Sertifikati yo‘q chet tili o‘qituvchisi ishdan bo‘shatiladimi?

Mana 2023/2024 o‘quv yili ham yakuniga yetdi. Kelasi o‘quv yilidan boshlab maktablarda yana bir qator o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Mazkur o‘zgarishlar biri maktablaridagi chet tili o‘qituvchi o‘z fani bo‘yicha xorijiy yoki milliy sertifikat olishidir.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qarori 9-bandi 5-xatboshisiga qarasak, 2024/2025 o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.

Demak, kelasi o‘quv yiliga qadar maktablarning chet tili o‘qituvchilari o‘z fanlari bo‘yicha kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikat olishlari talab etiladi.

Shunga ko‘ra, agar chet tili o‘qituvchilari 2024/2025 o‘quv yili boshlangunicha chet tili sertifikatini olmasa, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin.

Bunda ish beruvchi ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi bilan (xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi) bekor qilishi mumkin bo‘ladi.

Qonunchilikda o‘qituvchi va murabbiylarga qanday imtiyozlar belgilangan?

“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘oliblari qanday taqdirlanadi?

Direktor va o‘rinbosarlar dars berishga haqlimi?

Pensioner o‘qituvchilar necha soat dars berishi kerak?

Dekretdan qaytgan o‘qituvchi kamroq dars oladimi?

Ayrim pedagog kadrlarning malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi, agar ular…

Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablar rag‘batlantiriladi

Maktabgacha ta’lim xodimlari bazaviy tarif stavkalari miqdorlari qancha?

DMTT pedagog xodimlari haftalik ish yuklamasining miqdori qancha?

Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalarga erishayotgan maktablar rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama beriladi