Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tarif stavkalariga qoʻshimcha toʻlovlar qanday hollarda toʻlanadi?
276-sonli Vazirlar Mahkamasi qarorining V bobida Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tarif stavkalariga qoʻshimcha toʻlovlar belgilangan boʻlib, ular quyidagilarni tashkil etadi:
1️. Sogʻliqni saqlash muassasalarining tarkibiy boʻlinmalariga mudirlik qilganlik uchun vrachlarga ish haqiga qoʻshimcha haq toʻlanadi va quyidagi tartib amal qiladi:
➖ shtatida vrachlar lavozimi 6 tagacha boʻlganda—203 280 soʻm miqdorda;
(oyiga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 17,6 foizi miqdorida haq toʻlanishi belgilangan, hozirda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 soʻmni tashkil etadi)
➖ shtatida vrachlar lavozimi 6 tadan ortiq boʻlganda—284 130 soʻm; (oyiga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 24,6 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov)
➖ Kabinetlarga mudirlik qilganlik uchun vrachlarga qoʻchimcha 122 430 soʻm miqdorda qoʻshimcha haq toʻlanadi.
(oyiga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10,6 foizi miqdorida)
2.Tuman, tumanlararo va shahar TIEKlarining raislari boʻlgan vrachlarga komissiyaga rahbarlik qilganlik uchun 284 130 soʻm miqdorda qoʻchimcha haq toʻlanadi.
(oyiga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 24,6 foizi miqdorida)
3. Qishloq vrachlik punktlari filial (boʻlim)lariga mudirlik qilganlik uchun vrachlar, feldsherlar, akusherkalar, tibbiyot hamshiralariga esa 101 640 soʻm miqdorda qoʻshimcha haq toʻlanadi.
(oyiga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 8,8 foizi miqdorida)
4.Vrachlik mutaxassisligi boʻyicha tegishli toifaga ega boʻlgan tibbiyot muassasalari rahbarlariga, ularning oʻrinbosarlari — vrachlarga esa malaka toifasi mavjudligi uchun quyidagicha qoʻchimcha haq toʻlanadi:
➖ oliy malaka toifasi mavjudligi uchun 203 280 soʻm miqdorda
(mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 17,6 foizi miqdorida)
➖ birinchi malaka toifasi mavjudligi uchun—122 430 soʻm miqdorda qoʻchimcha haq toʻlanadi.
(mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10,6 foizi miqdorida)
5.Tibbiyot muassasalarining mutaxassisligi boʻyicha tegishli toifaga ega boʻlgan bosh tibbiyot hamshiralariga:
➖ oliy malaka toifasi mavjudligi uchun—162 855 soʻm miqdorida
(mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 14,1 foizi miqdorida)
➖ birinchi malaka toifasi mavjudligi uchun—82 005 soʻm miqdorida qoʻchimcha toʻlov belgilangan.
(mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 7,1 foizi miqdorida)
6.”Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi” faxriy unvoni uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1,6 baravari miqdorida yaʼni 544 000 soʻm qoʻshimcha toʻlov belgilangan.
7.Turgʻun tipdagi muassasalar xodimlariga tungi vaqtda ishlaganligi uchun egallab turgan lavozimi boʻyicha lavozim maoshi tarif stavkasi hisob-kitobidan kelib chiqib tungi vaqtda ishlangan har bir soat uchun soatbay tarif stavkasining 50 foizi miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi.
8.Oliy maʼlumotga ega boʻlgan tibbiyot hamshiralariga tarif stavkasining(maoshidan) 10 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilanadi.
9.Bosh tibbiyot hamshiralariga tarif stavkasining(maoshidan) 5 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilanadi.
Xulosa, siz mehnat faoliyatingizda yuqoridagilarni amalga oshirsangiz qonunchilikdan belgilangan tartibda qoʻchimcha haq olish imkoniyatiga ega boʻlasiz.