga ko‘ra direktor va o‘rinbosarlar barcha xodimlar dars bilan ta’minlangandan keyin soatlar ortib qolsagina, 10 soatgacha dars berishi mumkin. Bunda ularga ajratilgan dars soatlari vakant sifatida har oyda bandlik bo‘limiga chiqariladi. Agar ushbu vakant dars soatlari uchun o‘qituvchi kelsa, rahbar xodimlar darslarini mazkur o‘qituvchiga berishi shart.

Qonunchilikda o‘qituvchi va murabbiylarga qanday imtiyozlar belgilangan?

“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘oliblari qanday taqdirlanadi?

Pensioner o‘qituvchilar necha soat dars berishi kerak?

Dekretdan qaytgan o‘qituvchi kamroq dars oladimi?

Ayrim pedagog kadrlarning malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi, agar ular…

Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablar rag‘batlantiriladi

Maktabgacha ta’lim xodimlari bazaviy tarif stavkalari miqdorlari qancha?

DMTT pedagog xodimlari haftalik ish yuklamasining miqdori qancha?

Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalarga erishayotgan maktablar rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama beriladi

Maktab rahbar xodimlari hamda MTT direktorlari har oyda 30 foiz ustama olishlari mumkin