O‘qituvchiga qachon soatbay dars beriladi?

O‘qituvchilar dars soatlari 2 xil usulda biriktiriladi. Birinchi tarifikatsiya asosida, ikkinchisi soatbay haq to‘lash asosida. Ushbu usullarda dars biriktirilganda ularga haq to‘lash ham bir-biridan farq qiladi.

Tarifikatsiya asosida dars berilganda o‘qituvchiga bazaviy tarif stavkasidan kelib chiqib haq to‘lanadi, soatbay dars berilganda esa, boshqa meyorlar qo‘llaniladi.

Qanday holatlarda soatbay dars beriladi?

Hozir amaliyotda homiladorlik va tug‘ish ta’tilidagi (dekret) o‘qituvchining darslarini soatbay asosda boshqa o‘qituvchiga yuklash holatlari ko‘p kuzatilmoqda. Lekin bu noto‘g‘ri.

Chunki Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi Nizom 12-bandiga muvofiq pedagog xodimlar mehnatiga soatbay haq to‘lash:

  • ketma-ket ikki oydan ortiq bo‘lmagan davrda kasallik yoki boshqa sabablar bilan ishda bo‘lmagan xodimlarning o‘rnini bosish tartibida ishlab berilgan soatlar uchun haq to‘lashda;
  • boshqa muassasalardan jalb etiladigan o‘qituvchilar va boshqa mutaxassislarning, shu jumladan o‘rindoshlik bo‘yicha boshqa maktablardan jalb etiladigan o‘qituvchilar va mutaxassislarning pedagogik ishi uchun haq to‘lashda;
  •  o‘rnini bosish tartibida umumta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan o‘tilgan o‘quv soatlari uchun haq to‘lashda qo‘llaniladi.

Mana shu holatlarda maktabdagi darslar o‘qituvchilarga soatbay dars biriktirilishi mumkin. Demak, yuqoridagilardan boshqa holatlarda o‘qituvchilarga soatbay asosda dars berishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Soatbaylar qancha haq oladi?

O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida qaror (ro‘yxat raqami 3157)ga muvofiq

umumta’lim maktablarining boshlang‘ich va yuqori sinflari o‘qituvchilari, o‘qituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri Mehnatga soatbay haq to‘lash miqdori bazaviy lavozim maoshlariga nisbatan 1.20 foizda haq to‘lanadi.

Eslatma! Mazkur haq tarkibida mehnat ta’tili uchun to‘lanadigan pul ham qo‘shilgani hisobiga, soatbay asosda berilgan darslar uchun ta’til puli to‘lanmaydi.

Qonunchilikda o‘qituvchi va murabbiylarga qanday imtiyozlar belgilangan?

“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘oliblari qanday taqdirlanadi?

Direktor va o‘rinbosarlar dars berishga haqlimi?

Pensioner o‘qituvchilar necha soat dars berishi kerak?

Dekretdan qaytgan o‘qituvchi kamroq dars oladimi?

Ayrim pedagog kadrlarning malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi, agar ular…

Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablar rag‘batlantiriladi

Maktabgacha ta’lim xodimlari bazaviy tarif stavkalari miqdorlari qancha?

DMTT pedagog xodimlari haftalik ish yuklamasining miqdori qancha?

Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalarga erishayotgan maktablar rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama beriladi