Skip to main content

Sababsiz signal chalsa jarimaga tortiladimi?

Yo‘llarda transport vositalari ko‘paygani sari avtotransport vositalarida harakatlanish ayrim qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bularga ayrim haydovchilarning huda-behudaga signal chalishlarini misol qilish mumkin.

Qonun chiqaruvchi va hukumat shunday holatlarning oldini olish uchun alohida qoidalarni ishlab chiqqanligini bilasizmi?

Yo‘l harakati qoidalarining 48-bandiga muvofiq faqat quyidagi hollardagina tovushli ishoralardan foydalanish mumkin:

  • aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o‘tish haqida ogohlantirish uchun;
  • zarur bo‘lgan hollarda yo‘l-transport hodisasining oldini olish uchun.

E’tibor bering! Yuqorida ko‘rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi va buning uchun ma’muriy javobgarlik mavjud.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 127-moddasiga ko‘ra, tovush signalini sababsiz berish, transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni o‘rnatish, xuddi shuningdek ularni o‘zgartirib o‘rnatish:

  • bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda yuqoridagi 2 ta holatdan tashaqari signal chalsangiz jarimaga tortilasiz.

Izoh:

2023-yil 1-dekabrdan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son  Farmoniga ko‘ra BHM 340 000 so‘m etib belgilangan.

Categories: Huquqbuzarlik