Xorijiy til sertifikati uchun imtiyozlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.06.2024 yildagi PQ-239-son qaroriga muvofiq imtihon topshirish xarajati qoplanadigan xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha:

InglizNemisFransuzKoreysXitoyYapon

tillaridan kamida C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarni imtihon topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilishga qo‘shimcha ravishda Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun:

  • bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab 2027-yil 1-yanvarga qadar yoshlarning

NemisFransuzKoreysXitoyYapon

tillari bo‘yicha xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning (sertifikat darajasining) minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi hamda mazkur xarajatlar Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida qoplanadi.

Ish haqlarining oshishi kontraktga ta’sir ko‘rsatadimi?

5 yillik ish stajiga ega xodimlar OTMlarga kontrakt asosida qabul qilinadi

Bu yil OTMlarga kirishning minimum ballari nechi va ular super-kontraktga miqdoriga ta’sir qiladimi?

Xorijiy tillarni bilish darajasi C1 bo‘lmasa ham imtihon xarajatlari qoplanadi

Fan olimpiadalarida g‘olib o‘quvchilar taqdirlanadi