Skip to main content

Xodim ma’naviy ziyon undirish huquqiga ega

Mehnat munosabatlari sohasida xodimlarning huquqlari buzulishi holatlari ko‘p uchraydi. Bunday holatlarda xodimlar o‘zlarining buzulgan huquqlarini tiklashadi, ayrim xodimlar yetkazilgan zararni ham undirib olishadi.

Lekin ko‘pincha, xodimlar ma’naviy zararni undirishga oid huquqlaridan foydalanmaydilar. Fuqarolik kodeksining 1021-moddasiga asosan ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybi bo‘lgan taqdirda, zarar yetkazuvchi tomonidan qoplanadi.

Bunda ma’naviy zarar pul bilan qoplanadi.

Aytish kerakki, xodimda quyidagi hollarda ma’naviy zararni qoplash huquqi vujudga keladi:

◾️ intizomiy jazo asossiz qo‘llanilganda;
◾️ noqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazish rad qilinganda;
◾️ ishdan chetlatilganda;
◾️ mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganda;
◾️ mehnat daftarchasi, ish haqi, shuningdek boshqa to‘lovlar o‘z vaqtida bermaganlikda.

Categories: Mehnat huquqi