
Xarid qilingan mahsulotdan 12 foiz keshbek olish mumkinmi?
Bugungi kunda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon kabi kundalik ehtiyoj toifasiga kiruvchi tovarlarga kirimning bir qismini aholiga qaytarib berish orqali iqtisodiy yengillik yaratish muhim ahamiyatga ega.
Shu maqsadda, 2023-yil 5-apreldagi PQ–113-sonli Prezident qarori bilan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) qaytarilishi — ya’ni keshbek tizimi joriy etildi. Bu tizim fuqarolarga ma’lum tovarlar uchun to‘lagan QQS miqdorini naqd pulsiz shaklda qayta olish imkonini beradi.
Endi xarid qilganingiz uchun 12% gacha keshbek olish imkoniyati mavjud!
Agar siz “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan bo‘lsangiz, ayrim mahsulotlarni xarid qilganingizda QQS miqdorida — ya’ni 12 foizgacha keshbek olishingiz mumkin!
Bu imtiyoz 2023-yil 5-apreldagi PQ–113-sonli Prezident qarori asosida joriy etilgan. Endilikda siz nafaqat xarid qilasiz, balki har bir to‘lovingizdan foyda ham olasiz!
Oddiy 2% emas, to‘liq 12% QQS miqdori qaytariladi!
Keshbek olish mumkin bo‘lgan 9 ta mahsulot va xizmat:
№ | Mahsulot va xizmatlar ro’yxati |
---|---|
1 | Qo‘y go‘shti |
2 | Mol go‘shti |
3 | Parranda go‘shti |
4 | Tuxum |
5 | O‘simlik yog‘i |
6 | Un |
7 | Shakar |
8 | Dori vositalari |
9 | Tibbiy xizmatlar |
Keshbekni qanday olish mumkin?
- 1. Telefoningizga Soliq ilovasini yuklab oling.
- 2. Face ID orqali ro‘yxatdan o‘ting.
- 3. Xarid qilganingizdan so‘ng chekdagi QR-kodni skanerlashni unutmang!
- 4. “Keshbek va imtiyozlar” bo‘limidan tushgan pulni kuzatib boring.
Asosiy shartlar:
- ➖Siz Ijtimoiy himoya yagona reyestrida bo‘lishingiz kerak.
- ➖Xarid QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkordan bo‘lishi lozim.
- ➖Mahsulot yoki xizmat imtiyozli ro‘yxatga kiritilgan bo‘lishi kerak.
Har bir chekni skaner qilishni odat qiling — bu sizga har bir so‘mdan to‘liq foyda olish imkonini beradi!