Ommaviy tanlov nima? Mukofotni oshkora vada qilishchi?
Fuqarolik huquqiy munosabalatlar va ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishi bilan bir qatorda jamiyatda turli sovrinli o‘yinlar, yutuqli musobaqalarni tashkil etish, o‘tkazish yildan yil ko‘payib bormoqda. Xususan, ijtimoiy tarmoqlardagi “give away”lar, telekanallardagi “Boriga-baraka”, “Omad shou” va boshqalar
Ushbu o‘yinlar o‘tkazilish turi va o‘zining xususiyatlari bilan bir biridan farq qiladi. Fuqarolik kodeksining 54 va 55-boblaridagi qoidalar mana shunday o‘yinlarga bag‘ishlangan.
Ular ishni eng yaxshi bajarganlik yoki boshqa natijalarga erishganlik uchun pul mukofoti to‘lash yoki boshqa mukofot berish to‘g‘risida oshkora e’lon qilishi ommaviy tanlov va e’londa ko‘rsatilgan harakatni kim unda belgilangan muddatda bajarsa, o‘shanga pul mukofoti to‘lash yoki boshqa mukofotni berish to‘g‘risida oshkora e’lon qilgan mukofotni oshkora va’da qilish kabi turlarga bo‘linadi.
Bir qarashda ular juda o‘xshash ko‘ringani bilan ularning o‘rtasida bir qator farqlar mavjud. Keling ularni ko‘rib chiqamiz.
№ | Farqli jihatlari | Ommaviy tanlov | Mukofotni oshkora va’da qilish |
1. | Subyektlar soni | raqobat bo‘ladi, ya’ni, kamida ikki kishi bo‘lishi kerak. | bir kishi ishtirok etgan va belgilangan shartlarni amalga oshirsa ham o‘tkazilgan hisoblanadi. |
2. | O‘tkazishdan ko‘zlangan maqsadi | asosan ijtimoiy maqsadlar ko‘zlanadi (ijodiy faoliyat fan, adabiyot va san’at asarlari, moddiy ishlab chiqarish va b.). | asosan shaxsiy maqsadlar (yoqolgan buyum, uy hayvonini topish va h.k) birinchi darajada bo‘ladi. (E’tibor bering! bunda FK 192-moddasidagi “topilma”, 195-moddadagi “qarovsiz hayvonlar” hamda 196-moddadagi “Xazina” qoidalari bundan mustasno bo‘lib, asosiy farqi MOVQda bajarish huquq bo‘lsa, yuqoridagilarda majburiyat sanaladi) |
3. | Natijaga erishish usuli | tanlov shartlaridan kelib chiqib bajargan bo‘lishi zarur | natijaga erishilganlik faktini o‘zi kifoya. |
4. | Mukofotni e’lon qilish | mukofot aniq ko‘rsatilishi bu uning muhim shartlaridan biri hisoblanadi | Mukofot ko‘rsatilishi shart emas. Mukofot ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u mukofotni va’da qilgan shaxs bilan kelishuvga ko‘ra aniqlanadi, nizo kelib chiqqan taqdirda esa sudda aniqlanadi. |
5. | Bekor qilish va o‘zgartirish | Ommaviy tanlov e’lon qilgan shaxs ishlarni taqdim etish uchun belgilangan muddatning faqat birinchi yarimi mobaynida uning shartlarini o‘zgartirishga yoki tanlovni bekor qilishga haqli. Tanlov shartlarini o‘zgartirish yoki uni bekor qilish to‘g‘risida tanlov qanday usulda e’lon qilingan bo‘lsa, shunday usulda xabar berilishi lozim. Tanlov shartlari o‘zgargan yoki u bekor qilingan taqdirda, tanlov e’lon qilgan shaxs e’londa nazarda tutilgan ishni konkurs shartlarining o‘zgartirilishi yoki uning bekor qilinishi o‘ziga ma’lum bo‘lguncha yoki ma’lum bo‘lishi lozim bo‘lguncha bajargan har qanday shaxsning xarajatlarini to‘lashi lozim. Agar tanlov shartlarini o‘zgartirishda yoki uni bekor qilishda ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan talablar buzilgan bo‘lsa, tanlovni e’lon qilgan shaxs e’londa ko‘rsatilgan shartlarga javob beradigan ishni bajarganlarga mukofot to‘lashi lozim. Tanlovni e’lon qilgan shaxs, agar ko‘rsatilgan ish tanlovdan mustasno tarzda, xususan, tanlov to‘g‘risidagi e’longa qadar bajarilganligini yoxud avval boshdanoq tanlov shartlariga nomuvofiq bo‘lganligini isbotlasa, xarajatlarni to‘lash majburiyatidan ozod qilinadi. | Mukofot to‘lashni oshkora e’lon qilgan shaxs berilgan va’dadan xuddi shunday tartibda voz kechishga haqli, voz kechishga yo‘l qo‘yilmasligi e’lonning o‘zida nazarda tutilgan yoki undan kelib chiqadigan yoki mukofot va’da qilingan harakatni sodir etish uchun muayyan muddat berilgan yoxud voz kechishni e’lon qilish paytiga kelib bir yoki bir necha qiziqish bildirgan shaxslar e’londa ko‘rsatilgan harakatni bajarib bo‘lgan hollar bundan mustasno. Mukofot haqidagi oshkora va’dani bekor qilish mukofot to‘g‘risida e’lon qilgan shaxsni qiziqish bildirgan shaxsga u e’londa ko‘rsatilgan harakatni bajarishi munosabati bilan qilgan xarajatlarini qoplashdan ozod qilmaydi. Qoplash miqdori barcha hollarda e’londa ko‘rsatilgan mukofotdan ortiqcha bo‘lishi mumkin emas. |