Skip to main content

Shilqimlik uchun qanday jazo bor?

Shaxsga nisbatan uning uchun nomaqbul bo‘lgan hamda uning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan, shaxsning tashqi qiyofasini yoki qaddi-qomatini tavsiflashda, imo-ishora qilishda, teginishda, chaqirishda ifodalangan, shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlarni bir marta qo‘pol ravishda yoki bir necha marta sodir etish – bu shahvoniy shilqimlik hisoblanadi.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq bunday qilmish uchun bir qator javobgarlik choralari belgilangan.

Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 411-moddasiga muvofiq shahvoniy shilqimlik uchun:

  • bazaviy hisoblash miqdorining* ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga;
  • yoki besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Agar bu qilmish ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa:

  • bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga;
  • yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Izoh:

* 2023-yil 1-dekabrdan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son  Farmoniga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdori 340 000 so‘m etib belgilangan.

Categories: Huquqbuzarlik