Skip to main content

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik (больничный) davri qancha muddatga beriladi?

Vaqtincha mehnatga qobilyatsizlik davri Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2667, 17.04.2015-y.)ga muvofiq xodim baxtsiz hodisa yoki kasallik sababli mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolganda beriladi.

Ushbu yo‘riqnomaning 22-bandiga ko‘ra:

  •  aynan bir kasallik bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri uzluksiz to‘rt oyni tashkil qilsa, sil kasalligi bundan mustasno;
  • aynan bir kasallik bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri tanaffus bilan o‘n ikki oy mobaynida jami olti oyni tashkil qilsa, sil kasalligi bundan mustasno;
  • sil kasalligi birinchi marta aniqlanganda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri kasallik aniqlangan kundan boshlab kamida o‘n oyni tashkil qilsa;
  • silga qarshi kurashish muassasasida hisobda turgan bemorda asosiy kasallik kuchaygan — vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangandan keyin mehnatga layoqatsizlik davri kamida olti oyni tashkil qilsa, bemor tegishli tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga (keyinchalik matnda TIYeK deb yuritiladi) nogironlik guruhini belgilash uchun yuboriladi.

Yuqoridagi qoidaga ko‘ra, xodimga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik kasallik turiga va og‘irlik darajasiga qarab 4 oydan 10 oygacha beriladi.